Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘G‘risida



Download 125 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi125 Kb.
#11809
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

FUQAROLAR SAYLOV HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 y., 5-son, 127-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

1-modda.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.

2-modda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning Konstitutsiya, ushbu Qonun va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan saylov huquqlari davlat muhofazasidadir.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-моддаси.

3-modda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadir.

4-modda.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash va saylanish huquqiga egadirlar.

O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga ega.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga egadirlar.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylanish huquqiga egadirlar.

Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hokimiyatning mahalliy vakillik organlariga saylanish huquqiga egadirlar.

(4-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонунига muvofiq uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

5-modda.

Fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, saylov to‘g‘risidagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan talablar bundan mustasnodir.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-моддасига muvofiq sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

6-modda.

Saylovchilar qaerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, ularga referendumlarda, O‘zbekiston Respublikasi Pezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlanadi.

7-modda.

Saylovchilar o‘z xohish-irodalarini erkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga egadirlar. Uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga xohish-irodani erkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar.

Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

8-modda.

Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga to‘lanadigan, tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilish huquqiga egadirlar.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yixatiga kiritilishi mumkin.

9-modda.

Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar ro‘yxati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati ta’minlanadi.

10-modda.

Saylovchi saylovchilar ro‘yxatidagi xato va noaniqliklar to‘g‘risida saylov komissiyasiga arz qilish huquqiga ega. Uchastka saylov komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi hamda yoki xatoni tuzatishi, yoki arizachiga uning arizasi asosli tarzda rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani berishi shart.

11-modda.

Biror bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga vaqtida kirmay qolgan saylovchi uning shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan uchastka saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga kiritiladi.

12-modda.

Saylovchilar umumxalq ovozga qo‘yilgan qarorlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoki hokimiyatning vakillik organlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish huquqiga egadirlar.

Saylovchilarga o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqi kafolatlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-моддаси.

13-modda.

Davlat hokimiyati organlari saylovoldi uchrashuvlari o‘tkazish uchun saylovchilarga jihozlangan binolar, zarur ma’lumot va axborot materiallari berib turishlari shart. Yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.

14-modda.

Butun saylov kompaniyasi keng oshkoralik asosida tuziladi. Har bir saylovchi saylov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzishga, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqtiga, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doir axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi, shuningdek deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda e’lon qilinadi.

15-modda.

Saylovchilar saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va ayrim nomzodlarning kelgusi faoliyat dasturi bilan tanishish huquqiga egadirlar.

16-modda.

Saylov huquqiga ega, biron bir siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lmagan, deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakili etib ko‘rsatilmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylov komissiyalarining a’zosi bo‘lishlari mumkin.

17-modda.

Ovoz berish kuni saylovchilarga buzib qo‘yilgan saylov byulletenini yangisi bilan almashtirib olish huquqi kafolatlanadi. Sayov byulletenini almashtirib berishni tegishli uchastka saylov komissiyasi amalga oshiradi.

18-modda.

Saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar oldinroq ovoz berish huquqiga egadirlar.

Tegishli uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga ko‘ra belgilangan shaklda bo‘lgan, deputatlikka nomzodlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar qayd etilgan saylov varaqalarini beradi. Saylovchilar to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasi a’zolaridan birida qoldirishlari mumkin.

19-modda.

Salomatligining holati yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov komissiyasiga tegishli iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega, bu komissiya ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shart.

20-modda.

O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosiga uning saylov huquqlari sud yo‘li bilan himoya etilishi, saylov komissiyalarining, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kafolatlanadi.

21-modda.

Kuch ishlatish, aldash, qo‘rqitish orqali yoki boshqa yo‘llar bilan fuqarolarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, saylovoldi agitatsiyasini olib borishdan iborat huquqlaridan foydalanishlariga to‘sqinlik qilish, shuningdek hujjatlarni soxtalashtirish, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanash, referendum to‘g‘risidagi, Prezident saylovi haqidagi, hokimiyatning vakillik organlariga saylov to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zgacha tarzda buzish O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.



 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-147-moddalariga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994 yil 5 may,

1051-XII-son



Manba: www.lex.uz
Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish