5
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikdan so’ng jamiyatimizning turli sohalari-
da amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida erishayotgan marra va yutuqlarimiz
eng avvalo milliy davlatchiligimizni mustahkamlash, jamiyat hayotini demokratik
an’ana va qadriyatlar bilan yanada boyitib borish orqali xalqimizga munosib
turmush darajasini yaratish va ertangi kunga katta umidlar bilan qadam qo’yish
imkonini bermoqda. Binobarin, jamiyatni yanada demokratlashtirish, boshqaruvni
yangilash jarayonlariga daxldor masalalar izchil va bosqichma-bosqich
o’tkazilayotgan davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri sifatida
Prezidentimizning doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida davlat qurilishi va boshqaruv tizimining rivojlantirishda,
xususan qonunchilik hokimiyatining roli va ta’sirini kuchaytirish, ijro etuvchi
hokimiyat organlari tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, qonunlar
va hukumat qarorlarini bajarish mexanizmi qanday yo’lga qo’yilganligi,
demokratik usullardan foydalanish, siyosiy partiyalarning faolligini oshirish, hamda
jamoatchilik nazorati kabi masalalar markaziy o’rinni egallab kelmoqda.
Har bir davlatning faqat iqtisodiy jihatdangina rivojlanishi uning dunyo
hamjamiyatida tutgan o’rnini belgilamaydi, shuning uchun ham o’z oldiga
fuqarolik jamiyati barpo etishni maqsad qilib qo’ygan mamlakatlar siyosiy tizimni
demokratik prinsiplar asosida shakllantirishlari tabiiy holatdir. Shu jihatdan
olganda mamlakatimizda siyosiy tizimni demokratlashtirish jamiyatimiz taraqqiyoti
hozirgi bosqichining dolzarb yo’nalishidir.
Har qanday jamiyat rivojlanish yo’lini tanlar ekan, o’z oldiga muayyan
maqsadlar va vazifalarn qo’yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat
taraqqiyoti ma’daniy, ma’naviy ma’rifiy ta’lim tarbiya va mafkuraviy
jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshishi o’z-o’zidan ayon. Avvalo
sog’lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro, ozod insonni voyaga yetkazish ham ana
shu vazifalar sirasiga kiradi. Zotan har bir shahs jamiyat ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarini o’zida uyg’unlashiiruvchi kuch sifatida ifodalanar ekan, uning
faoliyatida ma’naviy–ruhiy jarayonga ta’sir etuvchi omil, xususan milliy istiqlol
g’oyasining o’ziga hos o’rni mavjud.
6
BMI maqsad va vazifalari. Ushbu BMI mavzusini tadqiq etishdan
ko’zlangan asosiy maqsad malakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarning pirovard maqsadi adolatli fuqarolik huquqiy davlat qurish va
fuqarolik jamiyatini barpo etishning naqadar muhimligi, bunday jamiyatni
shakllantirish uchun davlatimiz va hurmatli Prezidentimiz I.Karimov
boshchiligida olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat hamda fuqarolik
jamiyatini shakllantirish uchun olib borilayotgan kuchli sa’y-harakatlarning
barcha inson omiliga qaratilganligini, fuqarolik jamiyatida shaxsning ijtimoiy
va siyosiy tomondan o’z o’rniga ega bo’lishi kerakligini ko’rsatib berish
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: