modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash
Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan, tashkilotlarda esa — o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlari
Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining o’quv-moddiy bazasi ob’ektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo’lib, fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari ko’rsatib o’tilgan va o’zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun er uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa ob’ektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.
modda. Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki
Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda er usti binolari kompleksiga ega bo’lgan boshqaruv punktlari;
fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari; mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari;
yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari; aloqa va xabar berish vositalari;
davlat mulki bo’lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun tashkilotlarning mablag’lari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari.
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta’minlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-mulki zaxiralari yaratiladi.
Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo’jalik yuritish faoliyati shakllari o’zgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek bunday ob’ektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to’plash topshiriqlari qolaveradi.
Fuqaro muhofazasi ob’ektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, tanishib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
7 oktyabrdagi 427-son «O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida»gi qarori tavsiya qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri, 2000 yil 26 may, 80-II-son
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
Do'stlaringiz bilan baham: |