Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro‘yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Ijtimoiy uyushmalar – fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik asosida vujudga keluvchi, lekin o‘z faoliyati natijasida daromad olishni ko‘zlamaydigan tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniyma’rifiy, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar). Demak, fuqarolarning har qanday ko‘ngilli uyushmasi – ijtimoiy uyushmadir. Mavjud siyosiy hayotni o‘zgartirishga yoki unga ta’sir etishga urinuvchi ijtimoiy uyushmalar siyosiy, deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |