(Bu haqda 12.4-mavzuda to’liq bayon etilgan).
Mamlakatda o’tkazilgan saylovlarni tahlil etish shuni ko’rsatadiki, fuqarolarning ijtimoiy-
siyosiy faolligi yildan-yilga o’sib bormoqda. Mamlakat fuqarolari hozir mamlakatda amalga
oshirilayotgan siyosiy jarayonlar va islohotlarga nisbatan befarq emaslar. Ayniqsa, fuqarolarning
o’z manfaatlarini ijtimoiy faollik va guruhiy nodavlat tashkilotlar vositasida ifoda etish, ularni
qondirishga intilishlari rivojlanib bormoqda. Lekin, shu bilan birga, fuqarolarning qarorlar qabul
qilishdagi faolligini oshirish uchun ular dunyoqarashida demokratik tamoyillar asosidagi siyosiy
va huquqiy ongni singdirish ehtiyojlari sezilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, iqtisodiy va
siyosiy hayotni erkinlashtirishdir.
Jamiyatni tashkil etish qonuniyatlariga binoan ma’lum bir siyosiy tizim doirasida turgan
individ va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy-siyosiy jarayonga bir xilda tortilmaydilar. Ularning
bahzilari siyosatga befarq qaraydilar, yana boshqalari bahzi paytlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonda
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’saғasida: xavfsizlikka taҳdid, barqarorlik shartlari va taraqqyot
38
ishtirok etadilar, uchinchilari esa doimo siyosiy kurashga intiladilar. Hattoki, siyosiy va ijtimoiy
hodisalarda faol rolg’ o’ynayotganlar ichida ham faqat ularning bahzilari hokimiyatga yoki
jamoatchilik faoliyatiga jon - jahdlari bilan intiladi.
XX asr 90-yillarining oxiri - yangi asr boshlaridagi siyosiy islohotlarning muhim ahamiyati
shunda bo’ldiki, bu paytga kelib xalq ommasini ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular siyosiy
madaniyatini yuksaltirish, demokratiyaning eng muhim tamoyillarini hayotga tatbiq etish uchun
shart-sharoitlar yaratildi. O’zbekistonda siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishning o’ziga xos
qadriyatlari shakllandi. Mamlakat Prezident I.A.Karimov mustaqillik davridagi tajribalarni va
yetakchi xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy hayotini chuqur tahlil etib, fuqarolarning siyosiy
jarayonlarda ishtirok etishining demokratik tamoyillarini ilgari surdi: «Jamiyatda demokratiya
qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalqning qarorlar qabul
qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hokumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik
nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir...
1
O’z-o’zidan ravshanki, siyosiy tuzum to’la-to’kis amal qilishini va uning yanada
erkinlashuvini ta’minlash uchun uni tashkil etuvchi Hamma tuzilmalar, ya’ni mavjud sub’ektlar -
shaxs, siyosiy institutlar, aholining ijtimoiy guruhlari hamda qatlamlari va xokazolar to’laqonli
faoliyat ko’rsatishiga erishish zarur”
2
.
Ko’rinib turibdiki, fuqarolar o’z siyosiy faolliklarini yuksaltirishi, yuqoridan qabul
qilinadigan qarorlar qabul qilishda bevosita yoki o’z manfaatlari guruhlari vositasida keng
ishtirok etishi mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish kafolatlaridan biridir. Ayniqsa, sobiq
totalitar jamiyat meros qilib qoldirgan mahmuriy - buyruqbozlik tizimi asoratlari fuqarolar
dunyoqarashi, siyosiy ongi va amaliy xatti-harakatida barham topmas ekan, siyosiy
erkinlashtirishga doir islohotlar ham qiyin kechishi turgan gap.
Ma’lumki, siyosiy ong va siyosiy madaniyat yuksalishida fuqarolarning siyosiy qarorlar
qabul qilishdagi ishtirokining ahamiyati beqiyosdir. Fuqarolar jamoat tashkilotlari faoliyati
vositasida yoki bevosita siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etar ekan, ularda
quyidagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’lishi kutiladi:
1) fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki ularning tabiiy siyosiy - ijtimoiy
his-tuyg’ularini uyg’otadi, harakatga keltiradi, bu yo’nalishga doir intilishlar shakllanadi. Yoki
qisqacha aytganda, har bir fuqaroning ijtimoiylashuv jarayoni amalga oshadi;
2) qarorlar qabul qilishdagi faol siyosiy harakatlar; bu jarayonda oddiy fuqarolar
manfaatlari, ehtiyojlari va intilishlarining hisobga olinishi ularga erkin insoniy qadr-qimmat
bag’ishlaydi. Eng asosiysi, bu qarorlarning xalq taqdiridagi ahamiyati fuqarolarda siyosiy
mashuliyat ruhini shakllantiradi;
3) fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini
turli jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar vositasida ifodalanishidan qoniqishlari ularni
yanada faollashtiradi; natijada o’zaro manfaatlar kelishuvi oqibatida jamiyatning barqaror
bo’lishiga katta hissa qo’shiladi;
4) bu ishtirok har bir fuqaroni o’zligini anglashga, uning jamiyatdan o’ziga munosib o’rin
egallashiga shart-sharoitlar yaratadi, o’z mamlakatiga egalik hissini shakllantirib, milliy iftixor
tuyg’ulari yuksalishini tahminlaydi;
5) davlat hokimiyati jamiyatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar va guruhlar manfaatlarini o’z
siyosiy qarorlarida ifodalanishiga erishiladi; mazkur qarorlarni hayotda amalga oshishi natijasida
siyosiy hokimiyat yanada legitimlashadi; davlat organlarini, fuqarolarni boshqarish, siyosiy
qarorlarni bajarishni ta’minlashga doir jarayonlar va mahmuriy tadbirlarni amalga oshirishni
jamiyat hech bir zo’riqishsiz va ixtiyoriy ravishda qabul qiladi; shuningdek, bu faoliyat fuqarolar
tomonidan keng qo’llab-quvvatlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: