Fuqorolik jamiyati va Huquq



Download 29,56 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi29,56 Kb.
#522072
Bog'liq
Xoldorov Sh


Mirzo Uluģbek nomidagi Òzbekiston Milliy Universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


“Fuqorolik jamiyati va Huquq” kafedrasi Milliy ģoya manaviyat asoslari va huquq ta'limi yònalishi Kanstitutsiyaviy Huquq fanidan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’zbekiston –Respublika boshqaruvidagi davlat


Bajardi:Sirtqi bo’lim 1-kurs talabasi Xoldorova A.Sh
Qabul qildi:Dotsent Nishanbayeva A.E

Toshkent-2022


Mavzu:O’zbekiston –Respublika boshqaruvidagi davlat

Reja:
1.O’zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni organlari tizimini takomillashtirish to’g’risidarespublika davlat boshqaruvi


2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yoʻnalishida
3. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi evolyusiyasi
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING


FARMONI RESPUBLIKA DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qo‘yish, shuningdek respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi.
2. Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda ro‘yobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini ta’minlash;
tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta’minlash;
mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tuzilgan ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi etib qayta tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi etib qayta tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi etib qayta tashkil qilish;
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilish;
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat”) etib qayta tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo‘mitasini tugatish.
4. Respublika davlat boshqaruvi organlarining ro‘yxati ilovaga muvofiq belgilansin.
5. Ilovada ko‘rsatilgan respublika davlat boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jamiyatni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq yangilangan o‘z nizomlarini hamda boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
6. Ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi bosqichma-bosqich ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiq qayta tashkil etiladigan davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. A. Xudoybergenov zimmalariga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-dekabr,
PF-3358-son
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi
PF–3358-son Farmoniga
ILOVA
Respublika davlat boshqaruvi organlari
TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI

2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.


Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yoʻnalishida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5644-son Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” PQ-4136-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 82-son qarori qabul qilindi.


Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq:
Vazirlar Mahkamasi faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilandi;
Bosh vazir oʻrinbosarlarining bir vaqtning oʻzida aksiyadorlik jamiyati va kompaniyalari hamda davlat ulushi mavjud boshqa tashkilotlarga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilindi hamda ularning soni optimallashtirildi;
Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari hamda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi lavozimi joriy qilindi;
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, shu jumladan Yigʻma axborot-tahlil departamenti faoliyati tugatildi;
Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari kotibiyatlari tashkil qilindi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini oʻtkazish tartibini belgilandi;
Hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, hududiy rivojlanish, shuningdek tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy sohalardagi vakolatlarini, uning aʼzolari javobgarligi chegaralari aniq belgilandi;
Ijro hokimiyati organlari faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishning faol tizimiga oʻtdi. Ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorligi kuchaytirildi.


Xalq qabulxonalariga davlat organlarining faoliyatini oʻrganish, ularga taqdimnomalar kiritish, qonunbuzilishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish vakolatlari berildi. Aholi muammolarini hal etish boʻyicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” hamkorlik tizimi joriy qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi «Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va "aqlli" boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 959-sonli qarori qabul qilindi.


Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga muvofiq:
Davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini oʻz ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va “aqlli” boshqaruv prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
“Boshqaruv kadrlari portali” yaratilib, 2020-yil 1-martga qadar ishga tushiriladi. Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy oʻsishiga koʻmaklashuvchi masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish Portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi;
2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Boʻka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimi joriy etiladi va ushbu tizim 2020-yil 1-avgustga qadar amalga oshiriladi. Tajriba-sinov yakunlari boʻyicha ushbu tizim keyinchalik butun respublika hududida joriy etiladi;
2020-yil 1-fevralga qadar davlat organlarining “Xalqqa – koʻmakchi, tadbirkorga – biznes hamkor” sifatida faoliyat koʻrsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platforma yaratiladi va ishga tushiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil qilindi. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
Mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga va boshqa muhim sohalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda sifatli investitsiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashi tuzildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5646-son Farmoni hamda 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4142-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda yangi Energetika vazirligi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi etib yoqilgʻi-energetika tarmogʻida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iboratligi hamda yoqilgʻi-energetika tarmogʻini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5647-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qarori qabul qilindi. Unga muvofiq Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida yangi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi tashkilotlar faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, litsenziya va ruxsatnomalar berish, sertifikatlashtirish, samarali texnik va tarif siyosatini amalga oshirish yoʻli orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etildi. Agentlik va inspeksiya Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656 sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Qishlok xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–4161-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–4162-son qarorlariga muvofiq tashkil etildi.
2019-yil davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida ham aholiga qulaylik yaratish borasidagi islohotlar davom ettirildi. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilning 9 oyida 2,6 mln xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, joriy yilning mos davrida 8,9 mln (3,5 baravar koʻp) davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
Joriy yilning 1-oktabr holatiga 716 ta davlat xizmatidan 119 tasi (17 %) Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan boʻlsa, yil yakuniga qadar mazkur koʻrsatkich 150 ta (21 %) ni tashkil qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boʻyicha, yaʼni fuqarolarning yashash va yuridik shaxslarning pochta manzilidan qatʼi nazar respublikaning har qanday hududida olish imkoniga ega boʻldilar.
24 ta davlat xizmatlari elektron shaklga oʻtkazilib, Yagona portal orqali joriy etildi va joriy etilgan elektron davlat xizmatlari soni 157 taga yetdi.
Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish yoʻnalishida
Davlat boshqaruvida aholining keng ishtirokini taʼminlash, xalq bilan muloqotni yanada kuchaytirish siyosati doirasida “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali yuborilgan elektron jamoaviy murojaatlarni Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari Kengashlari bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham koʻrib chiqilishi tartibi joriy qilindi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Maxkamasining “Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2019-yil 30-martdagi 262-son qarori qabul qilindi. Mazkur Nizom fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Respublika (lotincha respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Tarixan R. antik davrda monarxiyaning ziddi sifatida vujudga kelgan (Mas, Afinadagi quldorlik demokratiyasi). Mil. av. 5—4-asrlarda Sparta va mil. av. 2-asrda Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini ifoda etgan. Oʻrta ayerlarda R. boshqaruv shaklini qoʻllagan Venetsiya va Genuya singari shahardavlatlar bor edi.
Hozirgi vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortigʻi R. hisoblanadi. Boshqaruvning R. shakli quyidagi turlarga ajratiladi: 1) prezidentlik R.si (AQSH, Meksika va boshqalar), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning oʻzida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanadi; 2) parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar), bunda parlament toʻliq hokimiyatga ega boʻlib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshligʻi boʻlib, ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanmaydi; 3) aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos boʻlgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qoʻshilib ketadi. Yaʼni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega boʻladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafakat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar boʻladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident maʼlum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi — suveren demokratik respublika boʻlib, mamlakatimizda prezidentlik R.si boshqaruv shakli amal qiladi.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi evolyusiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasidan Dilfuza Raximova o‘zining mualliflik maqolasida parlamentdagi o‘zgarishlar, davlat xizmati muammolar va islohotlari haqida hikoya qiladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirildi.


Uch yil davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq konsepsiya va strategiya qabul qilindi. Kelgusi besh yil davomida yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Davlat boshqaruvi tizimidagi o‘zgarishlar boshqa sohalardagi islohotlar muvaffaqiyatining garovidir.
Davlat boshqaruvi akademiyasidan Dilfuza Rahimova o‘zining mualliflik maqolasida parlamentdagi o‘zgarishlar, davlat xizmatidagi muammolar va islohotlar haqida so‘z yuritadi, maqolaning to‘liq versiyasini «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining 4-sonida o‘qishingiz mumkin.
Mustaqillik davri mobaynida O‘zbekiston davlat tizimida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi va faol rivojlanishda davom etmoqda. Xususan, parlament va siyosiy partiyalarning rolini mustahkamlash, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, shuningdek, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni ta’minlaydigan 2017-2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasini qabul qilish bilan bog‘liq o‘zgarishlar ayniqsa sezilarli bo‘ldi.Ushbu strategiyaning amalga oshirilishi so‘nggi yillarda mamlakat hukumati tuzilmalarini tubdan modernizatsiya qilish imkonini berdi. Davlat hokimiyati tizimining gorizontal muvozanatini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishildi: ijro hokimiyati va sud hokimiyatining yuqori tarkibini shakllantirishda yangi vakolatlarga ega bo‘lgan Oliy Majlisning roli sezilarli darajada oshdi. Oliy sud organlarini optimallashtirish va ular ko‘rib chiqadigan masalalar turiga qarab ixtisoslashtirishga asoslangan hududiy sudlarning izchil tuzilmasini joriy etish orqali sud tizimining samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi. Tubdan ma’muriy islohot o‘tkazilib, davlat va xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalari modernizatsiya qilindi va yangilandi.
Parlamentdagi o‘zgarishlar
Islohotlarning strategik maqsadi o‘z fuqarolarining demokratik tamoyillari va shaxsiy erkinliklarini, ularning kafolati va himoyasini ta’minlovchi demokratik davlat qurishdan iborat. So‘nggi yillarda xalq bilan muloqotni faollashtirish uchun elektron portal va ijtimoiy media-ilovalar ishga tushirilib, deputatlarga saylovchilar bilan doimiy muloqotni davom ettirish imkonini berayotgani bu borada salmoqli qadamlar qo‘ymoqda. Ushbu tizim saylovchi deputatning kundalik faoliyatini kuzatishi, qonun loyihalarini muhokama qilishi va ular haqida o‘z fikrini bildirishi uchun ishlashga mo‘ljallangan.
Ta’kidlash lozimki, Jahon bankining "Davlat boshqaruvi ko‘rsatkichi"da 2019 yilda O‘zbekistonning pozitsiyasi 5 ta ko‘rsatkich bo‘yicha yaxshilandi. Bunga olib borilgan islohotlar asos bo‘ldi, ularni hal etishga yordam berish uchun samarali muloqot va xalq muammolarini o‘rganish tizimi yaratilib, matbuot erkinligi va davlat organlarining xalqqa hisobdorligini ta’minlash borasida muhim qadamlar qo‘yildi.
Bugungi kunda ular Oliy Majlis Senati a’zolarining 25% ini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 32% ini tashkil etadi. Yangi saylov deputatlari va senatorlarining aksariyati yangi saylanadi. Hammasi bo‘lib parlament 4/5 yangi a’zodan iborat. O‘rtacha yoshga kelsak, ikkala palata ham o‘tgan saylovga nisbatan o‘rtacha uch yilga "o‘sdi": 46 va 57 yosh 2015 yil bilan taqqoslaganda 43 va 54 yosh. So‘nggi yillarda ijro etuvchi organlarda ayollar vakillik ko‘rsatkichlari ham 3,4% dan 16% gacha – deyarli 5 barobar oshdi.
Bugungi kunda ular Oliy Majlis Senati a’zolarining 25% ini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 32% ini tashkil yetadi. Yangi chaqiriq deputatlari va senatorlarining aksariyati yangi saylanadi. Hammasi bo‘lib parlament 4/5 yangi a’zodan iborat. O‘rtacha yoshga kelsak, ikkala palata ham oxirgi chaqiruvga nisbatan o‘rtacha uch yilga "pishib" qoldi: 46 va 57 yil, 2015 da 43 va 54 bilan taqqoslaganda. 3,4% dan 16% gacha-so‘nggi yillarda, ijro yetuvchi organlarda ayollar vakillik ham deyarli 5 barobar oshdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston nufuzli xalqaro parlamentlararo tuzilmalarning faol va tashabbuskor ishtirokchisiga aylandi. Ular orasida Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlamentlararo assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi bor. Bundan tashqari, mazkur tashkilotlarda Oliy Majlis deputatlari rahbarlik lavozimlariga saylandi.
Davlat xizmatidagi muammolar
O‘zbekistonda davlat xizmatini tashkil etish masalasi mustaqillikka erishgandan buyon eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Uzoq vaqt davomida davlat xizmatchilarining tarkibi, lavozimlari va sinflari masalalari noaniq bo‘lib qoldi. Qisman, normativ-huquqiy tartibga solishdagi bu bo‘shliq Respublika davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish chog‘ida chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan qoplandi.
Davlat xizmati tizimidagi mavjud vaziyatni o‘nglashga qayta-qayta urinishlar bo‘ldi. Dastlab ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, avvalo, davlat xizmatchilari sonining nazoratsiz o‘sishining oldini olishga qaratildi. 1996 va 2003 yillarda mamlakatning yuqori rahbariyati oliy va mintaqaviy ijroiya organlarida ikkita keng ko‘lamli xodimlarni qisqartirish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakat aholisiga nisbatan davlat xizmatchilari sonini 6 dan 1000 aholisiga nisbatiga erishish imkonini berdi.O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatini tartibga solishning ko‘pgina muammolari uni shakllantirishning dastlabki bosqichida normativ-huquqiy hujjatlar tuzilishining turlichaligi bilan izohlandi.
Shu bilan birga, ushbu chora-tadbirlar fuqarolarni tanlash va davlat xizmatiga qabul qilishni normativ jihatdan tartibga solishning yetarli emasligi bilan bog‘liq tizimli muammolarni hal qila olmadi. 2016 yilda davlat organlarida band bo‘lgan fuqarolar uchun professional mezonlarni belgilashga urinish-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror davlat xizmatchilarining barcha turdagi davlat xizmati uchun umumiy bo‘lgan rasmiy xulq-atvor tamoyillarini belgilab berdi. Nizomning 5-bandiga asosan Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.
Shu bilan birga, Nizom matnida ilgari davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilmagan manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi qo‘shimcha tarzda ochib berilgan bo‘lsa-da, uning yo‘l qo‘yilmasligi ko‘plab davlat xizmati lavozimlari faoliyatini nazarda tutilgan.
Davlat xizmatini isloh qilishXizmatga qabul qilish, mansabni oshirish bo‘yicha malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi va davlat xizmatchilarining moddiy, tashkiliy, huquqiy va mehnat kafolatlari masalalari hal etilmay qoldi.
O‘zbekistonda davlat xizmatini isloh qilish yo‘lidagi eng muhim qadamlari 2017 yil 7 fevralda "Beshta harakat strategiyasi" va "O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohototlar tushunchasi" qabul qilinganidan so‘ng amalga oshirildi. Konsepsiyaning yo‘l xaritasi "Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xizmati lavozimlariga kadrlarni tanlash tizimini tartibga solishga qaratilgan bir qator byulletenlarni o‘z ichiga oladi. "Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasi yaqinda e’lon qilindi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hozirgi kundagi ushbu muhim hujjat 8 ta qism va 78 ta moddani o‘z ichiga oladi. Qonun ishlab chiquvchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti e’lon qilingan paytdan e’tiboran tartibga solinmagan davlat xizmatining barcha masalalarini normativ tartibga solishni ta’minlash vazifasini o‘z zimmalariga oldilar.
Hozirgi kunda davlat xizmati tizimini takomillashtirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi akademik hamjamiyati bu borada davlatga faol ko‘maklashadi. Ushbu o‘zaro hamkorlikning salmoqli natijalaridan biri "Taraqqiyat"istiqbolli rahbar kadrlarni tanlash bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazish bo‘ldi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va "Buyuk Kelajak" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etildi. Tanlov har 3 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shartlarga ko‘ra, tanlovda 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, oliy ma’lumotli va tegishli sohada boshqaruv lavozimlarida kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida yuqori lavozimlarga tayinlanadi, tanlov finalchilari esa rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
2019 yilda mamlakat rahbariyati kadrlar siyosatini takomillashtirish choralarini ko‘rdi. 2019 yil 3 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni kuchga kirdi. Ushbu Farmonning asosiy natijasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etilib, unga bevosita hisobot berildi.
Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish;
Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish;
eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish.
2021 yilning 1 yanvaridan davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasining davlat davlat xizmatini ko‘rsatuvchi barcha davlat organlari va tashkilotlariga tegishlidir.
Bu holatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining regulyator sifatida roli juda muhim bo‘ladi. Farmonga ko‘ra, Davlat tashkilotlarining kadrlar bo‘limi rahbarlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Bundan tashqari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatini tartibga solish bo‘yicha barcha normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazadi.
Yangi Agentlik oldida qo‘yilgan yana bir muhim vazifa davlat xizmatchilarining xalqaro amaliyotlarini tashkil etish edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, Argos tashqi ishlar vazirligi, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rta va quyi bo‘g‘inlarining eng istiqbolli 1000 nafardan kam bo‘lmagan ish stajiga bosqichma-bosqich ta’lim berish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqishni amalga oshiradi. Qarorga muvofiq, chet el stajiga yo‘naltiriladigan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi elchisining yashash joyidagi ish haqi miqdorining 60 foizi miqdorida ish haqi to‘lanishi lozim.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida jahonning 56 davlati, jumladan, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi kabi qo‘shni davlatlar, shuningdek, Yevropa, Osiyo va Amerikaning eng rivojlangan davlatlari xorijiy stajirovka joylari sifatida taklif etilgan.
Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmati tizimi rivojlanish jarayonida. Ushbu jarayonni yakunlash uchun yagona tizim tuzish qonunlarini qabul qilish talab etiladi, biroq ularning mavjud emasligiga qaramasdan, mamlakat rahbariyati davlat xizmatining sifat darajasini oshirish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Xulosa
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi ijrosi doirasida 12 ta yangi davlat organlari tashkil etildi, 20 ta vazirlik va idoralarning faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Keyingi uch yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohaning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilindi. Kelgusi besh yilga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sanoat tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi, yalpi ichki mahsulotni qariyb ikki barobarga oshirish – 58 milliard dollardan 100 milliard dollargacha va aholining hayot darajasini oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali davlat boshqaruvisiz amalga oshirish mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Lex.uz sayti
Download 29,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish