8. Taraqqiyotning innovotsion modeli
Taraqqiyot strategiyasi markazi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmo-yishi bilan 2017 yil 14 fevralda mamlakatimizda keng kulamda amalga oshirilayotgan Xdrakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash makeadida 'Tarak,kiyot strategiyasi" markazi tashkil etildi. Ushbu markaz noxukumat va notijorat tashkilot bulib, uning faoliyati doirasiga kuyidagi yo‘nalish va vazifalar kiradi:-Xarakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbir-larning amalga oshirilish jarayonlarini ularning baja-rilishi bo‘yicha mas’ul komissiya bilan xamkorlikda kul-lab-kuvvatlash;-xarakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha xalkaro tashkilot va ekspertlar fikrlarini baxrlash, shuningdek, xalkaro tajribalar, jaxon standartlarini urganib borish;-amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchi-lik va ekspertlar ishtirokidagi muxokamasini tashkil etish;-Xarakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chikish."Tarakdiyot strategiyasi" markazining eng muhim va-zifalaridan biri Xdrakatlar strategisida belgilangan eng muhim chora-tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring kilib borish hamda har bir yo‘nalish buyicha guruxlarga asoslangap tavsiyalar ishlab chikishdan i borat. Markaz 2017 yil 23 fevral kuni Adliya vazirligida davlat ruyxatidan utdi va uning takdimot marosimi 2017 yil 1 mart kuni "Zarafshon" konsert zali negizida tashkil etilgan yangi media maydonda bulib utdi. Harakatlar strategiyasi va "Xalk bilan mulokot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini keng yoritish va tabdirlar bo‘yicha muntazam ravishda jamoatchilik muxokamasini utkazish maksadida Markaz tomonidan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshka etakchi OAV hamda Xalkaro press-klub bilan uzaro xamkorlik bitimlari imzolandi. 2017 yilning mart-iyun oylarida Markaz koshida tashkil etilgan maxsus media maydonda uttizdan or-tik brifing, press-konferensiya va tok-shoular tashkil etildi.Davlat dasturi ijrosi doirasida ishlab chikiladigan barcha konunlar va boshka me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyixalari Markaz koshida dastlabki ekspertlik muxo-kamasidan utkazilishi amaliyoti joriy etilmokda. Jum-ladan, Markazda O‘zbekiston Respublikasi Kopunchilik palatasi va ekspertlar ishtirokida "Jamoatchilik na-zorati tugrisida" va "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tugrisida"gi k,onun loyixalarining keng muxokamasi utkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga bugungi kunga qadar Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi.
Jumladan, davlat dasturining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasidagi loyihalar bo‘yicha 2017 yilning I choragida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
• Tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish borasida 12,7 mln. dollarlik 10 ta loyiha amalga oshirilib, 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi;
• “O‘zmetkombinat”da Ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasiga 13,5 mln. dollar kredit jalb etildi;
• Sintetik yuvish va maishiy kimyo vositalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qiymati 12 mln. dollarga teng bo‘lgan uskunalar olib kelindi;
• To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga 32 mln. dollar investitsiya-larni jalb qilish hisobiga 3 ta yangi yengil sanoat korxonalari ishga tushirildi, 1000 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 47260,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,9%ni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jami qurilish ishlari hajmidan yirik pudrat tashkilotlari tomonidan 15802,4 mlrd.so‘m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 33,4%ni, hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga jami qurilish ishlari qurilish ishlari hajmining 39,2%i yoki 18536,1 mlrd. so‘m to‘g‘ri keldi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,2%ni tashkil etdi, norasmiy sektor hissasiga esa 27,4% yoki 12922,2 mlrd. so‘m to‘g‘ri keldi hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi qurilish loyihalarini ishlab chiqish, turar joy va yashash uchun mo‘ljallangan binolar qurish hamda yashash uchun mo‘ljallanmagan binolarni qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi. Ularning ulushi jami qurilish ishlari hajmida 78,2%ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,1% punktga ko‘paydi.
Fuqarolik qurilishi obektlarini qurish bo‘yicha qurilish ishlari hajmi joriy davrda 11,1%ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8% punktga kamaydi.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hissasiga esa 10,7% to‘g‘ri keldi va o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,3% punktga kamaydi.
Binolar va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi ulushi 31,8%ni tashkil etib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,8% punktga ko‘paydi.
Mos ravishda, kichik tashkilotlar va mikrofirmalar ulushi 33,9% (0,9% punktga ko‘payish) va norasmiy sektorning ulushi 34,3%ni (1,7% punktga kamayish) tashkil etdi.
Fuqarolik qurilishi obektlarini qurish ishlari bo‘yicha yirik pudrat tashkilotlarining ulushi 51,7 %ni tashkil etdi va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2% punktga ko‘paydi. Shuningdek, kichik tashkilotlar va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 43,9% (0,4% punktga kamayish) va norasmiy sektorning ulushi 4,4%ni (0,2% punktga ko‘payish) tashkil etdi.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 7,3% punktga kamaydi va 26,9%ni tashkil etdi. Qolgan 73,1% kichik tashkilotlar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 7,3% punktga ko‘paydi.
Joriy davrda jami qurilish ishlarining katta qismi kichik tashkilotlar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ular tomonida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 18536,1 mlrd. so‘mni (jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 39,2%) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2%ga ko‘paydi.
Yirik qurilish pudrat tashkilotlari tomonidan 15802,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 33,4%ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi.
Norasmiy sektor hissasiga jami qurilish ishlarining 27,4%i yoki 12922,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi.
Yirik pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining hududlar bo‘yicha tarkibida Navoiy viloyati (hududdagi qurilish hajmining 29,3%ini tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 marta qurilish ishlari ko‘p bajarilgan), Toshkent shahri (mos ravishda, 28,0% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,7%ni tashkil etdi) va Toshkent viloyati (mos ravishda, 25,6% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 131,9%ni tashkil etdi) yetakchilik qilmoqda.
Yirik pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng kam ulushi Samarqand viloyatida (hududdagi qurilish hajmining 1,7%ini tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34,7%ni tashkil etdi), Andijon viloyatida (mos ravishda, 3,6% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 84,0%ni) va Sirdaryo vilo2019 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda jami 68,8 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati 2018 yilga nisbatan 19,0 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotida aytiladi.
Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 16,9 trln so‘mni tashkil etdi. 2018 yil bilan solishtirganda 8,5 foizga ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2018 yilning mos davri ko‘rsatkich darajasidan 2,2 foiz punktga kamayib, 24,6 foizni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2019 yil yanvar-dekabrida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,6 foizi to‘g‘ri kelib, 2018 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,6 foiz punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2018 yilning mos davriga nisbatan 29,5 foizni tashkil etgan holda 37,5 trln so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 foiz punktga kamayib, 20,8 foizni tashkil etdi va 14,356,3 trln so‘m miqdorida qayd etildi. 2018 yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 8,3 foizni tashkil etgani kuzatildi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3,899,2 trln so‘m yoki 2018 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 26,4 foiz qurilish ishlari bajarildi, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 64,955,2 trln so‘m ishlar bajarilib, o‘sish sur'ati 18,5 foizni tashkil etdi. Ularning respublikadagi ulushlari mos ravishda 5,7 foiz va 4,3 foizni tashkil etdi.yatida (mos ravishda, 7,5% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 76,4%ni tashkil etdi) kuzatildi.
2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini ta'minlash parametrlari e'lon qilindi. Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, yoshlar va ayollar o‘rtasidagi ishsizlik yuqoriligicha qolmoqda (mos ravishda 14,9 foiz va 12,5 foiz), ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1,3 million kishini tashkil etgan. Ish bilan band aholi tarkibida norasmiy band kishilar ulushi (mehnat migratsiyasiz) yuqoriligicha qolib, 39,0 foizni tashkil etmoqda. Ish beruvchilar mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarning kasbiy malaka darajasi yetarli emasligidan e'tiroz bildirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublikaning ish beruvchi tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz ko‘rsatkichlari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar:
a) 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari;
b) 2020 yilda mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini ta'minlash va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari;
v) 605 ming o‘zini o‘zi mehnat daromadi olishga yo‘naltirgan va yashirin ish o‘rinlarida ishlayotgan shaxslarni rasmiylashtirish parametrlari tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan, hisobot davrida tashkil etilgan ish o‘rniga ishchi yollangan va o‘rnatilgan tartibda ish haqi hisoblangan va sug‘urta badali to‘langan taqdirda bajarilgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflari ma'qullanishi mumkin:
a) vazirlik tarkibidagi “Mehnat.uz” Axborot-kompyuter markazi mas'uliyati cheklangan jamiyati “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” markazi etib qayta tashkil etiladi, uning asosiy vazifalari sifatida:
ishsizlikni kamaytirish, mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, norasmiy band bo‘lganlarni rasmiy mehnat munosabatlariga jalb etish, ishsizlarni, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni tashabbus qilish;
mehnat sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, loyihalarni amalga oshirish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari va boshqa idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ekspert guruhlari tuzish;
loyihalarning pasportlarini ishlab chiqish va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay'atiga kelishish uchun kiritish, loyihalarning rejalashtirilgan natijalariga erishish yuzasidan monitoring yuritish;
mehnat va aholini ish bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha axborot-ma'lumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, Bandlik va mehnat munosabatlari sohasida yagona axborot texnologiyalari siyosatini olib borish belgilanadi;
b) Davlat mehnat inspeksiyasi huzurida Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari vazirligi hamkorligida “Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni ko‘rib chiqish va hal qilish markazi” (“Mehnat – M” markazi) tashkil etiladi. “Mehnat – M” markazining asosiy vazifalari sifatida:
Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari vazirligi huzuridagi “TWA-FOOK” markazlari tajribasi asosida mehnat munosabatlari sohasidagi ishchilar va ish beruvchilarning murojaat va shikoyatlarni “bir darcha” tamoyili asosida tezkor ko‘rib chiqish va davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari doirasida hal qilish tizimini yaratish;
mehnat munosabatlari sohasidagi har bir murojaat va shikoyatni ko‘pi bilan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqish, shundan 2 kun - mehnat nizolarining ish beruvchi va ishlovchi o‘rtasida o‘zaro hal qilinishini rag‘batlantirish (mediatsiya qilish), nizolar hal qilinmagan taqdirda keyingi 2 kunda davlat mehnat inspektori vakolati doirasida huquqiy maslahat berish, masala yechilmagan taqdirda 5-chi kuni mehnat qonunchiligi doirasida tegishli chora ko‘rish yoki materiallarni sud organlariga kiritish;
lozim bo‘lgan hollarda mehnat munosabatlari sohasidagi murojaat va shikoyatlarni hal qilish jarayoniga kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning uyushma tashkilotlari vakillarini jalb etish.
v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” va “Mehnat M” markazlarining faoliyatini ta'minlash uchun tashkiliy masalalarni hal qilish, shu jumladan ular faoliyati to‘g‘risidagi nizom, shuningdek, joylashuvi va tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” va “Mehnat M” markazlarining ta'mirlash va saqlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahri Yashnobod, Yunusobod va Sirg‘ali tumanlarida vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash byurolarini namunaviy loyihalar asosida 2020 yil 1 martgacha qurilishini yakunlab, ishga tushiradi;
2020 yil davomida mehnat organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish maqsadida vazirlik markaziy apparati huzurida bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etadi;
bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan har bir ko‘rsatilayotgan xizmatning ma'muriy jarayonlar reglamentini qayta ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, bunda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, vaqti, xodimlarning mehnat va ijro intizomi, aholining xizmatlardan qoniqish hosil qilish darajasini o‘rganishni ta'minlashni nazarda tutiladi;
har bir bandlikka ko‘maklashish markazida ishga joylashtirishga yo‘llanma berilayotgan ishsiz fuqarolarga ish beruvchilarga taqdim etish uchun shaxsiy rezyumeni shakllantirish maqsadida rasmga olish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini on-layn rejimida baholash uchun moslamalar (raqamli fotokamera va planshet)lar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi;
mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa ishsiz yoshlar va ayollar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintegratsiya) qilish, jumladan kasbga moslashtirish, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash maqsadida autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarini jalb etadi;
2020 yil davomida ishsizlar soni yuqori bo‘lgan mahallalarda 10 ta “Mehnat guzari” komplekslarini namunaviy loyihalar asosida qurish, ularda ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolariga xizmat ko‘rsatish va mikro ishlab chiqarish uchun imtiyozli ravishda joy ajratish, kelgusida esa ularga ajratilgan joylarni bozor narxlarida xarid qilish imkonini beradi;
2020 yil davomida bandlikka ko‘maklashish markazlari va ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlarida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida katta sinf o‘quvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta'riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni tashkil etgan holda kasbga yo‘naltirish dasturini joriy etadi;
2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda, Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida Bosh prokuratura akademiyasining faoliyati tajribasini keng joriy etish, shu jumladan mehnat organlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy ta'lim, o‘qitish va treninglarning interfaol uslublarini keng joriy etish orqali rivojlantirish hamda ishga kirishga nomzodlarning samarali tanlovini o‘tkazishni ta'minlaydi.
2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz parametrlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, xo‘jalik boshqaruvi organlari yirik loyihalarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – budjet mablag‘laridan tegishliligi bo‘yicha ijtimoiy soha obektlarini ishga tushirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni, shu jumladan hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlari tashkil etish shuningdek, norasmiy sektordagi yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi – mas'ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2020 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasining o‘z vaqtida va samarali bajarilishini muvofiqlashtirish yuzasidan javobgarlik yuklanadi.
2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz parametrlari yuzasidan ko‘rsatilgan mas'ul vazirliklar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oy yakuniga ko‘ra keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar tegishli ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga umumlashtirish hamda natijasi haqida Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim etib borilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon banki hamkorligida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
a) 2020 yil noyabr oyiga qadar 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha uzoq muddatli Milliy strategiyasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. Milliy strategiyada:
mehnat bozori holatini chuqur o‘rganish, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash orqali mehnat bozorida band aholi ulushini oshirishning ilg‘or mexanizmlarini joriy qilish;
bandlikni rivojlantirishga yordam beradigan va har bir hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ishsizlik darajasini kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
bandlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish va samarali siyosat olib borish orqali aholini doimiy ish o‘rinlari bilan ta'minlash asosida ularning real daromadlarini oshirish;
bandlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan siyosatni va monitoring qilish, ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarishning asosiy ko‘rsatkichlarni samarali baholash nazarda tutiladi.
b) Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti Mehnat iqtisodiyoti Ilmiy maktabi bilan birgalikda 2020 yil dekabr oyiga qadar mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchini raqobatbardoshligini oshirish Konsepsiyasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Konsepsiyada:
mamlakat korxonalarida ilg‘or xorijiy tajriba asosida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
mamlakat ish kuchining inson kapitali darajasi oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, uni aniqlash va baholash indekslari metodikasini tarmoqlar va hududlar kesimida yaratish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha korxonalarida mehnatni me'yorlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish reja-jadvallarini tasdiqlash nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yilda eksperiment tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, ayniqsa nogironligi bor shaxslarni ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida:
nogironligi bor shaxslar uchun ish o‘rinlarini yaratayotgan kichik korxonalar va tadbirkorlik sub'yektlariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir yaratilayotgan ish o‘rni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, lekin jami har bir korxona uchun 500 bazaviy hisoblash miqdoridan oshmagan holda mikrokreditlar ajratishni joriy etish;
ishga layoqatli nogironligi bor shaxslarni elektron reyestrini shakllantirish va reyestrga kiritilgan shaxslarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishga ko‘maklashish;
tadbirkorlik sub'yektlari va korxonalarga ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bor shaxslarga moslashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir moslashtirayotgan ish joyi uchun 40 bazaviy hisoblash miqdorigacha yordam puli ajratish;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayniqsa kam ta'minlangan va mehnat migrantlari oilalarining a'zolari, nogironligi bor shaxslarni bepul o‘qitish kurslarini tashkil etish;
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun zaxiralangan ish o‘rinlarini yaratishga doir qarorlarni bajarmaslik, bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan holda ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rishni ta'minlaydi.
2021-yilda Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha quyidagi 8 ta tahliliy material tayyorlandi va ularning amaliyotga tadbiq etish choralari ko‘rilmoqda.
Turli avlod vakillarida oilaviy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazildi va tadqiqot natijalari asosida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlandi.
O‘zbekistonda ilk marotaba oilalarning baxtlilik indeksi va uning nazariy-metodologik asoslari yaratildi. Buni aks ettirgan “Baxtlilik o‘lchovi”, “Inson baxti va oilaviy hayot” nomli risolalar chop etildi.
Aholining turmush tarzini, ular hayotining sanitariya-gigiyena talablari nuqtayi nazaridan o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan ijtimoiy-gigiyenik tadqiqotlar asosida sanitar-gigiyenik talablar asosida quriladigan uy-joy maketi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi 5020-son qaroriga 3-ilova chora-tadbirlar rejasining 28-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 15-25-avgust kunlari "O‘zbekiston xotin-qizlari: hayotiy maqsadlar, qadriyatlar va yo‘nalishlar" mavzusida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi va olingan natijalar bo‘yicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlandi.
Joriy yilning fevral–may oylari davomida harbiy oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzi va bolalar tarbiyasiga yondashuvlarni namunali darajaga ko‘tarishga qaratilgan ijtimoiy tadqiqot dasturi, so‘rov varaqasi ishlab chiqildi va olingan natijalar bo‘yicha asosida axborot-tahliliy maʼlumotnoma tayyorlandi
Qizlarning isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda rahbar-kadr sifatida jamiyatga tayyorlash bo‘yicha “Bibixonim maktabi” namunaviy o‘quv dasturi tayyorlandi.
“Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markaz”ida bo‘lgan ayollar uchun “Reabilitatsiyadan so‘ng oilaga qayta moslashish” mavzusida amaliy tavsiyanoma ishlab chiqildi.
Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni tuzatishning namunaviy dasturi ishlab chiqildi.
Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etildi:
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrir loyihasi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi.
"Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat" g‘oyasini hayotga tatbiq etishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasida Oila institutini yana-da mustahkamlash konsepsiyasi” loyihasi.
“O‘zbekistonda mahalla institutini rivojlantirishning 2021-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqildi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-325-IV-son qarori asosida “Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi.
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga takliflar tayyorlandi va tegishli tashkilotlarga taqdim etildi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqidagi” qarori loyihasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 30-martdagi 02-RA 1-5153-sonli topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga;
O‘zbekiston Respublikasida ayollarning ijtimoiy faollligini oshirish bo‘yicha Mehnat Kodeksiga;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2020-yil 17-dekabrdagi 03/1152-sonli xati bilan “Barcha mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya” va Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Uy xizmatchilari uchun munosib mehnat to‘g‘risidagi 189-sonli Konvensiya”siga qo‘shilish bo‘yicha asosnoma tayyorlandi.
Uchinchi shaxslarning oila ishlariga aralashuvi yuzasidan Oila kodeksiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan tahliliy material tayyorlandi va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-325-IV-son qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021-yil 12-iyuldagi TN-121/07-21-sonli nazorat rejasining 9/3.4 bandida berilgan Oilaviy psixologlar xizmatini rivojlantirish, uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishi topshirig‘i yuzasidan takliflar tayyorlandi va Oliy Majlis Senatiga hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligiga taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5116-son qaroriga muvofiq Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ushbu harakatlardan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ijrosini taʼminlash maqsadida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jarblangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tartibi” ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5116-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat rejaning 5-bandi bo‘yicha Suitsidal xavfning belgilarni aniqlash bo‘yicha takliflar taqdim etildi;
"Mehr daftari" ishlab chiqildi, "Mehr daftari"ni yuritish orqali nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha vaqtinchalik Tartib ishlab chiqildi;
Oilada nogironligi bo‘lgan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiylashtirishning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi.
2021-yilning 29-oktyabr kuni Atlantika Kengashi (Atlantic Council) tashabbusi bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan videokonferentsiya shaklida muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Atlantika Kengashining Yevroosiyo markazi direktori Jon Xyorbst, “Amerika Ovozi”ning o‘zbek xizmati boshlovchisi Navbahor Imamova, Pitsburg universitetidagi Boshqaruv va bozorlar markazi asoschisi Doktor Jennifer Brik Murtazashvili, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasikatta iqtisodchisi Vinayak Nagaraj hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar ishtirok etdi.
1961-yilda tashkil etilgan Atlantika Kengashi bugungi kunda nufuzli tashkilot bo‘lib, global muammolarni hal etish, xususan, siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha muhim mavzularda muhokamalar va o‘rganishlar tashkil etib, to‘plangan ma’lumot va tahlillarni o‘z nashrlarida chop etib keladi.
Shu boisdan, navbatdagi O‘zbekistonda amalga oshirilgan va oshiriladigan islohotlarga bag‘ishlangan tadbir ham qizg‘in munozaralar va fikrlarga boy bo‘ldi. Unda moderatorlik qilayotgan elchi Xyorbst tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovga bir qator savollar bilan murojaat qildi.
Jumladan, dastlabki berilgan savol O‘zbekistonning ichki siyosatida qo‘lga kiritilgan asosiy yutuqlarga qaratildi. Ushbu savolga javoban Eldor Tulyakov Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar deyarli barcha sohalarni qamrab olganligi, ushbu o‘zgarishlarning ko‘pchiligidan tadbir ishtirokchilari ham xabardor ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, xalq bilan muloqot qilish, majburiy mehnat va bolalar mehnatini bartaraf etish borasida qilingan ishlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan Davlat xizmatlari agentligi faoliyati, valyuta bozorining liberallashtirilishi, propiska tizimini bekor qilinishi va fuqarolikni berish tartibi isloh qilingani va tashqi siyosatda salmoqli yutuqlarga erishilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Muloqot davomida ekspertlar O‘zbekiston oldida turgan ustuvor vazifa va maqsadlar bilan ham qiziqishdi va shundan kelib chiqib ichki siyosatda kelajakda amalga oshiriladigan ishlarga oid savol bilan yuzlanishdi.
Unga javoban Markaz rahbari eng avvalo deyarli barcha sohalarda boshlangan islohotlar davom ettirilishi, xususan, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosabati bilan bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvlarida fuqarolar tomonidan bildirilgan aosli fikr va takliflar inobatga olinishi, shuningdek, yaqinda chop etilgan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobda belgilab berilgan vazifalar izchillik bilan hayotga tadbiq etilishini ta’kidladi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan uchinchi Renessansning asosiy poydevori bo‘lgan ta’lim sohasidagi islohotlarga yanada ko‘proq ahamiyat qaratilishi, kambag‘allikni kamaytirish, sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, energiya baraqarorligiga erishish, iqtisodiy integratsiyani davom ettirib, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda korruptsiyaga barham berish kabi vazifalar eng muhim vazifalar sifatida sanab o‘tildi.
Umuman olganda, tadbir davomida ekspertlarga boshlangan barcha ijobiy o‘zgarishlar yanada keng qamrovli va tez sur'atlar bilan davom etishini kuzatish mumkinligi ma'lum qilindi.
Muhokamada ishtirok etgan boshqa ishtirokchilar O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari, so‘z erkinligi, partiyalarning faolligi, siyosiy islohotlar, tashqi siyosat, mintaqadagi faollik, Afg‘oniston masalalari kabi dolzarb mavzularda fikr almashishdi. Muhokamani bevosita dunyoning turli chekkalaridan onlayn kuzatib turgan ko‘plab ishtirokchilar qatoridan mavzularga oid savollar ham yo‘llandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |