SAVOL BAYoNI:
Rahbarlar tarkibini, tuzilmalar va aholini o’qitishda ularni amaliy mashg’ulotlarga jalb qilish katta ahamiyatga ega. amaliy mashg’ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va faol shakli hisoblanadi. Amaliy mashg’ulotlarda tuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli xil jihozlar, asbob-uskunalar, texnikalardan foydalanish uslublari o’rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari ishlab chiqiladi.
FM ning amaliy mashg’ulotlarni zamon talablariga mos holda o’tkazish, fuqarolarni dushman tomonidan qo’llaniladigan zamonaviy qurol vositalaridan, shuningdek, hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojialar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda ma’naviy-ijtimoiy va psixologik sifatlarni tarbiyalash, ob’ektlarni uzluksiz faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bo’yicha bilimlarini, qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.
FVDT da FM ning quyidagi amaliy mashg’ulotlari tashkil etiladi va o’tkaziladi:
Shaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik mashg’ulotlar;
Rahbar tarkib uchun shtab-komanda mashg’ulotlari;
O’qitilayotgan hamma toifadagilar uchun kompleks mashg’ulotlar.
Maxsus taktik amaliy mashg’uloti tuzilmalarning oldiga quyilgan vazifalarni bajarishga o’rgatishdan iborat. Bunday mashg’ulotlarda har qanday FV ning (harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham) oqibatlarini tugatish, aholini va ishlab chiqarish tarmoqlarini muhofaza qilish choralari ko’riladi va o’tkaziladi hamda komandir-boshliq tarkibining amaliy mahorati takomillashtiriladi.
Tuzilmalar maxsus-taktik mashg’ulotlarda o’z ob’ektlarining moddiy-o’quv bazalaridan: har xil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar.
Maxsus taktik amaliy mashg’ulotlarda tayyorlash. Mashg’ulotlarni rejalashtirish, mashg’ulotlarda o’z vaqtida va har tomonlama rejaga muvofiq holda tayyorlanish lozim.
Mashg’ulot rahbarining ko’rsatmalari asosida mashg’ulot o’tkazish rejasi, tashkiliy ko’rsatmalar, o’rinbosarlarning xususiy rejalari va boshqa zaruriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Maxsus- taktik amaliy mashg’ulotning asosiy o’quv-uslubiy hujjati amaliy mashg’ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg’ulotning borishi, o’quv topshiriqlarining izchilligi, mashg’ulotlar bosqichlar bo’yicha aks ettiriladi.
Maxsus taktik mashg’ulotning rejasi matn bo’yicha ishlab chiqiladi va quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa o’quvchilari uchun o’quv maqsadlari, mashg’ulot o’tkazish vaqti, o’quv mashg’ulotiga jalb qilinadigan bo’linmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bo’lish me’yorlari, mashg’ulotning bosqichlari, ularning davomiyligi va o’quv topshiriqlari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshqarish maskanlarining joylashgan eri, zamonaviy qurollar qo’llanilgandan keyin ob’ektdagi holat, FM boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini o’z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg’ulotning yaxshi ishlab chiqilgan rejasi va boshqa hujjatlari, uning muvaffaqiyatli o’tishiga imkon beradi.
Mashg’ulotni o’tkazish. Mashg’ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda bevosita yoki to’satdan
«Ogohlantirish» ishorasi bo’yicha boshlanishi mumkin. Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va yig’ish, texnikalarni olib chiqish va ularni ishga tayyorgarligini tekshirish kerak.
Tuzilmalarning boshliqlariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda vazifani anglab olish, sharoitni baholash, qaror qabul qilish, qo’l ostidagilarga vazifalar qo’yish va ularning harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vaqt beriladi. Mashg’ulot rahbari tuzilmalar boshliqlarining qarorlarini tinglaydi va tasdiqlaydi, kerak bo’lgan paytda sharoitni chuqurroq mushohada etib, ular yordamida eng maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi.
Mashg’ulot rahbari shaxsan va o’z yordamchilari orqali ob’ektidagi radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik holatni o’zgarishini, odamlar, texnikani ishdan chiqishini ko’zda tutgan holda mashg’ulotlarni kuchaytirib boradilar. Mashg’ulot rahbari sharoitga qarab tuzilma boshliqlaridan yangi qarorlar, buyruqlar qabul qilishga, qo’l ostidagilarga yangi vazifalar qo’iishga va ulardan o’ziga xos xarakatlar qilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob-uskunada texnikada va mexanizmlarda o’z mutaxassisligi bo’iicha amaliy vazifalarni bajaradilar. Mashg’ulatlar tuzilmalarni shikastlanish o’chog’idan olib chiqish, fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan o’tkazish bilan tugallanadi. So’ngra maxsus taktik mashg’ulotlar tahlil qilinadi.
Komanda-shtab mashg’ulotlari- FVDTning shtab boshliqlarini, FM xizmat boshliqlarini, ob’ektlarning komanda-boshliqlar tarkibini o’z funktsional burchlarini bajarishga, birgalikda tayyorlashning asosiy shakllaridan biridir.
Komanda-shtab mashg’ulotining maqsadlari har xil bo’lishi mumkin. Bulardan asosiylari: rahbarlarni va komanda boshliqlarining ob’ekt FM tadbirlarini bajarishda nazariy bilimini va amaliy mahoratini oshirish, xodimlar, tuzilmalar va qo’shinlar bilan o’zaro harakat qilishini ta’minlashdan iborat.
Komanda-shtab mashg’ulotlari aniq taktik sharoitga yaqinlashtirilib olib boriladi. Mashg’ulot mavzusi va o’quv TOPShIRIQLARI odatda oldinda turgan har taraflama mashg’ulotning mavzusi bilan bog’langan bo’ladi.
Komanda-shtab mashg’ulotlaridan oldin shtab mashqlarni o’tkazish tavsiya etiladi. Ularning sonini va olib borish vaqtini ob’ekt FM boshlig’i komanda-shtab mashg’ulotlari oldida turgan maqsadga hamda rahbar tarkibi va boshqarish organlarining tayyorlanish darajasiga qarab aniqlaydi.
NAZORAT SAVOLLARI VA TOPShIRIQLARI:
Ishchi xizmatchilarni fuqaro muhofazasiga o’qitishdan maqsadlari nimalardan iborat?
FMDT maqsad va vazifalarini tushuntiring.
Fuqaro muhofazasi fanini o’qitilishidan maqsad nima?
Amaliy mashg’ulotlarning o’tkazilishi va ishlab chiqish chora-tadbirlari nimalardan iboratligini tushuntiring.
Amaliy mashg’ulotlarda kerakli asbob-uskunalar va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklari xaqida ma’lumot bering.
Shtab kamanda buyruqlari berilishi xususida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |