Fuqarolik protsessual huquqining tizimi. Fuqarolik protsessual huquqining barcha qoidalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo'lib, uning tizimini tashkil qiladi. Ushbu tizimda umumiy, alohida va maxsus ahamiyat kasb etuvchi normalar mavjud bo'lib, ular birgalikda fuqarolik protsessual huquqining tizimini hosil qiladi.
Fuqarolik protsessual huquqi tarkibida birinchi instansiya, apellatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritish, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko'rish, sud qarorlarini ijro etish bosqichlarini tartibga soluvchi, umuman fuqarolik protsessining barcha bosqichlari uchun xos bo'lgan umumiy qoidalami ajratish mumkin. Bu esa fuqarolik protsessual huquqi tizimini quyidagi ikki qismga: Umumiy va Maxsus qismga ajratish mumkinligini ko'reatadi.
Fuqarolik protsessual huquqining Umumiy qismida Fuqarolik protsessual kodeksining «Umumiy qoidalar» deb nomlangan birinchi bo'limida mustahkamlangan quyidagi institutlar nazarda tutiladi: sudya va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqli ishlar, protsess ishtirokchilari, dalillar, sud xarajatlari, sud jarima- lari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari.
Fuqarolik protsessual huquqining Maxsus qismi — protsessning turli bosqichlarini (birinchi instansiya sudida ish yuritish, sud qarorlari ustidan shikoyat berish va ulami qayta ko'rish, sud qarorlarining ijrosini) tartibga soluvchi, shuningdek, fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtiroki masalasini nazarda tutuvchi normalar yig'indisidan iborat. Bosh- qacha qilib aytganda, Maxsus qismda fuqarolik ishlarining ayrim turkumlarini ko'rish, hal qilish uchun va fuqarolik jarayonining ayrim bosqichlari uchun maxsus ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy me’yorlar bayon etiladi1.
Fuqarolik protsessual huquqi mamlakatimiz huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida huquqning aksariyat tarmoqlari bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolik protsessual huquqi moddiy huquq bilan uzviy aloqada bo‘lib, o‘z navbatida, moddiy huquq normasida nazarda (utilgan majburiyatlar boshqa shaxslar tomo- nidan amalga oshirilmagan taqdirda huquqni sud orqali himoya qilishning, boshqacha qilib aytganda, fuqarolik, mehnat, oila, ma’muriy va boshqa majburiyatlami majburiy ravishda amalga oshirish- ning muhim shakli sifatida e’tirof etiladi. Undan tashqari, sud yuzaga kelgan fuqarolik ishini moddiy huquq normasi asosida hal etadi.
Biroq, moddiy va protsessual huquq sohalari o'zaro mustaqil va tartibga solish predmeti va uslubiga ko‘ra turlicha hisoblanadi. Masalan, muayyan munosabat, xususan, mulkiy, shaxsiy nomulkiy, mehnat, oila va boshqa sohadagi ishtirokchilaming xatti-harakatlari moddiy- huquqiy sohani tartibga solishning predmeti hisoblanadi.
Fuqarolik protsessual huquqining moddiy huquq tarmoqlari bilan aloqasi keng va ko‘p tomonlamadir. Moddiy huquqda fuqa- rolik-protsessual tusdagi normalar, xususan, isbotlash predmeti, ishning sudga taalluqliiigi, sud xarajatlaridan ozod qilish va shunga o'xshash normalar mavjud. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 268-moddasida mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqi, 269-moddasida bevosita tuman (shahar) sudlarida ko'rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari, 277-mod- dasida xodimlami sud xarajatlaridan ozod qilish masalalari bayon etilgan. Shuningdek, Oila kodeksining 40-moddasida nikohdan sud tartibida ajratish, 44-moddasida nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masa- lalar, 45-moddasida sudning nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarishida davlat boji miqdorini belgilash, 62-moddasida otalikning sud tartibida belgilanishi masalalari bayon etilgan.
Sud muayyan fuqarolik ishi yuzasidan o'z qarorini chiqarar ekan, albatta, moddiy huquq normalarini qo‘llaydi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g*ri qo'llanishi sud hal qiluv qarorining bekor qilinishiga olib keladi. Undan tashqari, fuqarolik protsessining vujudga kelish shartlaridan biri — sudga taalluqli
bo‘lgan moddiy-huquqiy nizoning (da’vo bo‘yicha ish ko'rishda) mavjud bo‘lishidir. Boshqacha qilib aytganda, moddiy huquq normalarining buzilishi, basharti sudga himoya qilish to'g'risida murojaat qilinadigan bo'lsa, fuqarolik protsessual huquqini hara- katga keltiradi. Mamlakatimiz huquq tizimining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fuqarolik protsessual huquqi boshqa huquq sohalari, xususan, Konstitutsiyaviy, ma’muriy, jinoyat-huquqiy sohalari bilan ham aloqador.
Fuqarolik protsessual huquqining Konstitutsiyaviy huquq bilan o‘zaro aloqadorligi quyidagi ikki jihatda namoyon bo‘ladi:
har ikki huquq manbalarining umumiyligi. Masalan, 0‘zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasi Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai hisoblanadi. Shu o‘rinda Konstitutsiyada odil sudlovning eng muhim prinsiplari ham o‘z ifodasini topgan;
Konstitutsiyaviy huquqning ayrim kichik tarmoqlar bilan o‘zaro bog'liqligi. Bu yerda gap sudlarning tuzilishi va prokuror nazorati haqida bormoqda. Sudlarning tuzilishi bilan fuqarolik protsessual huquqining ayrim prinsiplari o’rtasida umumiylik mavjud (xususan, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo'ysunishi, odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi va h.k.).
Fuqarolik protsessual huquqining ma’muriy huquq bilan o‘zaro bog'liqligi fuqarolik sud ishlarini yuritishning muhim turi bo'lmish davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxs- larning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo’yicha ish yuritishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur ishlarning sudga taalluqiiligi ma’muriy huquq manbalariga oid hujjatlarda belgilangan (masalan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshq.).
Fuqarolik protsessual huquqi jinoyat-protsessual huquqi bilan ham yaqin aloqadadir. Zotan, har ikki tarmoq protsessual hisoblanadi va odil sudlovni amalga oshiruvchi ayni bir organning — sudning faoliyat tartibini belgilaydi. Har ikki tarmoq ko'plab fao- liyatning umumiy prinsiplariga ega (bevositalik, og’zakilik va boshq ). Ularning protsessual shakli, ko’pgina huquqiy institutlari (isbotlash, ishlarni birinchi instansiya sudida ko'rib chiqish, sud hujjatlarini appelatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida qayta ko'rish va h.k.) bir-biri bilan o’xshash.
Fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual huquqi o’rtasida juda ko’p o'xshash jihatlar ko‘zga tashlanadi (masalan, prinsip- laming, protsessual shaklning umumiyligi). Jinoyat protsessual huquqi bilan qiyoslaganda ushbu huquq sohalarida ko'riladigan nizoning xarakteri anchayin bir-biriga o'xshash. Lekin fuqarolik protsessual va xo'jalik protsessual huquqi turli sudlaming faoliyatini tartibga soladi.
Mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligi fuqarolik sud ishlarini yuritishning bir qator turlarini nazarda tutadi. Bular buy- ruq tartibidagi ishlar; da’vo tartibidagi ishlar; organlar va mansab- dor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlar bo‘yicha ishlar; alohida tartibda ko‘riladigan ishlardir (FPKning 2-moddasi). Mazkur sud ishlarini yuritish turlari fuqarolik ishlari- ning moddiy-huquqiy xususiyatlariga ko'ra beigilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |