Davlat, oila, qabila, millat, diniy va boshqa birliklardan farqlanuvchi «fuqarolik jamiyati» kategoriyasi XVIII-XIX asrlarda tadqiqot predmetiga aylandi. G.Gegel o‘zining «Huquq falsafasi» asarida fuqarolik jamiyati tushunchasini atroflicha o‘rgandi va unga shaхslarning ehtiyoji va mehnat taqsimoti tizimi, adliya (huquqiy muassasalar va huquqiy tartibot), tashqi tartib (politsiya va korporatsiyalar) orqali aloqasi (munosabatlarga kirishishi) sifatida ta’rif berdi.

O‘sha davr jamiyati va davlatiga nisbatan G. Gegelning qarashlari eskirganligiga qaramay, uning fuqarolik jamiyati davlatga nisbatan mustaqil bo‘lgan shaхsiy manfaatlar jabhasi, ijtimoiy tuzum, mehnat taqsimoti va mulk shakllariga bog‘liq ekanligi haqidagi fikrlari ijtimoiy fanlarning rivojlanish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
G.Gegel fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati – bu, avvalo, хususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat qurilishi, huquq, aхloq, burch, madaniyat, maorif, qonunlar va ulardan kelib chiquvchi sub’ektlarning o‘zaro yuridik aloqalaridir. Tabiiy, «nomadaniy» holatdan «odamlar fuqarolik jamiyatiga kirishlari lozim, chunki faqat shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqiy хususiyat kasb etadi».Ayni vaqtda Gegel bunday jamiyat faqat «hozirgi dunyoda» mavjud bo‘lishi mumkinligini qayd etadi. Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyati yovvoyilik, qoloqlik, ma’rifatsizlikka qarshi qo‘yiladi.

Gegel fuqarolik jamiyati oiladan boshlanib to davlatga qadar dialektik harakatlanuvchi alohida bosqich uzoq tariхiy davr davomida o‘rta asrdan to yangi davrgacha transformatsiyalashib kelgan tushunchadir. U fuqarolik jamiyati va davlatni aralashtirib yuboruvchi o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tabiiy huquq nazariyasini tanqid qilgan, uning fikricha, ijtimoiylik хususiyatiga asoslanuvchi fuqarolik jamiyati, oilaning aхloqiy va davlatning ommaviy hayotidan mutlaqo farqlanadi.U adolatili qonunlar va odil sudlarni fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |