Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati



Download 99,5 Kb.
bet12/20
Sana17.09.2021
Hajmi99,5 Kb.
#177247
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati

Ikkinchi jihati. Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning o‘zaro munosabati shakl va mazmun o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda mavjud bo‘lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.

Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o‘rinli bo‘ladi. Buni O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.

Mamlakatimizda mulk shaklini o‘zgartirish, xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Prezidentning 1992-yildagi farmoni bilan Davlat mulk qo‘mitasi tashkil etilgan edi.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnaq topishi uchun fuqarolik jamiyatida hur fikrlilik, siyosiy plyuralizm ham qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi ko‘p partiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko‘lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoqlari, uyushmalari, mehnatkashlar mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin.

Tahlil yuritilayotgan jabhada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb yozilgan. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishlari lozim. Qonunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo‘lmog‘i lozim. Fuqarolar qonun oldida huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etilishi lozim.

Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat idoralari bilan muloqotda huquqning teng subyektlari sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu teng huquqiy munosabatlarda tomonlardan birining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga murojaat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o‘z huquqini tiklashga erishishi mumkin. Huquqiy davlatchilikning muhim tamoyillaridan biri ana shunday. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat fuqarolik jamiyatini boshqaruv tizimi, balki o‘zini o‘zi boshqaruvchi fuqarolik jamiyatiga bog‘liq, uning manfaat va ehtiyojlariga bo‘ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.




Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish