10-modda. Lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
Lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish, agar qonun hujjatlarida va shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflar kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 2) Fuqarolik kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382-moddasi),
Do'stlaringiz bilan baham: |