Yoshlar huquqlariga oid O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligining umumiy tavsifi
Ayni paytda mamlakatimizda yoshlar huquqlari va qonuniy manfaatlari sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida hamda 15 ta kodeksi, 20 dan ortiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 dan ortiq farmonlari va Vazirlar Mahkamasining 100 dan ortiq qarorlari shuningdek, 70 dan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmoqda149.
O‘zbekistonda yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan milliy qonunchilikning rivojlanishini shartli ravishda uch bosqichga bo‘lgan holda o‘rganish mumkin:
birinchi bosqich - 1991 - 2000-yillarni,
ikkinchi bosqich - 2000 - 2008-yillarni,
uchinchi bosqich - 2008-yildan bugungi kunga qadar davrni o‘z ichiga
oladi.
Birinchi bosqich yoshlar huquqlarini himoya qilishga oid milliy qonunchilikda huquqiy asoslarning to‘la shakllanishi bilan xarakterlansa, ikkinchi bosqich yoshlar huquqlarini himoya qilishga milliy qonunchilikni rivojlanishi bilan bir qatorda uni kafolatlashga qaratilgan qonunlarni qabul qilish bilan uni kodifikatsiyalashga qaratilganligi hamda uchinchi bosqich esa, yoshlar huquqlariga oid milliy qonunchilikni yanada chuqurlashtirish va takomillashtirishga qaratilganligi bilan izohlanadi.
Birinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunning mustaqillikning dastlabki yilidanoq, 49Aloyev U. Yoshlar huquq va qonuniy manfaatlaini himoya qilishga qaratilgan milliy qonunchilik asoslari. // “O‘zbekistonda yoshlarlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini boshqarishni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro forumining materiallari. 2011-yil 29-30- noyabr. -T.: Respublika yoshlarlar ijtimoiy moslashuvi markazi, 2011. -B.27
ya’ni 1991-yil 20-noyabrida qabul qilinishi bilan izohlanadi. Shundan so‘ng yoshlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar o‘z aksini topgan boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Bunday qonunchilik hujjatlariga yuqorida ta’kidlangan “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun bilan bir qatorda,
yilgi “Fuqarolik to‘g‘risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, 1992-yilda qabul qilingan va 1997-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar, “Kadar tayyorlash milliy dasturi”, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi, 1996-yilgi “Fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, 1998- yilgi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlar, kabi ko‘plab qonunlarda, shuningdek, albatta, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Jinoyat ijroiya kodeksi, kabi kodekslarda o‘z aksini topdi.
Yuqorida keltirilgan normativ huquqiy hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yoshlar siyosatining hal etilishining huquqiy asoslari, birgina Kadrlar tayyorlash milliy dasturida quyidagi shakllangan. O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997-y. 29 avg. da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni (1997-y. avg.) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va b. tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas oʻziga xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini koʻzlaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir.
Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar.
Albatta, yuqoridagi qonunlar va kodekslar to‘laligicha yoshlar huquqlariga bag‘ishlanmagan bo‘lmasa-da, yoshlarlarga oid maxsus normalar ajratilgan. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Sog‘liqni saqlash to‘g‘risida”4gi qonunining V bo‘limi “Onalik va bolalikni muhofaza qilish” deb nomlanib, unda onalikni rag‘batlantirish, onalar va yoshlarlar sog‘lig‘ini saqlash kafolatlari: homilador ayollarga va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash; yoshlarlar va o‘smirlar sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik; yoshlar boqishda fuqarolarga davlat yordami; yoshlar kasal bo‘lib qolganida onalarga beriladigan imtiyozlar (61-modda); o‘smirlarning mehnat va ishlab chiqarish ta’limini hamda mehnat sharoitlarini nazorat qilish (62-modda); o‘smirlarni majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish (63-modda) kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab – quvvatlashga doir amaliy chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida bir qator huquqiy asoslar yaratildi.
Mustaqil O‘zbekiston tarixida yoshlarlar sportiga ham e’tibor yanada kuchaytirildi. Yoshlarlarni, ayniqsa qizlarni sport bilan shug‘ullanishga yanada kengroq jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, o‘sib kelayotgan avlodni jismoniy rivojlantirish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni ta’minlash, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi yoshlarlar sportini rivojlantirish jamg‘armasi byudjetini xamda 2013-yilda yoshlarlar sporti obyektlari, suzish havzalari va yoshlarlar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish manzilli dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2013-yil 15-martdagi PQ-1939-son Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Yoshlarlar sportini rivojlantirish jamg‘armasi byudjetini hamda 2014-yilda yoshlarlar sporti obyektlari, suzish havzalari va yoshlarlar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 31-yanvardagi PQ-2118-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur davrda hukumatning qator qarorlari qabul qilindi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan
o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2010-yil
26-noyabrdagi 268-sonli Qarori. Mazkur Qarorga 1-Ilovada “Alohida sharoitlarda
ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj yoshlarlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Yoshlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj yoshlarlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomning 3-bandiga ko‘ra, Ixtisoslashtirilgan maktab alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj yoshlarlarga ta’lim berishni, ularning kasb-hunar tayyorgarligi va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasi hisoblanadi.
Nizomning 4-bandida ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
barkamol, jismoniy va ruhiy sog‘lom shaxsni tarbiyalash, yoshlarlarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik, mustaqillik va komil inson bo‘lishga intilish tuyg‘usini shakllantirish;
yoshlarlarning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, yoshlarlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash talablariga muvofiq tarzda ularning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi psixologik, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarlarning davlat ta’lim standartlari asosida umumiy o‘rta ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
tarbiyalanuvchilarda qonunga itoatkorlikni shakllantirishga, ularni ijtimoiy himoya qilish va har tomonlama rivojlantirishga yordam berishga yo‘naltirilgan dastur va metodik qo‘llanmalarni ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlarini amalga
oshirish.
“Yoshlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun va uning tavsifi
“Yoshlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonning huquqiy tarixida yoshlar huquqlariga oid birinchi maxsus qonun bo‘ldi. Mo‘ljalangan maqsadga ko‘ra, u yoshlarning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni
tartibga solishga, yoshlar huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga
199
qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, yoshlar huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy obyekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, uning moddalarining yarmidan ko‘pi yoshlar huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan
4 bob, 32 moddadan iborat bo‘lgan “mazkur Qonun O‘zbekiston qo‘shilgan “Yoshlar huquqlari konvensiyasi”ni milliy qonunchilikka to‘liq implementatsiyasi hisoblandi. Mazkur qonunda sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot va har tomonlama rivojlantirish sohalarida yoshlar huquqlarining kafolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu qonunda ijtimoiy zaif yoshlarlar va alohida ehtiyojlarga muhtoj yoshlarlarning huquqlari alohida e’tibor qaratilgan.
Qonunning qisqacha tavsifiga to‘htalib o‘taadigan bo‘lsak, u quyidagichadir: qonunda, uning maqsadi sifatida yoshlar huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab olindi. Qonunning 3-moddasida, Yoshlar (yoshlarlar), yoshlarning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik, yetim yoshlar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarlar, nogiron yoshlar, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar tushunchalari berilgan.
Qonunning “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bobida shuningdek, Yoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati (4-modda), davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yoshlar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatlari (5-modda), yoshlar huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki (6-modda) masalalari o‘z aksini topgan.
“Yoshlar huquqlarining asosiy kafolatlari”, deb nomlangan 2 bobda esa, yoshlar huquqlarining qonuniy kafolatlari (7 modda), yoshlarning yashash huquqi kafolatlari (8-modda), yoshlarning individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi kafolatlari (9-modda), yoshlarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari (10-modda), yoshlarning himoyaga bo‘lgan huquqi kafolatlari (11-modda), yoshlarlarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (12-modda),
yoshlarning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi kafolatlari (13-modda), yoshlarning
200
g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari (14-modda), yoshlarning o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari (15-modda), yoshlarning axborot olish huquqi kafolatlari (16-modda), yoshlarning fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari (17-modda), yoshlarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqi kafolatlari (18-modda), yoshlarning turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari (19- modda), yoshlarning mehnat qilish huquqi kafolatlari (20-modda), yoshlarning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari (21-modda), yoshlarning sog‘lig‘ini saqlash huquqi kafolatlari (22-modda), yoshlarning bilim olish huquqi kafolatlari (23- modda) mustahkamalab qo‘yilgan.
Yoshlarlarning alohida kategoriyasi hisoblangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarlar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari” deb nomalangan 3-bobda esa, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarlarning oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari (24- modda), ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarlarning jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari (25-modda), ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarlarning turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari (26-modda), ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarlarning ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari (27-modda), nogiron yoshlarlar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan yoshlarlarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari (28-modda), ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarlarning ta’lim olish huquqi kafolatlari (29-modda) belgilab qo‘yilgan.
Qonunning yakunlovchi qoidalarini o‘z ichiga olgan to‘rtinchi bobida esa, yoshlar huquqlarining kafolatlari sohasidagi nizolar xal etish tartibi (30-modda), mazkur qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik (31-moddda), qonunning kuchga kirishi (32-modda) tartibi belgilab qo‘yilgan.
Yoshlar huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat siyosati
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘tilgan hujjatlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasida yoshlar huquqlari va qonuniy manfaatlari borasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda yoshlar huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur bo‘lgan
qonuniy, ma’muriy va boshqa choralar ko‘rilmoqda. Yoshlarlarga oid davlat siyosati yoshlar huquqlariga oid normativ-huquqiy normalarni amalga oshirilishining tashkiliy-huquqiy jihatlariga oid masalalar bilan birgalikda yoshlar huquqlarini ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni yaratish bo‘yicha davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot-ma’rifiy faoliyatiga hamda ularning sa’y- harakatlarini birlashtirishga oid masalarni ham qamrab oladi.
Ilk marotaba yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida aks ettirilgan edi. Qonuning 1-moddasida belgilanganidek, yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |