Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul shaxs: Shapulatov Qulsoat



Download 99,5 Kb.
Sana02.05.2017
Hajmi99,5 Kb.
#8046


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish





Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul shaxs:

Shapulatov Qulsoat

Viloayat hokimligi bosh mutaxassisi (Qabulxona mudiri). Mazkur vazifada 2015 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi.

Termiz sh. At-Termiziy ko‘chasi 1 uy, 190100

Telefon: 0 (376) 224-02-89

E-mail: qabulxona@surxondaryo.uz

Fuqarolarni qabul qilish kunlari:

Viloyat hokimi qabulxonasida fuqarolar har kuni ertalab soat 9.00 dan kech soat 18.00 gacha, shanba kunlari viloyat hokimligi binosida (1-qavat) soat 9.00 dan 13.00 gacha qabul qilinadilar (shanba - yakshanba dam olish kuni kechiktirib bo‘lmaydigan murojaatlar navbatchi tomonidan qabul qilinadi).

 

 Surxondaryo viloyati hokimligida arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan ishlashni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMI (.doc - 25.7 kb)



 

DIQQAT!

Surxondaryo viloyati hokimligiga murajaatni amalga oshirish uchun sahifaning oxiriga o'ting.

 

 YIDXP orqali "Fuqarolar murojaatini ko'rib chiqish" xizmatidan foydalanish

 

 



Eslatma!

Takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida eslatib o'tamiz, agar oldingi murojaatingizga javob xati yuborilmagan yoki muddati nizomda belgilangan kundan kechiktirilgan bo'lsa, bu haqda 0 (376) 224-02-89 ishonch telefonlariga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiramiz.

Undan tashqari murojaatingizning holatini onlayn ko'rish imkoniyatiga ham egasiz Viloyat hokimligi rasmiy sayti orqali yuborilgan murojaatlar holatini ko'rish uchun quyidagi sahifaga o'ting

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida



NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.

2. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viloyat hokimligiga murojaat qilish huquqiga ega.

3. Ushbu Nizomning amal qilishi:

ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo‘jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

viloyat hokimligi, shuningdek tarkibiy bo‘limlarning o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

anonim murojaat - jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;

murojaatning dublikati - aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;

takroriy murojaat - avvalgi murojaatlar bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, avvalgi murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;



elektron murojaat - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron   hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.

5. Murojaatlar og‘zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.

Viloyat hokimligining "ishonch telefoni"ga kelib tushgan murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.

Viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti orqali yoki viloyat hokimligining rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

6. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo‘lishi mumkin.

Jismoniy  va  yuridik   shaxslar   yakka   tartibda  yoki  jamoa  bo‘lib  murojaat etishlari mumkin.

7. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

8. Jismoniy  shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi),

yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida bo‘lishi lozim. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

9. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga ko‘ra belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu davlat organining murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra, tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Bo‘ysunuv tartibida yuqori organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.

10. Viloyat hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.

 

11. Viloyat hokimligi ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilishi mumkin.



II. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi

12. Viloyat hokimligida murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek uning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish viloyat hokimligining murojaatlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

13. Elektron murojaatlar tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan takdirda esa - navbatdagi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.

14. Yozma va elektron (qog‘ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasini to‘ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o‘ng qismida ro‘yxatga olish shtampini qo‘yish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmada ro‘yxatga olinadi.

Murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to‘g‘risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan davlat organi tarkibiy bo‘linmasi nomi, sana ko‘rsatilgan holda ijro etish to‘g‘risidagi belgi ko‘rsatiladi.

Qayd etish shtampida viloyat hokimligining rasmiy nomi, murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami ko‘rsatiladi.

Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.

15. Murojaat pochta orqali  konvertda kelib tushganda  konvertda  murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.

Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek murojaatda ko‘rsatilgan ilovalarning yo‘qligi aniqlanganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limida qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha jo‘natiladi.

Kelib tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning jo‘natilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.

16. Og‘zaki   murojaatlar    bilan    kelgan    jismoniy   shaxslar   va   yuridik shaxslarning vakillari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim,  shuningdek   hokimlik   tarkibiy   bo‘linmalarining rahbarlari yoxud  boshqa  mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasi to‘ldiriladi. Hisobga olish kartochkasi og‘zaki murojaat sifatida ro‘yxatga olinadi.

17. Jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslarning  vakillari   davlat organiga og‘zaki  murojaat  etishganda  ular  tomonidan  taqdim  qilingan   yozma   murojaatlar

hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va  ushbu Nizomning  16-bandiga  muvofiq to‘ldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.

18. Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay hokim yoki uning o‘rinbosariga kiritiladi, u mas’ul tarkibiy bo‘lim (xodimni) belgilagan holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) qo‘yadi.

19. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo‘yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy bo‘limga (xodimga) imzo qo‘ydirgan holda beradi.

20. Viloyat hokimligiga kelib tushgan murojaatlar hokimlikning ish yurituviga qabul qilinishi, bo‘ysunish tartibida quyi bo‘linmasiga (tashkilotga) (keyingi o‘rinlarda quyi organ deb ataladi) yuborilishi yoki tegishliligi bo‘yicha boshqa davlat organiga yuborilishi mumkin.

21.  Qo‘yilgan masalalarni hal etish  o‘zining vakolati  doirasiga  kirmaydigan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay hokim, uning o‘rinbosari yoki mas’ul tarkibiy bo‘lim rahbari tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga   yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.

Murojaatni ko‘rib chiqishi uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.

22. Quyi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan murojaatlar unga kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay xat bilan rahbar   yoki tarkibiy bo‘limning rahbari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.

23. Agar murojaatda bir nechta bo‘limga tegishli masalalar mavjud bo‘lsa,  ularning barchasi murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan bo‘lim boshqa       bo‘limlar bilan birgalikda murojaat ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

24. Murojaatni to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda murojaatni ko‘rib chiquvchi bo‘lim murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek ushbu davlat organining vakolatlari doirasida-belgilangan tartibda boshqa davlat organlaridan qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.

25. Agar murojaatda joyning o‘zida o‘rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda murojaatni ko‘rib chiquvchi joyning o‘zida ko‘rib chiqishni ta’minlashi mumkin. Murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqish rahbarning topshirig‘i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.

26. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqishning imkoniyati bo‘lmaganda, ular hokimlikning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda hokimlik mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqish mumkin emasligi to‘g‘risida javob yuboradi.

27. Agar murojaatda o‘rtaga qo‘yilgan masalalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga daxldor bo‘lsa, ularning vakillari murojaatni ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun hokimlik tomonidan o‘z vakolatlari doirasida jalb etiladi.

28. Zarur hollarda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun hokimlik tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

29. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hokimlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.

Murojaatni qoniqtirmasdan qoldirish to‘g‘risidagi qarorni viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari qabul qiladi.

Murojaatga javob xatida murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) bo‘lishi kerak.

30. Murojaatga javob xati hokim, uning o‘rinbosarlari yoki uning bo‘lim rahbarlari tomonidan imzolanadi. Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.

31. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa bo‘lib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari Qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning ro‘yxatida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan shaxsga yoki ularning talabiga ko‘ra, boshqa shaxsga yuboriladi.

32. Murojaat, unda ko‘tarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda ko‘rib chiqilgan hisoblanadi.

Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni ko‘rib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga va hisobga olish kartochkasiga belgi qo‘yadi. Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar ijrodan yoki nazoratdan olinmaydi.

33. Agar murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida  murojaatning  dublikati  kelib tushsa, ushbu  murojaat  avval  tushgan  murojaat bilan  birgalikda  ko‘rib  chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha yagona javob beriladi. Agar murojaatning dublikati murojaat ko‘rib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin kelib tushsa, u holda hokimlik murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.

34. Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga  olgan  rahbar yoki mansabdor shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.

35. Yuqori davlat organining nazoratida turgan murojaatlar bo‘yicha murojaatni  ko‘rib chiqilganda murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xatining  nusxasini ilova qilgan holda murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yuqori davlat organiga yozma shaklda xabar beradi.

36. Jismoniy va yuridik  shaxslar  o‘z  murojaatlarini  ular ko‘rib chiqilgunga qadar va ko‘rib chiqilayotgan vaqtda  murojaat yuzasidan  qaror qabul  qilingunga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan qaytarib olish huquqiga ega.  Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni ko‘rib chiqish to‘xtatiladi va uch kun mobaynida murojaat xat bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi. Murojaatni qaytarib olish to‘g‘risidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi.

37. Ko‘rib  chiqilgan  murojaatlarni   va   ular   bilan   bog‘liq   materiallarni saqlash murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha  bo‘limda  belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

III. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari

38. Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni bo‘yicha  hal  etishi shart bo‘lgan davlat organiga kelib tushgan kundan  e’tiboran o‘n  besh kun  mobaynida, qo‘shimcha  o‘rganish

va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan, istisno tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

39. Taklif kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

40. Ayrim hollarda hokim yoki uning o‘rinbosarlari murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.

41. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.

IV. Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish

42. Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;

qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.

43. Murojaatni anonim deb e’tirof etish  murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim yoki murojaatni ko‘rib chiquvchi mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Murojaat anonim deb e’tirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosa murojaatlar bilan ishlovchi bo‘lim rahbari yoki murojaatni ko‘rib chiquvchi mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi.

"Ishonch telefonlari"ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.

Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.

44. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim yoki tarkibiy bo‘lim ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.

Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limning rahbari yoki tarkibiy bo‘lim rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.

Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat ko‘rib chiqilmaydi, bu hakda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.



V. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish

45. Davlat organlarida va  ularning tarkibiy bo‘limlarida belgilangan kunlar  va  soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning yuridik vakillarini qabul qilish  rahbar yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

46. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari hokim va uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.

Zaruriyat bo‘lganda, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratiladi.

47. Qabul  qilish   jadvallari  va  uni   o‘tkazish   vaqti,   joyi   hamda  qabulga oldindan  yozilish  tartibi  to‘g‘risidagi  axborot, shuningdek  qabul  qilish tartibi hokimlikning rasmiy  veb-saytlarida e’lon qilish, shuningdek ularning ma’muriy  binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa - o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak.

48. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi.

49. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim yoki tegishli tarkibiy bo‘lim xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

50. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi rahbar yoki vakolatli shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha hokimlikning boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.

51. Agar  jismoniy  shaxslarni  va  yuridik  shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish hokimlik  vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi   tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.

52. Hokim va uning o‘rinbosarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.

53. Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim va hokimlikning boshqa xodimlari ishtirok etishi mumkin.

54. Sayyor shaxsiy qabullar hokim tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq o‘tkaziladi. Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar o‘tkazilishi mumkin.

55. Sayyor shaxsiy qabullarni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot ushbu Nizomning 47-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy- axborot vositalarida e’lon qilinadi.

56. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar vaqtida berilgan og‘zaki murojaatlari ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va ro‘yxatga olinadi hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.



VI. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va davlat organlarining majburiyatlari

57. Murojaat ko‘rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat ko‘rib  chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va     tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko‘rib   chiqish natijalari bilan tanishish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni  boshqa organlardan so‘rab olish to‘g‘risida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni ko‘rib chiqishda boshqa huquqlardan ham foydalanadilar.

58. Murojaatni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:

jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;

murojaatni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi;

murojaat etuvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng zudlik bilan yozma yoxud elektron shaklda xabar qilishi shart.

Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi bo‘lmasa, uning yuzasidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.



VII. Murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish

59. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim tarkibiy bo‘limlar tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi.

Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy bo‘limlar tomonidan buzilishi to‘g‘risida rahbarni darhol xabardor qiladi.

Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim monitoring natijalari bo‘yicha har oyda rahbarga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.

60. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari,  erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning  manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydi.

Tahlil natijalari bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim yoki tarkibiy bo‘lim rahbarga murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonuniyligini ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.



VIII. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik

61. Jismoniy  va  yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof  ravishda  rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz  buzish,  yozma  yoxud  elektron  shaklda  javob  yubormaslik,  jismoniy  va yuridik  shaxslarning  murojaatlari   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlariga  zid  qaror qabul qilish, jismoniy  va  yuridik shaxslarning  buzilgan  huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik,   jismoniy  shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning  faoliyati  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni   ularning   roziligisiz  oshkor etish,  jismoniy  va  yuridik  shaxsni  murojaat  qilganligi  munosabati  bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.



62. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etishni ta’minlash uchun javobgarlik hokim va uning o‘rinbosarlariga, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha  mas’ul xodim va tegishli tarkibiy bo‘limlar rahbarlariga yuklanadi.

www.surxondaryo.uz


Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish