KIMYOVIY QUROL-o’ta xavfli qurollardan biri bo’lib, uning asosini zaharli moddalar tashkil etadi. Bu qurol oz miqdorda qo’llanilganda ham juda ko’p joylarni zaharlashi mumkin. Zaharli moddalar odam organizmiga ta’siri jihatidan qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:
Asab sistemasiga ta’sir qiluvchi-nervnoparalitik, asosan nerv sistemasini zaharlaydi, bularga zarin (zamon) va V-gazlari turidagi zaharli moddalar kiradi;
terini iritib yuboruvchi-terida uzoq bitmaydigan yaralar hosil qilishi bilan terini shikastlaydi, bularga iprit kiradi;
-bug’uvchi zaharli moddalar, organizmga nafas olish organlari orqali ta’sir qiladi, fosgen, difosgen zaharli moddalar kiradi4
umumzaharlovchi moddalar-organizmning butunlay zaharlanishiga olib keladi, bularga sinil kislota, xlortsian kiradi.
ta’sirlash xususiyatiga ega bo’lgan zaharli moddalar, bu zaharli moddalarga si-es, adamsit va boshqalar kiradi;
-ruhiy, ruhiyatga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, bularga bi-zet zaharli moddasi kirib, asosan markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Odamlarni psixik esankiratadi, qo’rqinch paydo qiladi. Eshitmaydigan, ko’rmaydigan og’ir ahvolga soladi.
Zaharli moddalar nafaqat inson va hayvonlarni, balki oziq-ovqatlarni, suv, havo, em-xashakni ham birdek zaharlashi mumkin.
SAVOL BAYONI
BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) QUROLLAR-bu insonlarni, qishloq xo’jaligi hayvonlarini, o’simliklarini ommaviy zararlovchi quroldir. Bu qurol asosini kasallik tug’diruvchi mikroblar va toksinlar tashkil etadi. O’ziga xos xususiyatlaridan biri, bu qurollarning juda ham oz miqdori, juda tez tarqalib, odamlar va hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi.
Ularning yashirin davri xavfli va kasalliklar uzoq vaqt, oziq-ovqat mahsulotlarida, suvda, tuproqda, kiyim-kechak va anjomlarda, hamda hayvonlar, kemiruvchilar, kanalar, hasharotlar va qurt- qumursqalar organizmlarida saqlanib qoladi.
Bakteriologik qurollar qo’yidagi kasalliklarni chiqaradi: Leptospiroz, sibir yarasi, vabo, brutsellyoz, o’lat, terlama, tulyaremiya, sariq kasalligi va boshqalar.
SAVOL BAYONI
Oddiy hujum qurollari alohida yoki ommaviy qirg’in qurollari bilan birgalikda dushmanning aholisini, texnikasini shikastlash uchun hamda ob’ektlarni buzish va yo’q qilib yuborish maqsadida ishlatilishi mumkin.
Oddiy hujum vositalariga parchalanuvchi, fugas, kumulyativ, beton buzuvchi, yondiruvchi aslahalar, hajmiy portlash aslahalari kiradi.
Parchalanuvchi aslahalar asosan odamlarga talofat etkazish uun mo’ljallangan, ularning ichida eng samaralisi sharikli bombalar hisoblanadi. Sharikli bombalar samolyotlardan kassetalarda tashlanadi. Har bir kassetada 96 tadan 640 tagacha bomba bo’ladi. Bunday kasseta er ustida ochilib,
bombalar har tarafga otilib chiqadi. Har bir bombaning parchalarini o’ldirish kuchi 15 metr radiusda saqlanadi.
Fugas aslahalar asosan sanoat, turar joy va ma’muriy binolarni, temir yo’llarni buzish, texnika va odamlarga talafot etkazish uchun mo’ljallangan.
Kumulyativ aslahalar himoyalangan nishonlarni yo’qotish uchun mo’ljallangan.
Yondiruvchi aslahalar odamlarni shikastlash uchun, binolarni va ishlab chiqarish ob’ektlarini, aholi yashaydigan maskanlarni, omborlarni, transport vositalarni yondirish, yo’q qilish uchun mo’ljallangan. Yondiruvchi aslahalar 4 xil bo’ladi; napalmali, pirogel, termitli, fosforli.
Hajmiy portlash aslahasi ishlatilganda havoda aralashmaning 15 metr radiusda va 2-3 metr qalinlikdagi yoqilg’i havo aralashmasining sferik buluti hosil bo’ladi. Bu bulut detonator yordamida portlatiladi. quvvati jihatidan yadroviy qurolga yaqinlashib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |