52-modda. Ishlamaydigan pensionyerlarga pensiyalarni to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlamaydigan pensionyerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari to‘laydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2657, 05.03.2015-y.) 3-bobi (“Pensiya va nafaqalar to‘lovi shakllari”).
(52-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |