1103-modda. Tovar belgisidan foydalanish va uning daxlsizligi huquqi
Tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasi o‘ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.
Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi.
Tovar belgisini nashr etganda, uni ko‘pchilik oldida ijro etganda yoki undan o‘zgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining o‘ziga ham, uning belgilariga ham biror-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat unga bo‘lgan huquq egasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Tovar belgisining daxlsizligiga bo‘lgan huquq tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi.
(1103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
1104-modda. Tovar belgisidan foydalanmaganlik oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisidan oxirgi uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha sudning qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
(1104-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Tovar belgisidan foydalanish uchun litsenziya berilishi undan foydalanish deb hisoblanadi.
1105-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi
Guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha guruhlariga yoki bir qismiga nisbatan tovar belgisiga bo‘lgan huquqni uning egasi shartnoma asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.
Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalg‘ishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa, boshqa shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi, shu jumladan uni shartnoma asosida yoki huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga berish vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilmog‘i lozim.
(1105-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |