Axborot madaniyati – jamiyatning axborot resurslar va axborotkommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek bu maqsadlarda axborotlashtirish vositalar va axborot texnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or yutuqlarni qo‘llash qobiliyati. Axborot madaniyati kishida axborot muhiti bilan o‘zaro munosabatda bilim, mahorat, ko‘nikma va refleksli ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi bilan ifodalanadi. Kishining axborot madaniyatining eng muhim elementlaridan biri – axborot resurslarini bilish (ulardan erkin foydalanish imkoniyati).
Axborot makoni – (Axborot muhiti) axborotni saqlash, ishlash va uzatish bo‘yicha texnikaviy va dasturiy vositalar, shuningdek axborotlashtirish jarayonining ijtimoiyiqtisodiy va madaniy shartsharoitlari majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |