Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta‘minlanishi bilan bog’liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;
kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
davlat budjetiga xizmat ko’rsatishi, uning kamomatini (defitsitini) qoplash uchun pul mablag’larini samarali jalb qilinishi;
iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
inflyatsiya sur‘atlari (templari) va valyuta kurslari o’zgarishiga operativ ta‘sir ko’rsatilishi;
davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda olib borilishi;
mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
Moliya bozorining mazmun-mohiyati va hususiyatlaridan kelib chiqib, uni 1-chi rasmda ko’rsatilgan model yordamida ifodalash mumkin. Ushbu model oltita bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi unsurlardan iborat: emitent (E), investor (I), professional (malakaviy) qatnashchi (PQ), savdo tizimlari (ST), moliya bozorini tartiblashtiruvchi regulyatorlar, ya‘ni davlat regulyatori (DR), nodavlat regulyatorlar (NR). Bunda regulyatorlar birgalikda moliya bozorini muvozanatiy tartiblashtirish asosida uning barqarorligi va xavfsizligini ta‘minlaydi.
Unsurlarni shartli ravishda to’rt guruhga: savdo qatnashchilari, savdoni tashkillashiruvchilar, regulyatorlar va informatsion (reyting) agentliklarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga emitentlar (moliyaviy instrumentlarni taklif qiluvchilar, sotuvchilar), investorlar (moliyaviy instrumentlarga resurslarini yo’naltiruvchilar, haridorlar), professional qatnashchilar (investitsiya institutlari bo’lmish brokerlar, dilerlar, treyderlar, anderrayterlar; banklar; sug’urta kompaniyalari; fondlar; xoldinglar; moliya-sanoat guruhlari va h.k.) kiradi. Ikkinchi guruhga savdoni tashkillashtiruvchi institutlar (birjalar, elektron savdo tizimlari, chakana savdo
markazlari, fond do’konlari, valyuta almashtirish shahobchalari, maxsus auksionlar, tarmoqlangan marketingli savdo tizimi va h.k.) kiradi. Uchinchi guruhga DR va NR kiradi (hozirda xalqaro regulyativ funksiyaga ega institutlarni ham nazarda tutish lozim). To’rtinchi guruhga moliya bozorini tahlil qilib, uning qatnashchilari, moliyaviy instrumentlarning va umuman bozorning
sifat ko’rsatkichlarini oshkor etib, reklama qilib, belgilab boruvchi ahborot tashkilotlari kiradi. Ushbu guruh
institutlarini moliya bozorining professional qatnashchilari qatoriga qo’shish mumkin, lekin ular faoliyatlarini yuritish uchun moliya bozori regulyatoridan ruhsat olmaydilar, faqat akkreditatsiyalanadilar.
uchinchi bozor (third market), unda birja listingiga kirililgan qimmatli qog’ozlar belgilanmagan vaqtda birjada yoki birjadan tashqari savdoda oldi-sotti qilinadi;
to’rtinchi bozor (fourth market), unda institutsional investorlar qimmatli qog’ozlarni birjasiz va vositachilarsiz o’zaro to’g’ridan to’g’ri savdosini amalga oshiradilar. AQShda bunday bozor kompyuterlashtirilgan, masalan, POSIT i Crossing Network savdo tizimlari yordamida.
Savdo maqsadlari bo’yicha:
«Buqalar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog’ozlar kursini birjada ruhsat etilgan doirada oshirilishi hisobiga spekulyativ o’yinni amalga oshiradilar;
«Ayiqlar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog’ozlar kursini birjada ruhsat etilgan doirada pasaytirish hisobiga spekulyativ o’yinni amalga oshiradilar;
«Quyonlar» bozori («Ko’cha bozori» ham deb yuritiladi), unda yuqori riskli birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq birjadan tashqari operatsiyalar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |