1 Fuqarolarning iqtisodiy huquqlari nimalardan iborat ?
2 Mehnat munosabatlari tushunchasi .
3IJtimoiy kafolatlar nima.
Javoblar
1Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari O`zb.Res .Kons.ning IX bob ,36- 42
moddalarida ko`rsatilgan bo`lib ular :
-shaxsning mulkdor bo`lish huquqi ;
-mehnat qilish erkin kasb tanlash huquqi;
-adolatli ish sharoitlarida ishlash ;
-ishsizlikdan himoyalanish huquqi;
-malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqi ;
-bilim olish huquqi ;
-ilmiy va tehnikaviy ijod erkinligi ;
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlari bor .
2 O`zbekistonda har bir fuqaro mehnat qilish , erkin kasb tanlash , yaxshi
ishsharoitlarida , mehnat havfsizligi ta`minlangan holda ishlash va ishga haq olish
huquqiga ega .
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2005yilda
tashkil etilgan bo`lib , u fuqarolarni ish bilan ta`minlash va chet elga ishlga
ketuvchi fuqarolarga qonuniy yordam berish , kasbga tayyor;ov va fuqarolarning
mehnat huquqlari buzilgan holda ularga amaliy yordam berish bilan shug`ullanadi .
3Aholini ijtimoiy himoya qilish deganda aholiga davlat tomonidan yashash uchun
barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yo’nalgan kafolatlar tizimi
tushuniladi.amalga oshirish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga
ajratish mumkin. Passiv
ijtimoiy siyosat
narxlarni sun’iy ravishda tutib turish,
shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy
himoyalashning barcha yo’nalishlari bo’yicha dotatsiyalarni oshirishni ko’zda
tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqdir. Unda tashabbus ko’rsatish va
tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, nafaqaxo’rlar, faxriylar, bolalar, byudjet
sohasida xizmat qiluvchilarni qo’llab-qo’vvatlashda davlatning rolini oshirish
ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin: aholini ijtimoiy
ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti,
nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan
imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko’rsatishni o’z ichiga
oladi. Ikkinchisi esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni sog’liqni
saqlash, ta’lim, madaniyat va sog’lomlashtirish,
shuningdek
, turar joyga ega
bo’lish huquqini ta’minlash bilan bog’liq.
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi:
1.Davlat ijtimoiy sug’urtasi.
2.Respublika byudjeti mablag’lari.
3.Mahalliy byudjetlar mablag’lari.
Mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalashning quyidagi to’rtta quyi tizimini ajratib
ko’rsatish mumkin:
1.Davlat ijtimoiy ta’minoti (bu aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar
vositasida ko’rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va byudjet tushumlari hisobiga
moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan quyi (minimal) darajasini
kafolatlaydi.
2.Davdat ijtimoyi sug’urtasi (bu zarur turmush tarzini kafolatlaydi. U majburiy
bo’lib ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug’urta badallari, davlat tomonidan
ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi).
3.Jamoa ijtimoiy sug’urtasi (bu yetarli turmush darajasini kafolatlaydi.
Umajburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirishi mumkin. Bunda ish beruchilar
va mehnatkashlarning sug’urta badallari to’lov manbalari bo’lib xizmat qiladi.
4.Shaxsiy sug’urta (bu forovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi.U ixtiyoriy
ravishda fuqarolarning sug’urta badallari hisobiga amalga oshiriladi).