III. FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA
MAJBURIYATLARI
13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘lgan xavf darajasi
va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur
sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |