chiqarish maqsadida tashkil etilgan va shu yo’lda faoliyat yuritayotgan Inson huquqi bo’yicha
Oliy Majlis vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr”
jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi bir qator milliy
institutlar va tashkilotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada kengroq tarkibini
yaratish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati,
O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, “Sog’lom avlod uchun” va “Nuroniy” jamg’armalari, “Ijod”
fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlari
samarali faoliyat yuritmoqda. Biroq shu va shunga o’xshash fuqarolik institutlarining faoliyatini
yanada jonlantirish va rivojlantirish hozirgi kunning o’ta muhim vazifalaridan biridir. Bunday
dolzarb vazifaning bajarilishi yo’lida bir qator amaliy ishlar qilindi. Fuqarolik jamiyati
institutlarining rolini va ahamiyatini oshirishga hissa qo’shayotgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari
qabul qilindi. Biroq bu yo’lda qilinadigan ishlar hali talaygina. CHunki bunday vazifalarning
dolzarb ahamiyat kasb etishi hech kimga sir bo’lmagani holda ularning so’zsiz ijobiy yechimi
hayotiy zaruriyatdan o’zga narsa emas. CHunki mohiyat ehtibori bilan fuqarolik jamiyati
davlatni va uning organlari faoliyatini nazorat qiladi. SHuning uchun ham u zarurdir. Bu zarurat
83
Yurtimiz
taraqqiyotining
ҳozirgi
bosqichida
nodavlat
notijorat tashkilotlari
va boshqa fuqarolik
institutlari rolini yanada kuchaytirish fuqarolik jamiyatini
shakllantirish, demokratlashtirish va mamlakatimizning
jaҳon ҳamjamiyatiga integratsiyalashuvi bo’yicha o’z
oldimizga qo’ygan maqsadimizni ro’yobga chiqarishda
ҳech
bir
mubolag’asiz
ҳal
qiluvchi
omil
ekanini,
o’ylaymanki, kimgadir uqtirib o’tirishga zarurat bo’lmasa
kerak.
Islom Karimov
ma’lum asoslar mavjud bo’lgan taqdirdagina o’z hayotiy ifodasini topishi mumkin. Jamoatchilik
nazorati kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, istehmolchilarning uyushmalari va shu kabilar
orqali amalga oshiriladi. Bular xalqning davlat hokimiyati bilan o’zaro muloqotini tahminlab
beruvchi “ko’prik”dir. Bunday ko’prikning mavjud bo’lishi va uning yaxshi taraqqiy etishi
demokratik, huquqiy davlat qurishni maqsad qilgan jamiyat uchun juda muhim vazifa, chunki
xalqning davlat hokimiyati bilan o’zaro muloqotining yo’lga qo’yilishi demokratiya uchun
asosiy omil hisoblanadi. Lekin bunday muloqotning yo’lga qo’yilishi ancha qiyin masala. Bu
borada davlatning ham, jamoatchilikning ham faolligi zarur. Mamlakatimiz rahbarining ilgari
surgan takliflari ana shunday zaruriyatning davlat tomonidan amalga oshirilayotgan hayotiy
ifodalaridan biridir.
Mamlakatimiz Prezidenti ilgari surgan takliflardan biri – bu
Do'stlaringiz bilan baham: