- Fanni o‘qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.
FUQAROLIK JAMIYATI FANI - Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- -jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;
- -talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish;
- -fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;
- -talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;
Do'stlaringiz bilan baham: |