Kasaba uyushmalari korxona, muassasa, o‘quv yurti va boshqa mehnat jamolarida ishlayotgan ishchi va xodimlarni ijtimoy manfatlarini himoya qilish, ish beruvchilar bilan ishlovchilarning ijtimoiy sherikchiligini tashkil etish maqsadida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Kvazi... – lot. turli so‘zlar boshiga qo‘yiluvchi va «go‘yo», «sohta» ma’nolarini beruvchi qo‘shimcha. Masalan, kvazidemokratiya.
Kvintessensiya – (lot. beshinchi asos) biror narsaning asos, mohiyati; eng muhim, eng asosiy.
Kompetent – (lot. sompetents loyiqlik, mutanosiblik); o‘z bilimi yoki vakolati bilan bironbir qarorni qabul qilish, masalani yechish yoki ular yuzasidan hukm chiqarish uchun zarur bo‘lgan ilmga yoki qobiliyatga ega bo‘lishni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |