Beta-nurlanishlarni aniqlash. Buning uchun zonddagi ekran "Y*' holatiga keltiriladi: va zond tekshirilayotgan yuzaga 1- 1,5sm masofada yaqin olib kelinadi. Poddiapazondlarni o‘zgartiruvchining tutqichi xOD; x1 va boshqa holatlarga o‘tkaziladi. "B" holatda beta-gamma nurlanishlar umumiy yig‘indisi o‘lchanadi. So‘ngra zond teshigi aylanadigan ekran ("G" holatda) bilan bekitiladi va huddi shunday masofada gamma-nurlanish dozasi quvvati o‘lchanadi. Аgar asbob teshigi ochiq holda, teshigi yopiq holdagidan yuqori sonni ko‘rsatsa, demak tekshirilayotgan ob`ekt yuzasi beta-nurlanish chiqarmoqda. Аgar ko‘rsatish sonlari bir hil bo‘lsa, faqat o‘rab turgan ob`ektlardan yoki tekshirilayotgan ob`ektda gamma-kvantlar mavjudligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |