Fundamental iqtisodiyot



Download 497,11 Kb.
bet1/12
Sana07.06.2023
Hajmi497,11 Kb.
#949610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hisobot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI

FUNDAMENTAL IQTISODIYOT” KAFEDRASI


IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA)”
BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV
AMALIYOTI

H I S O B O T I

Bajardi: 4-kurs, EK-54 guruh talabasi
Xo'jaqulova Zilola
Rahbar: G'aniyev Bahtiyor


Toshkent-2023


Reja:
Kirish
1. ATIB “Ipotekabank” bankining tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslari.
2. ATIB “Ipotekabank” banki faoliyatining tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’rganish.
3. ATIB “Ipotekabank” bankining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari.
4. ATIB “Ipotekabank” bankining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini
o’rganish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish.

Bugungi kunda iqtisodiyotimiz va xalqimiz oldida turgan eng dolzarb masalalar sirasiga xalqaro talablarga javob beradigan va mijozlarga zamonaviy xizmatlarni taqdim etuvchi bank tizimini tashkil etish vazifasi ham kiradi. Chunki yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo`lgan jamiyat sog`lom va tez rivojlanishi mumkin. Pul-kredit bozorining asosiy mexanizmi va richagi bo`lgan banklar o`zining ushbu pozitsiyasidan kelib chiqib butun iqtisodiyotga katta ta`sirini o`tkaza olishi hech kimga sir emas. Buning yaqqol isboti sifatida 2008-yillarda AQShda kuzatilgan “Buyuk depressiya”ni ko`rsatishimiz mumkin. Ushbu iqtisodiy inqroz ipotekali kreditlash tufayli kelib chiqqan bo`lsada, nafaqat Qo`shma Shtatlar iqtisodiyotini, balki butun dunyo moliyaviy hayotini izdan chiqarib yubordi. Shu bilan birga yirik banklarning ham iqtisodiy ahvoli yomonlashib qoldi. Bu banklarning moliyaviy bozorda qanchalik mustahkam mavqega ega ekanligini ko`rsatadi. Jumladan, respublikamizda ham bank tizimining barqarorligini ta`minlash, uni erkinlashtirish, kapital yetarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk menejmentini takomillashtirish maslalariga ham alohida e`tabor qaratilmoqda va sohada qator vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador muhitni yaratadigan O`zbekiston Respunlikasining “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi, “Valyutani tartibga solish to`g`risida” gi hamda “To`lovlar va to`lov tizimi to`g`risida” gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. 2020-2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo`yicha quyidagilarga erishish maqsad qilib qo`yilgan:


- bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo`lmagan banklar aktivlari ulushini 15 foizdan 60 foizgacha oshirish;
- banklar majburiyatining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini 28 foizdan 70 foizgacha oshirish;
- 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro`ga ega bo`lgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
- umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarini ulushini 0,35 foizdan 4 foizgacha oshirish.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Ipotekabank” ATIB, “O`zsanoatqurilishbank” ATBni, “ Aloqabank” ATBni, “Asakabank” ATBni, “Qishloq qurilish bank” ATBni, AT “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank” ATBni xususiy sektorga sotish ko`zda turtilgan. Banklar aksiyalarining xususiy shaxslar qo`liga o`tishi bank sohasida xizmatlar ko`lamining yanada kengayishiga, ularning moliyaviy barqarorligining yanada oshishiga sabab bo`ladi. Lekin islohot, avvalo, ichkaridan boshlanadi. Ushbu qonunda kadrlar salohiyatini oshirish bo`yicha kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish, bank kadrlarini uzluksiz o`qitish tizimini joriy qilish, har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to`lashning zamonaviy tizimlariga o`tish (KPI, bonus) kabilar maqsad qilib qo`yilgan. Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e`tibor qaratiladi. Bunda yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta`lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot o`rtasidagi uzviy aloqani ta`minlash nazarda tutiladi. Xuddi shu kabi maqsadda iqtisodiyot uchun muhim kadrlarni yetkazib beruvchi ta`lim muassasalarida talabalarni amaliyotlarga jalb qilish joriy qilingan.
Men Xo'jaqulova Zilola 2023-yil 3 - aprel kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga biriktirilgan amaliyot rahbarim G'aniyev Bahtiyor tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va 03.04.2023 dan 05.05.23 gacha bo’lgan muddatda “Ipoteka bank” ATIB Shayhontoxur filialida amaliyot o`tadim. Ushbu vaqt mobaynida e`tiborimni ushbu bank mijozlarga taqdim etayotgan xizmatlar ko`lamiga, sifatiga, xodimlarning ish tajribasi va ularning o`zaro va mijozlarga nisbatan muomala madaniyatiga, bank xizmatlarining boshqa banklarga nisbatan qanchalik darajada qulay va arzonligiga ahamiyat qaratdim. Meni qoniqtirgan tarafi mijozlarga xizmat ko`rsatishning qulay shaklda tashkil etilganligidir. Chakana amalyot bo`limi xodimlari misolida fikrimni ifodalaydigan bo`lsam, ushbu bo`limga mas`ul har bir xodim universal xarakterga ega. Ya`ni har bir xodim bir vaqtning o`zida ham pul o`tkazmalari bilan shug`ullanishi, mijozlar uchun mahalliy va xalqaro plastik kartalar ochishi, plastik kartalar bilan bog`liq barcha operatsiyalarini bajarishi mumkin. Bu o`z navbatida har bir xodimning teng ish taqsimotiga ega bo`lishiga, shuningdek, mijozlarning arzimagan ish uchun ham soatlab navbat kutishlarini oldini olgan holda ularning sonini oshishiga sabab bo’ladi.


Download 497,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish