Fuqarolik huquqi savollar javoblar



Download 205,45 Kb.
bet30/44
Sana24.02.2022
Hajmi205,45 Kb.
#247133
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
fuqarolik huquqi18

Bcshinchidan, prokat shartnomasi ommaviy shartnomalar guruhiga
kiradi (558-moddaning 3-qismi). Prokat shartnomasi uni tuzishni xohlovchi
barcha shaxslar bilan tuziladi. U hammaga xizmat k o 'rsa tish g a
qaratilganligi uchun ham ommaviy shartnomalar guruhiga mansubdir.
Shuningdek, prokat shartnomasining shartlari va ijara haqi hamma
iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi. Prokat shartnomasi bo'yicha
ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi talab qilayotgan mol-mulkni ijaraga
berishga imkoniyati boia turib, prokat shartnomasini tuzishdan bosh
tortishga yo'l qo'yilmaydi.
Oltinchidan, mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga
qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan

tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan


qoilanmaydi.
Yettinchidan, prokat shartnomasi bo'yicha ijaraga oluvchiga
topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi prokat shartnomasi bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga
o'tkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qo'yilishiga,
ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qo'yishga va ularni xo'jalik
shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida,
ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qo'shishga yo'l
qo'yilmaydi.
116 Qurilish pudrati shartnomasi (shartnomaning turlari) Qurilish pudrati shartnomasi predmeti, taraflari, maqsadi asosida
bir qator turlarga bo'linadi. Bu turlar qurilish pudrati shartnomasining
o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular jumlasiga
1. yakka tartibda uy-joy qurish uchun tuziladigan qurilish pudrati
shartnomasi;
2. davlat ehtiyojlari uchun qurilish pudrati shartnomasi va boshqalar
kiradi. Uy-joy qurilishi namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan
loyiha bo'yicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan
loyiha tuman (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak. Uy-joy qurilishiga
loyiha quyidagilarni o'z ichiga oladi:
yerosti va yerusti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan
yer uchastkasi rejasi;
uy-joyning poydevorlari, yerto'lalari, qavatlari, kesimlari va
fasadlari rejalari;
smeta-moliya hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj bo'lganda).
Belgilangan tartibda kelishilgan uy-joy qurilishiga yakka tartibdagi
yoki namunaviy loyiha uy-joy qurish bo'yicha qurilish ishlarini boshlash
uchun asos hisoblanadi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi pudrat usuli bilan yoki xo'jalik
usuli bilan (qumvchilarning o'z kuchi bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Uy-joy, yordamchi-xo'jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar qurilishi
shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi
kerak. Bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq oilaga tegishli bo'lgan
bir nechta uy-joy qurilishiga yo'l qo'yiladi. Yakka tartibdagi uy-joy
qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning
(keyingi o'rinlarda "quruvchi" deb yuritiladi) o'z mablag'lari, bankning
ipoteka kreditlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa
qarz mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ustidan texnik nazoratni quruvchi
amalga oshiradi. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy
qurilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan
nazoratni amalga oshiradilar. Uy-joy qurilishi tugallangandan keyin
quruvchi tuman (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul
qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga murojaat
qiladi. Qabul qilish komissiyasi joyning o'ziga borib qurilishi tugallangan
uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzadi.
117 Omonat saqlash shartnomasi (xavfli xossalarga ega bo’lgan ashyolarni saqlash) 883-модда. Хавфли хоссаларга эга бўлган ашёларни сақлаш
Агар юк топширувчи тез ёнадиган, портлаш хавфи бўлган ёки ўз табиатига кўра хавфли бўлган ашёларни сақлаш учун топшираётган вақтда сақловчини уларнинг хоссалари ҳақида огоҳлантирмаган бўлса, омонат сақловчи бу ашёларни кўрилган зиённи юк топширувчига тўламаган ҳолда истаган вақтда зарарсизлантириши ёки йўқ қилиб ташлаши мумкин. Юк топширувчи бундай ашёлар сақланиши муносабати билан сақловчига ва учинчи шахсларга етказилган зарар учун жавоб беради.
Хавфли хоссаларга эга бўлган ашёлар сақлаш учун профессионал омонат сақловчига топширилган вақтда ушбу модданинг биринчи қисмида назарда тутилган қоидалар бундай ашёлар сақлаш учун нотўғри ном билан топширилган ва омонат сақловчи уларни қабул қилиб олиш чоғида сиртидан кўздан кечириш йўли билан уларнинг хавфли хоссаларга эгалигини била олмаган тақдирда қўлланади.
Ашёлар ҳақ эвазига сақланган тақдирда, ушбу модданинг биринчи ва иккинчи қисмларида назарда тутилган ҳолларда ашёларни сақлаш учун тўланган ҳақ қайтариб берилмайди, борди-ю, бу ҳақ тўланмаган бўлса, омонат сақловчи уни тўла-тўкис ундириб олиши мумкин.
Агар омонат сақловчи хабардор бўлгани ҳолда ва унинг розилиги билан сақлашга қабул қилинган ушбу модданинг биринчи қисмида кўрсатилган ашёлар, гарчи уларни сақлаш шартларига риоя этилган бўлса-да, атрофдагилар учун ёки омонат сақловчи ёхуд учинчи шахсларнинг мол-мулки учун хавфли бўлиб қолган бўлса ҳамда вазият омонат сақловчининг юк топширувчидан уларни дарҳол олиб кетишни талаб қилишига имкон бермаса ёки юк топширувчи бу талабни бажармаса, ушбу ашёлар омонат сақловчи томонидан юк топширувчига зиённи тўламаган ҳолда зарарсизлантирилиши ёки йўқ қилиб ташланиши мумкин. Бундай ҳолларда юк топширувчи ушбу ашёларни сақлаш муносабати билан келтирилган зарар учун омонат сақловчи ва учинчи шахслар олдида жавобгар бўлмайди.
118. Meros huquqi (Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma) 1125-модда. Нотариал тасдиқланган васиятнома
Нотариал тасдиқланган васиятнома васият қилувчи томонидан ёзилган ёки унинг сўзларидан нотариус томонидан ёзиб олинган бўлиши лозим. Васиятномани васият қилувчи сўзларидан нотариус томонидан ёзиб олиш пайтида умумий қабул қилинган техника воситаларидан (ёзув машинкаси, шахсий компьютер ва ҳоказолардан) фойдаланилиши мумкин.
Васият қилувчининг сўзларидан нотариус томонидан ёзиб олинган васиятномани имзолашдан олдин васият қилувчи унинг матнини нотариус олдида тўлиқ ўқиб чиқиши лозим.
Агар васият қилувчи жисмоний нуқсонлари, касаллиги ёки саводсизлиги туфайли васиятномани шахсан ўқий олмаса, васиятноманинг матни васият қилувчига нотариус томонидан ўқиб эшиттирилади, бу ҳақда васиятномада тегишлича қайд этилиб, васият қилувчи васиятномани шахсан ўқий олмаганлигининг сабаблари кўрсатилади.
Васият қилувчининг хоҳишига кўра васиятнома нотариус томонидан унинг мазмуни билан танишиб чиқилмасдан (махфий васиятнома) тасдиқланади.
Махфий васиятномани васият қилувчи ҳақиқий саналмаслик хавфи остида ўз қўли билан ёзиши ва имзолаши лозим. Васиятнома икки гувоҳ ва нотариус иштирокида хатжилдга солиниб, хатжилд елимланиши лозим, гувоҳлар ўз фамилиялари, исмлари, оталарининг исмини ва доимий турар жойларини кўрсатган ҳолда хатжилдга имзо қўядилар. Гувоҳлар имзо қўйган хатжилд гувоҳлар ва нотариуснинг иштирокида бошқа хатжилдга солинади ва бу хатжилд ҳам елимланади, унга нотариус тасдиқлаш устхатини ёзиб қўяди.
119 Prokat shartnomasi (predmeti va muddati) Prokat shartnomasining shakli. Prokat shartnomasi yozma shaklda
tuziladi. (558-moddaning 3-qismi). Prokat shartnomasining shakli
to'g'risidagi qoida imperativ harakterga ega bo'lib, agar taraflar ushbu
qoidaga amal qilmay prokat shartnomasini tuzgan bo'lsalar, prokat
shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi.

Download 205,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish