Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari



Download 72,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2022
Hajmi72,41 Kb.
#352264
Bog'liq
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - Vikipediya



Fuqarolarning

oʻzini oʻzi

boshqarish

organlari

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita

amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri.

Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat

olib borishini taʼminlashdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish

organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da

F.oʻ.oʻ.b.o. huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, F.oʻ.oʻ.b.o. quyidagilardir:

shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi

mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy

yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan

olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida

nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F.oʻ.oʻ.b.o. mahalliy davlat hokimiyati

organlari tizimiga kirmaydi. F.oʻ.oʻ.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi

muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.




Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va

ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari

kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin

yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning

maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil 29 agtr.).

Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini

ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy

yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi

yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla

fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar

oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga

oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini

faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan

iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini tashkil etishni

uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini

kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi.

Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar

yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet

mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik

faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz

vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.

F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi,

shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar

muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyatining moliyaviy asosi oʻz

mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda

ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayir-ehsonlaridan,

shuningdek, qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan mablag'lar orqali ta'minlanishi mumkin.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDA

(yangi tahriri)

 

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari



to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi

2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.




1-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va

qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy

xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va

an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi

mustaqil faoliyatidir.

2-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa

qonun hujjatlaridan iborat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi sohasidagi munosabatlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

3-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi

Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z

konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari

(vakillar yig‘ilishi) orqali amalga oshiradilar.

Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan

qat’i nazar, bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishni

amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.

4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

demokratizm;

oshkoralik;

ijtimoiy adolat;

insonparvarlik;

mahalliy ahamiyatga molik masalalarni echishda mustaqillik;

jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam.

5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari




Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga

oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining

hududiy birliklaridir.

Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shuningdek ularning chegaralarini o‘zgartirish,

ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining tegishli

organlari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga

oshiriladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik

obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi

to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.

Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va

o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat

hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

6-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlash

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shakllanishi

va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yo‘l

qo‘ymaydilar, fuqarolarga o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda

ko‘maklashadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

7-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi

mahallalar fuqarolarining yig‘inlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi)

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi

va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan

namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.

(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda —

Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)



Oldingi tahrirga qarang.

8-modda. Fuqarolar yig‘ini

Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan

qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi

mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga etgan shaxslar qatnashadilar.

Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:

fuqarolar yig‘ini kengashi;

fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;

fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;

tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon

matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).

Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, fuqarolar yig‘ini taftish

komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari

kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari

to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.

Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) hozir

bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.

(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda —

Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

9-modda. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom

Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi

nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

fuqarolar yig‘inining nomi;




fuqarolar yig‘inining hududi;

fuqarolar yig‘ini va uning organlari vakolatlari;

fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi;

fuqarolar yig‘ini kengashini tuzish tartibi;

fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yig‘ini

organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi;

fuqarolar yig‘ini komissiyalarini tuzish tartibi;

fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish

tartibi.

Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar ham

bo‘lishi mumkin.

Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

tomonidan tasdiqlanadi.

(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda —

Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)

10-modda. Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inining

vakolatlari

Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini hamda shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli

ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi

mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan

istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.

Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini:

fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy

yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning

hisobotlarini eshitadi;

 LexUZ sharhi




O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi

to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.

fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda

ma’muriy komissiyani saylaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

belgilangan tartibda raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi

devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar

yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi;

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi

to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)

maslahatchilarining miqdoriy tarkibi hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan

vakillikni hisobga olgan holda fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi.

kengash, taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi,

yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni

kompleks rivojlantirishni ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya

holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;

qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan

jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi

uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga

tavsiya etadi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul

qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

(10-moddaning ikkinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-

avgustdagi 671–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari

to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)

to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi;




yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolar o‘zini o‘zi

boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi.

Fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalari tegishli viloyatlar va Toshkent

shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadilar, fuqarolarning

murojaatlari bajarilishini nazorat qiladilar;

atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida

tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini

eshitadi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolar o‘zini o‘zi

boshqarish organlarining mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;

obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish, umumiy foydalanishdagi joylarni ta’mirlash, shuningdek kam

ta’minlangan oilalarning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda yordam ko‘rsatish uchun aholidan

ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari o‘tkazish uchun tegishli

hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlarning mablag‘laridan shartnoma asosida

foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

o‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning

mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi:

atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi;

guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko‘rib chiqadi;

ma’muriy-hududiy birliklar va mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar,

maydonlar va boshqa obyektlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga

takliflar kiritadi;

er uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasiga o‘z

vakilini yuboradi;

Oldingi tahrirga qarang.

xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga majburiy to‘lovlarni yig‘ish, issiqlik va elektr

energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish yuzasidan tadbirlar o‘tkazishda, tegishli

hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uy-joylar va hovlilarni namunali saqlash

yuzasidan ixtiyoriy ishlarni tashkil etishda ko‘maklashadi;



(10-modda ikkinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil

20-sentabrdagi O‘RQ-113-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda)

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu moddada nazarda tutilgan vakolatlardan tashqari,

kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar

tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari

uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali

foydalanilishini ta’minlaydi.

 LexUZ sharhi

Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan

maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami

1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash

tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki

yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi

to‘g‘risidaNizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga

to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi

to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad

bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish

to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.

Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar

yig‘inlariga ko‘maklashadi, markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag‘lardan qanday

foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi.

11-modda. Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari

Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq va

ovuldagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan

berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.

Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini:

fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining

asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida

ularning hisobotlarini eshitadi;




raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini

belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga muvofiq fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini

tayinlaydi;

qonunlarga rioya etilishi hamda boshqa qonun hujjatlari va o‘z qarorlari, shuningdek shaharcha,

qishloq va ovul fuqarolar yig‘inining qarorlari ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga

oshiradi;

pul mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi, fuqarolar yig‘inining taftish

komissiyasini saylaydi, komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi, yilning har choragida uning

hisobotlarini eshitadi;

hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasini belgilangan

tartibda tasdiqlaydi;

kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar

tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari

uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali

foydalanilishini ta’minlaydi;

 LexUZ sharhi

Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan

maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami

1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash

tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki

yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi

to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga

to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi

to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad

bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish

to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

12-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari

Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Fuqarolar

yig‘inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining raisi

(oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha



komissiyalarning raislari va yig‘inning mas’ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig‘inining

kengashi tuziladi.

Fuqarolar yig‘inining kengashi:

fuqarolar yig‘inini chaqiradi;

fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi,

xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazadi;

fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini kengashining

devonini shakllantiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va

shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda

fuqarolarni qabul qilishda, ular o‘z saylov uchastkalarida boshqa vakolatlarini amalga

oshirishlarida ko‘maklashadi;

(12-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-

dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami,

2004-y., 51-son, 514-modda)

ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda

mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashadi;

xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy

muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishga qaratilgan chora-

tadbirlarni ko‘radi;

ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy

e’tiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l

qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun

hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.

tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;

ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan

davlat budjeti mablag‘laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to‘laydi;




 LexUZ sharhi

Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik

nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.)

qarang.


boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga shafelik (patronajlik) yordami

shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi;

mazkur hududda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil

etishga ko‘maklashadi;

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan

tasdiqlangan Kasanachilik to‘g‘risida Nizomga qarang.

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash

va tikish ustaxonalari, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi

boshqa korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi,

bu qaror keyinchalik fuqarolar yig‘inida tasdiqlanadi;

aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish,

ko‘kalamzorlashtirish va orasta saqlash, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yo‘llar,

ko‘priklar, ko‘chalar, yo‘lkalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va yaroqli

holda saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta’mirlash ishlarida ixtiyoriylik

asosida qatnashishlarini tashkil etadi, tuman, shahar hokimligi ajratadigan moddiy va boshqa

mablag‘larni, o‘z mablag‘larini ana shu maqsadlarda ishlatadi, jamoatchilik yordamini (hasharlarni)

uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi;

yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda

sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadi:

dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;

tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini

amalga oshiradi;

savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ishi, savdo va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish

madaniyati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini

hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish



ishida, voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga

ko‘maklashadi;

aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining

sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya

etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi:

imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya

etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi;

Oldingi tahrirga qarang.

aholidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi.

(12-moddaning ikkinchi qismi yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil

31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolar kommunal xizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob

qilib, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, xususiy uy-joy

mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi uy-joy-kommunal

xizmatlar haqini to‘liq to‘lashini ta’minlaganligi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga

o‘tkaziladigan mablag‘larni belgilangan tartibda kam ta’minlangan oilalarga uy-joy-kommunal

xizmatlar haqini to‘lashda yordam berishga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining

xodimlarini rag‘batlantirishga, shuningdek obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishga ishlatadi;

(12-modda ikkinchi qismining yigirma beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil

20-sentabrdagi O‘RQ-113-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda)



 

Soʻnggi tahrir 7 oylar avval 185.163.27.6 tomonidan amalga oshirildi  

Vikipediya

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Fuqarolarning_o

ʻ

zini_o


ʻ

zi_bo


shqarish_organlari&oldid=2192669



dan olindi



Download 72,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish