O’zbekiston
Prezidentining
2005
yil
14
iyundagi
“Bozor
munosabatlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo’nalishlar
amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonining mazmun va
mohiyati.
O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish
hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan
bo’lib, mazkur farmon bevosita shunga bag’ishlangan. Dasturga ko’ra bozor islohatlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va amalda ro’yobga chiqarish borasida katta ishlar qilingan. Mazkur farmonda bozor
islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to’sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish
ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan. Qonunlarning, O’zR Prezidenti Faronlari va
Qarorlari, hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjat loyihalari ro’yxati tuzilgan bo’lib, ular
tizimli
asosda
iqtisodiy
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish
hamda
iqtisodiyotni
erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo’nalishlari ro’yobga chiqarilishini
tahminlaydi. SHuning uchun ham bu farmonda quyidagilar belgilab berildi:
1) dan tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni
erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo’nalishlari ruyobga chiqarilishini tahminlaydigan qonun
xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ro’yxati tuzilishi aytilgan.
2) dan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda
modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish bo’yicha Qonun
hujjatlari
hamda
normativ-huquqiy
hujjatlar
qabul
qilinganligi
va
amalda
ro’yobga
chiqarilayotganligi ta’kidlab o’tildi.
3) dan jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda
mahmuriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo’yicha
faoliyatni muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzish belgilab berildi.
4) dan, ushbu farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat
qilish Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitasi va idoralar, Qoraqalpog’iston
respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan nazorat
ostiga olinishi aytib o’tilgan.
5) dan, Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda
kelishib olish, davlat hokimiyati organlari va hukumatga kiritishda monitoring o’tkazish
topshirildi.
Umuman ushbu farmon mamlakat iqtisodiyoti va har bir fuqarosi amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohatlarning aniq ijobiy natijalarini his etish bayon etilgan. (Turkiston, 2005 yil 15
iyulg’).
O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirish iqtisodiy ustuvor yo’nalishini amalga oshirish uchun quyidagi chora-
tadbirlar ko’rilmoqda:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy
operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini muntazam ta’minlash;
60
- iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishlarini amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda
import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
- iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun tegishli investitsion muhit
va investorlar uchun kafolat yaratish;
- ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta
zahiralarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan yetakchi tarmoqlarga ustuvor
ravishda yo’naltirish;
- jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish,
dunyo iqtisodiy tizimiga integrallashuvi hamda jahon savdo tashkilotiga ahzo bo’lish uchun
shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu vazifalarning amalga oishirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin
iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |