Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida. Reja


Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida



Download 57,22 Kb.
bet2/4
Sana22.07.2022
Hajmi57,22 Kb.
#838451
1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida.

3. Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida
Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanib chuqurlashib borgani sari iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar jarayoni bilan mutanosib ravishda davlat hayotida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirib borilmoqda. Bu narsa, eng avvalo, davlat faoliyatining demokratlashuvi, kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyatga o‘ta borilayotganligi, davlat organlariga xos bo‘lgan bir qator funksiyalarni jamoat organlariga topshirilayotganligida, nodavlat tashkilotlarining jamiyatni idora qilishdagi mavqei va vakolati muntazam ravishda kuchayib borayotganligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. «Shuni alohida ta’kidlash kerakki, - degan edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov nodavlat va jamoat tashkilotlarining rivojlangan tizimi jamiyatda manfaatlar uyg`unligini qaror toptirish va mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Bu tizim davlat tuzilmalari faoliyatini muayyan ma’noda to‘ldirish, ularga nisbatan ma’lum bir muvozanatni ta’minlovchi vosita vazifasini bajarishi kerak».
Ijtimoiy ta’minot sohasida ham davlat faoliyatining yo‘nalishlaridan biri sifatida jamiyat rolini kuchaytirishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirila boshlandi va bu tadbirlar o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari o‘rtalaridan boshlab avj oldirilgan yalpisiga ijtimoiy ta’minlashdan aniq yo‘naltirilgan, aholining ijtimoiy zaif, kam ta’minlangan, beva-bechora qatlamlariga yordam berishga qaratilgan ijtimoiy ta’minotga o‘ta borilishi tendensiyasi bu masalada nodavlat tashkilotlari, turli ijtimoiy jamg‘armalar ahamiyatini keskin oshirishga olib keldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 10 dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilinishi bilan 1997 yil 1 yanvardan boshlab bolali oilalarga nafaqalar fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanishi va to‘lanishi tartibi joriy etildi. Keyinchalik fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini, ayniqsa aholini ijtimoiy himoyalashdagi ahamiyati yanada oshira borildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 13 yanvardagi «Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra ishlamaydigan onalarga bolasi ikki yoshga yetguniga qadar uni parvarishlash nafaqalari, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vazifalari ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatildi. Ularga yosh oilalarga moddiy madad ko‘rsatish vazifasi ham topshirildi.
1999 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinishi bilan ularning mavqei yanada oshirildi. Ushbu qonunning 1-moddasiga ko‘ra: Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga moliq masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagilar sanaladi:
shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig‘ini (vakillar yig‘ilish) (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi);
fuqarolar yig‘inining kengashi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;
fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasi;
tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat xokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatga olinishi kerak. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolar yig‘inining vakolatlari «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida»gi qonunning 10-modsasida belgilangan va bu vakolatlar qatoriga, shuningdek, shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsaddari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘iniga xam ana shunday vakolatlar berilgan. Keyingi paytlarda fukarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari tobora kengaytirib borilmoqda.

Download 57,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish