ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1107
“Demokratiya” atamasi muhim masalalarni hal etishda barcha aholining bevosita ovoz
berishi bilan hal qilingan qadimgi Afinaning o'zini o'zi boshqaruv tizimining nomidan
kelib chiqqan. Demokratiya maqsad sifatida individ mustaqilligi va uning umumiy
manfaatlari ustunligini ta'minlaydi. U vosita sifatida esa nizolarni bartaraf etish,
zo'ravonlikka chek qo'yish, turli ijtimoiy guruhlarga siyosiy ta'sir qilish yo'li bilan
ularning murosaga kelishini, konsensusini ta'minlaydi. Qadimdan olimlar o'zlari
yashagan ijtimoiy-siyosiy muhit va davrdan kelib chiqqan holda unga har xil ta'riflar
berib kelishgan. Hozirda esa demokratiya “ko'pchilikning irodasini ozchilik huquqlarini
saqlagan holda amalga oshirish||” deb tushuntirilmoqda. Demokratiyaning demokratik
jamiyat amal qilishi zarur bo'lgan bir qator shartlari mavjudki, ular quyidagilarni tashkil
etadi:
-
Xalq hokimiyati;
-
Fuqarolar roziligiga tayanuvchi hokimiyat;
-
Ko’pchilikning ovozi qoidasi;
-
Ozchilik huquqlarini himoya etish;
-
Asosiy inson huquqlari kafolati;
-
Erkin va adolatli saylovlar;
-
Qonun oldida barchaning tengligi;
-
Odil sud yuritish;
-
Hukumat faoliyatining konstitutsiyaviy cheklanganligi;
-
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy pluralizm;
-
Tolerantlik, omilkorlik, hamkorlik, o’zaro kelishuv.
Shuni ta’kidlash lozimki, faqatgina O’zbekistonga tegishli bo’lgan tushunchalar
ham mavjud. Ular asosan, mamlakatdagi mustaqillik davrida islohotlar natijasi o’laroq
shakllandi. Ular:
1)
Barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning umumiy tushunchalari: taraqqiyot,
madaniyat, fuqarolik jamiyati, huquq va boshqalar.
2)
Demokratiya bilan bir qatorda barcha ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan bog’liq
tushunchalar: huquqiy davlat, siyosat, siyosiy ong.
3)
Asosan, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish bilan bog’liq tushunchalar:
“O’zbek modeli”, Ozod va obod Vatan, O’zbekiston va jahon hamjamiyati.
Demokratiyaning yuqorida keltirib o’tilgan shartlari bajarilgan holdagina
demokratik davlat barpo etish mumkin bo’ladi. Dunyoning ko’plab rivojlangan
davlatlari demokratik davlatlar hisoblanadi va u davlatlarda qonun ustuvorligi, xalq
ustunligi muhim hisoblanadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
1-bob, 1-moddasida
:“O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning
“O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.”
–
deb yozilgan. “Suveren”, “demokratik”, “respublika” deganda nima nazarda tutilgan?
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |