Fuqarolik huquqida shartnoma tushunchasi, shartnomaviy sharh va uning ahamiyati



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana12.11.2022
Hajmi0,49 Mb.
#864432
1   2   3   4   5
Bog'liq
fuqarolik-huquqida-shartnoma-tushunchasi-shartnomaviy-sharh-va-uning-ahamiyati

__________________________________________________________________________________ 
 
57 
keyinchalik o'zlarini qanday tutganligi e'tiborga olinishi zarur. Sud Plenumi qarorlarini muayyan turdagi 
shartnomalarga oid normalarni sharhlash va talqin etishga oid aniq qoidalar shakllantirilganligini kuzatish 
mumkin. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga 
soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo'llanilishining ayrim masalalari haqida” 2015 
yil 27 noyabrdagi 289-sonli qarori 3-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilariga ko'ra, sudlar nazarda tutishlari kerakki, 
Qonunga ko'ra yer uchastkalari va boshqa tabiiy ob'ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada 
bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing ob'ektlari bo'lishi mumkin emas. Bunday mol-mulk lizing ob'ekti 
sifatida shartnomada ko'rsatilgan bo'lsa, shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi. Ushbu mol-mulklar 
bo'yicha tuzilgan lizing shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash sudning huquqi ekanligidan kelib 
chiqib, ushbu masala sudlar tomonidan muhokama qilinishi mumkin. Shuni inobatga olish lozimki, korxona, 
mulkiy kompleks, bino, inshoot lizing ob'ekti sifatida lizing oluvchiga topshirilgan taqdirda, lizingga berilgan 
muddatga yer uchastkasining ana shu ko'chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga bo'lgan 
foydalanish huquqi ham lizing oluvchiga o'tadi.Ma'lumki, shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan 
belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarida ko'rsatib qo'yilgan hollar bundan mustasno. 
Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo'yilmaganligi tufayli qo'llaniladigan norma 
(dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o'zaro kelishib uning qo'llanishini bekor qilishlari yoki unda 
nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo'lmaganda shartnomaning sharti 
dispozitiv norma bilan belgilanadi. Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo'yilgan 
bo'lmasa, tegishli shartlar taraflar o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan ish muomalasi 
odatlari bilan belgilanadi”. Hozirda FK taraflarning erkin kelishuvni shunga o'xshash sovet qonunchiligida 
mavjud bo'lgan planli rejalashtirilganlik, titul ro'yxatlanganlik kabilar bilan almashtirishga yo'l qo'ymaydi, 
shubhasiz bu qoidadan ayrim cheklanishlarga ham yo'l qo'yadi. Shunday shartnomalar ham mavjudki, ularni tuzish 
majburiy hisoblanadi. Masalan, FKning 459-moddasiga binoan bergan buyurtmasi mahsulot yetkazib beruvchi 
(ijrochi) tomonidan qabul qilingan davlat buyurtmachisi uchun davlat kontrakti tuzish shart hisoblanadi. Davlat 
kontraktini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina va davlat kontraktini bajarish tufayli mahsulot 
yetkazib beruvchi (ijrochi) ko'rishi mumkin bo'lgan barcha zararni davlat buyurtmachisi qoplagan taqdirdagina 
mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) uchun majburiy hisoblanadi. Bunday shart davlat korxonasiga tatbiq 
etilmaydi. Ushbulardan kelib chiqib aytish mumkinki, FKda qandaydir cheklangan miqdorlarda planli tuzilish 
mavjud, ammo qonunchilik qaysi vaqtda bunga yo'l qo'yilishini aniq belgilab qo'yadi. 
Bu o'rinda birgina talab, u ham bo'lsa shartnoma shartlari qonunga zid bo'lmasligi lozim. Shartnoma 
erkinligining bu ko'rinishlari asosiylari hisoblanadi. Qo'shimcha belgilarini ham ajratib ko'rsatish mumkin: a) 
kontragentni erkin tanlash; b)shartnoma shaklini erkin belgilash. Masalan, FKning 110-moddasi 2-qismiga binoan
bitimlar taraflardan birining talabi bo'yicha ham tasdiqlanishi shart. Agarda shartnoma shakli qonun bilan oldindan 
belgilab qo'yilgan bo'lsa, bunda uni erkin belgilash mumkin bo'lmaydi;v) 
taraflarning 
kelishuviga 
muvofiq 
shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish. Bu o'rinda bir necha cheklashlar mavjud bo'lib, taraflar shartnoma 
tuzayotganlarida ularning shartnomasi uchinchi shaxslarning, misol uchun aktsiyadorlarning huquqlarini 
buzmayotganligini muhokama qilishlari kerak bo'ladi. Bu xil shartnomalar ham asosiy shartnomalar shaklida 
tuzilishi darkor. Shartnomaning o'zgartirilishi yoki bekor bo'lishiga asos taraflardan birining bir tomonlama talabi 
bo'ladi. Agarda shartnomani taraflarning kelishuvi bilan o'zgartirish yoki bekor qilish mumkinligi faktning aksi 
tasdiqlanmaguncha, shu faktni yuridik to'g'ri deb topish bo'lsa, shartnomaning bir tomonlama o'zgartirish yoki 
bekor qilinishiga FKda, boshqa hujjatlarda va shartnomada belgilab qo'yilgan hollardagina yo'l qo'yiladi. Birinchi 
holatda sudga murojaat qilish talab qilinmaydi, ikkinchi holatda esa bu muqarrar. Sub'ektlar bo'yicha cheklashlar 
ko'p hollarda u yoki bu shartnoma ishtirokchilarining aniq belgilab qo'yilganligi bilan ifodalanadi, masalan, 
chakana oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi shaxs hisoblanadi. Bu holatda 
sub'ektning huquqiy maqomi ushbu xil shartnomalarning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik 
kodeksining 505-moddasida belgilanganidek, yuridik shaxs xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi 
asosida o'ziga qarashli bo'lgan ashyoni, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mulkdorning 
roziligi bilan hadya etishga haqli. Bu qoida hamma mulkka nisbatan, jumladan, ko'char mulkka ham tatbiq 
qilinadi(505-modda 1-qismi, 177-modda 3-qismi). Bu cheklash qiymati katta bo'lmagan odatdagi sovg'alarga 
taalluqli emas, ya'ni uncha qimmat bo'lmagan oddiy hadyalar mulkdorning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. 
Bunday qoidaning belgilanishidan yana bir maqsad tadbirkorlik bilan shug'ullanishni maqsad qilgan (FKning 40-
moddasi) yuridik shaxs (tijoratchi tashkilot) foyda olish ekanligi nuqtai nazaridan uning mulkni hadya qilishi, ya'ni 
bepul boshqa shaxsga o'tkazishi shubhali hisoblanib, u haq evaziga tuzadigan shartnomalarni haspo'shlab o'tish 
orqali soliq va shu kabi boshqa to'lovlardan o'zini xoli qilishni maqsad qilib qo'yganligidandir. Shu munosabat 
bilan bunday bitimlar yuridik shaxslarning ustav faoliyat maqsadlariga xilof deb qaralishi va bunday bitimlar sud 
tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shuningdek bu qoida poraxo'rlikdan, yuridik shaxslarning mol-
mulkini tolon-taroj qilishdan ogohlantiradi va shartnoma ishtirokchilari va kreditorlar manfaatiga xizmat qiladi. 
Ushbu toifadagi cheklashlarga u yoki bu faoliyat bilan shug'ullanish uchun sub'ekt litsenziya olishi darkorligi ham 


ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 2-1 (125) 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish