28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatish
Atrofdagilar uchun xavfli kasallikka chalingan shaxslarga fuqarolar yoki ular qonuniy
vakillarining roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatilishiga (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalxonaga
yotqizish, kuzatish va yakkalab qo‘yishga) qonun hujjatlarida belgilangan asoslarda va tartibda
yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka
mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 91-96-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 32-bobi va
O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |