Fuqarolik burchimiz
24- oktabr O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Ushbu sanaga ham sanoqli kunlar qolgani hech birimizga sir emas. Saylov jarayonlariga tayyorgarlik qizg’in tarzda davom etayotgani televideniya tomonidan berib borilayotgan axborot ko’rsatuvlarida, radio to’lqinlari orqali uzatilayotgan eshittirishlarida, gazeta va jurnallarning haftalik sonlarida muntazam tarzda yoritilib borilmoqda. Saylov jarayoni bir qancha bahs- munozaralarni keltirib chiqarishi bilan bir qatorda, axoli qatlamining ko’plab savollariga javob olishiga sabab bo’lmoqda. 19 oktabr kuni bo’lib o’tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovlari tarixida ilk marotaba teledebat namoyishi, buning yaqqol misoli bo’la oladi.
Ushbu debatda prezidentlikka o’z nomzodlari taklif etgan vakillar qatnashdilar. Teledebatni soat 17:00da «O‘zbekiston24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «Madaniyat va ma’rifat» kanallari orqali ko‘rish mumkinligi, shuningdek, aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida «O‘zbekiston24» va «O‘zbekiston» kanallarida debatlar surdotarjima bilan taqdim etilishi, «Yoshlar» va «Toshkent» kanallarida ruscha tarjimada, «Madaniyat va ma’rifat» kanalida esa inglizcha tarjimada berilishi, barchamizni quvontirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Saylov mamlakat tarixining sahifalaridan zarxal harflar bilan joy olishi, nafaqat
O’zbekiston xalqining, balki jahon mamlakatlari fuqarolarining ham kuzatuvidadir. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʼilishida maʼlum qilindi.
2021-yil 18-oktyabr MSKning navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtib. unda Prezident saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish hamda OАV vakillarini akkreditatsiyadan oʼtkazish masalalari joy oldi. O‘tayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi sanasiga tobora yaqinlashtirmoqda. Demak bu muhim kunda barchamiz mas’uliyatni his qilgan holda, barcha nomzodlarning saylov oldi dasturlari bilan tanishib o’z kelajagimiz uchun munosib ovoz berishimiz kerak. Ammo ko’r-ko’rona tarzda ovoz berish, noo’rin. Chunki, nomzodlarning barcha saylov oldi chiqishlari, o’zbek xalqiga murojaatlari, dolzarb mavzudagi bahs munozaraga asos bo’layotgan bir qancha savollarning javoblari qarorimizga yanada aniqlik kiritishga sabab bo’lmoqda Barcha saylov jarayoni uchun yaratilgan qulayliklar biz uchun bo’lsa, shaffoflik hamda oshkoralik tarzida bo’lib o’tadigan saylov jarayonida biz nega ishtirok etmasligimiz kerak? Bir marotaba o’ylab ko’ring saylovda ilk bora ishtirok etayotgan yosh avlod vakillari bizdan, sizdan o’rnak oladi. Ularning saylov jarayoni borasida ishonchsizlik bilan qarazshiga sababchi bo’lib qolmasdan, aksincha ularni bunga undaylik, uning bir ovozi hal qiluvchi ovoz bo’lishi mumkinligini tushuntiraylik. Aziz yurtdoshlar, tengdoshlar o’z kelajagimizga befarq bo’lmasdan,birgalikda ovoz bering Ahir buyuk va qudratli yurt barpo etish bizning qo’limizda. Qo’lni qo’lga beraylik va har birimiz fuqarolik burchimizni ado etaylik.
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
TSTF fakulteti III -bosqich talabasi Jumanozarova Dilrabo Bahrom qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |