O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Ekologik partiyadan nechta deputat saylandi?
A) 10 nafari
B) 15 nafari
C) 20 nafari
D) 25 nafari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib kim saylanishi mumkin?
A) O‘zbekiston hududida 15 yil davomida doimiy yashaydigan, 25 yoshdan kam bo‘lmagan shaxs
B) O‘zbekiston hududida saylovdan oldin kamida 10 yil yashagan, davlat tilini yaxshi bilgan, 35 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
C) O‘zbekiston hududida tug‘ilgan, saylovdan oldin kamida 15 yil O‘zbekiston hududida yashagan, 35 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
D) 35 yoshga to‘lgan har qanday oliy ma’lumotli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
O‘zbekiston Respublikasida saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha doimiy organ
A) Konstitutsiyaviy sud
B) Markaziy saylov komissiyasi
C) Oliy Majlis
D) Vazirlar Mahkamasi
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar kim tomonidan ko‘rsatilishi mumkin?
A) tashabbukor guruhlar
B) siyosiy partiyalar
C) davlat hokimiyati ijro organlari
D) barcha javoblar to‘g‘ri
AQSHda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari sifatida qaysi muassasalar faoliyat yuritgan?
A) Gildiyalar va korporativ birlashmalar.
B) Yangi va eski tipdagi uyushmalar va korporativ birlashmalar
C) Hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarish institutlari
D) Diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar
Germaniyada fuqarolik jamiyati institutlarining dastlabki faoliyati qanday shaklda amalga oshgan?
A) Davlat bilan o‘zaro aloqadorlikda faoliyat yurituvchi tizim sifatida
B) Jamiyat bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatuvchi tizim sifatida
C) Diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida
D) Gildiyada o‘z aksini topgan hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘z ta’sirini o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida
Rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. Bu jarayondagi asosiy prinsip nomini ko‘rsatib o‘ting?
A) Jamiyat manfaatlarini ustuvorligi
B) Inson manfaatlarining muhimligi
C) Demokratik qadriyatlarning ustunligi
D) Shaxs erkinligi oliy qadriyat ekanligi