Yusupov FURQAT
...sochturmagi
Fenomen maqomiga ega braziliyalik Ronaldoning JCh-2002 finalida
ko‘z-ko‘z qilgan soch turmagi el og‘ziga tushdi. Aynan uning ijodi Angli-
yaning The Sun nashri tomonidan futbol tarixidagi eng yaxshi soch turma-
gi, deb tan olingan.
...yig’loqi
Portugaliyalik to‘p afsungari Krishtianu Ronaldu maydonda tez-
tez ko‘z yoshi to‘kib turadi. Uning ayniqsa, yevro-2004 finalidagi
mag‘lubiyat va YeChL-2008 finalidagi g‘alabadan so‘ng hissiyotlar
-
ga berilgani ko‘pchilikning yodidan chiqmaydi.
...aldoqchi
1986-yili Meksikada o‘tgan JChda argentinalik Diego Maradona
inglizlar darvozasini qo‘li bilan ishg‘ol qilib, butun boshli hakamlar
brigadasi qulog‘iga “lag‘mon osgan”di.
...bashoratchi
Pele ba’zida shunday bashoratlar qiladiki, asti qo‘yaverasiz.
Ammo shunisi borki, uning taxminlarining to‘g‘ri chiqishi Lixten-
shteyn terma jamoasining mundialga yo‘l olishi bilan teng. Aslida esa
futboldagi bashoratchilik bo‘yicha hech kim mashhur sakkizoyoq -
Paul bilan raqobatlasholmaydi. Jonivor JCh-2010 davrida naq 8 o‘yin
natijasini aniq topib, mashhur Vangaga qiyoslangan edi.
...simulyant
“Ofsayd”da tug‘ilgan italiyalik” - Filippo Inzagi o‘ziga nisbatan
qo‘pollik ishlatilgan vaziyatlarda shunday o‘xshatib rol o‘ynaydiki,
uning oldida hatto arab “aktyor”lari ham ip esholmaydilar.
369
FUTBOL FALSAFASI
...Qariyalar uyi”
Italiyaning “Milan” klubida ba’zi mavsumlar yoshi 30dan oshgan
10-12 nafar futbolchi to‘p surgani ahamiyatga molik.
...nafaqaxo‘r”
Kamerunlik Roje Milla hattoki, 43 yoshida ham butsasini mixga
ilmagandi. Aksincha, JChda ishtirok etib, gol ham urgandi.
...kashanda
Jahon chempioni Attilio Ferraris “Italiya futbolining buyuk
kashandasi” laqabini olgan. U kuniga 40 dona sigareta tutatgan.
Ammo bu odat Ferrarisning foydasiga ishlamadi. Ya’ni futbolchi
bor-yo‘g‘i 43 yil yashadi, xolos.
...shoir
JCh-2010 vaqtida Yaponiya terma jamoasiga ustozlik qilgan
Takeshi Okada futboldan charchasa, qishlog‘iga yo‘l oladi. Tabiat
qo‘ynida esa ...she’r yozadi va shu orqali asablarini jilovlaydi.
...bosh
Fransiyalik mashhur Zayniddin Zidanning JCh-2006 finalida
Marko Materatsssiga “qo‘ygan” boshi hozircha jahon futbolida
“durdona” bo‘lib turibdi.
...ruhoniy
O‘z vaqtida Polshaning Vadovisa shahri futbol jamoasida to‘p
surgan Iogann Pavel II keyinchalik Rim Papasi bo‘lib yetishdi.
370
Do'stlaringiz bilan baham: |