Siyosiy partiyalar – ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi, ular davlatning siyosiy yo‘nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.
Siyosiy tashkilotlar – siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlari, maqsadlarini ifoda etadi.
Siyosiy tizim jamiyatda davlat hokimiyati va boshqaruvni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar harakatlarida o‘z ifodasini topadi.
Sotsial – lot. socialis – ijtimoiy, jamoatchilik; jamiyat va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘langan.
Sotsium lot. sociumumumiy, birgalikdagi; insonlar hayot faoliyati shartsharoitlarini birligini xarakterlovchi ijtimoiy umumiylik, birlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |