FUQAROLIK JAMIYATI FANI - Fuqarolik jamiyati tushunchasi absolyutizm ag‘darilganidan so‘ng shakllangan yangi hayotni, ya’ni fuqarolarning shaxsiy hayotini davlat tazyiqidan xalos etishni aks ettiradi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatda mansbdorlar fuqarolar bilan o‘zaro muomalalarda qonunga qat’iy rioya qilishi g‘oyalari ilgari surildi.
- Tarixda davlatdan mustaqil ravishdagi jamiyat amalda doimo namoyn bo‘lgan davrla ham bo‘lgan, biroq u doimo ham fuqarolik jamiyati mazmunini kasb etavermagan. Fuqarolik jamiyati davlatning ijtimoiy tuzilmalaridan ajralishi, u ijtimoiy munosabatlarning nisbatan mustaqil jabhasiga aylanish natijasi o‘laroq paydo bo‘ldi. Fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishi jarayonida hozirgi davr huquqi va davlati vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |