Фуқаро Д. ўз фуқаролик паспортини биометрик паспортга алмаштириш



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana23.03.2023
Hajmi0,49 Mb.
#920889
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MA\'MURIY HUQUQ

Uchinchi
vaziyatda tahlil qilinayotgan muammoli vaziyat bo‘yicha 
ma’muriy sud qanday harakat qilishi lozimligini tahlil qilsak.
3
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 


Arizachi fuqaro D ma’muriy organ qonunda keltirilgan majburiyatlarini 
bajarmaganligi uchun huquqlarini himoya qilish maqsadida uning ustidan sudga 
murojaat qilmoqda. Mazkur talab mazmunan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy 
sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks 27-moddasining 2-bandi (davlat 
boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatini amalga oshirishga 
vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos 
kelmaydigan hamda fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun 
bilan qo‘riqlanadigan mafaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) 
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi)
4
ga to‘g‘ri keladi. Mazkur vaziyatda sud 
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 
189-moddasiga muvofiq, sud nizolashilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) 
qonun hujjatlariga zid ekanligini va arizachining huquqlari va qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, ma’muriy organ, uning 
mansabdor shaxsi qarorini to‘liq yoki muayyan qismini haqiqiy emas, harakatini 
(harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ariza 
(shikoyat) qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar 
ko‘rsatilishi lozim: 
harakat (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilganligi va ma’muriy organ 
yoki mansabdor shaxsga arizachiga nisbatan aniq harakatlarni amalga oshirish 
majburiyati yuklatilganligi; 
hal qiluv qarorida sud ishning xususiyati va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
harakatlarni inobatga olgan holda arizachining huquqlari va erkinliklari buzilishini 
to‘liq hajmda bartaraf etish uchun tegishli muddat belgilashi lozim
5

Demak, ma’muriy sud fuqaro D ning Ichki ishlar vazirligining tegishli 
xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi ustidan qilgan 
murojaatini ko‘rib chiqadi. Bu holatda sud ma’muriy organning harakati yoki 
harakatsizligini qununga xilof deb topgan taqdirda arizachining huquqlari va 
erkinliklari buzilishini to‘liq hajmda bartaraf etish uchun ma’muriy organga 
tegishli muddat belgilaydi. 
Shu o‘rinda yuqoridagi kazusni nazariy asoslarini tahlil qilsak. 
Ma’muriy huquqiy munosabatlar bu ma’muriy organlarning jismoniy va 
yuridik shaxslar bilan davlat boshqaruvi jarayonida yuzaga kelgan va ma’muriy-
4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining ‘‘Ma’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslari qarorlari, 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti 
haqida’’ 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli qarori 
5
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 189-moddasining beshinchi qismi 


huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning bir turidir.
6
Bu ta’rifdan tushunadigan bo‘lsak, yuqoridagi kazusda Ichki ishlar vazirligining 
tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi va fuqaro D 
o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabat hisoblanadi. 
Sababi fuqaro D bilan Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va 
fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi o‘rtasida (davlat boshqaruvi jarayonida) 
yuzaga kelgan munosabatlar ma'muriy-huquqiy norma orqali tartibga solinadi.
Jamiyatda vujudga keladigan munosabatlarni bir-biridan farqlashda ularning 
subyektlari, ya’ni ularning ishtirokchilari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan 
birga ma’muriy-huquqiy munosabatlarda ham subyektlar alohida o‘rin tutadi. 
Chunki, jamiyatda vujudga keladigan munosabatlarning subyektlari oʻrtasida 
yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni Maʼmuriy-huquqiy munosabatlar deb 
taʼriflash uchun uning bir tomonida shartli ravishda davlat boshqaruvi organlari va 
ularning mansabdor shaxslari ishtirok etishi lozim. Yuqoridagi kazusda ham 
ma’muriy organ va fuqaro o‘rtasida ma’muriy-huquqiy munosabat vujudga 
kelmoqda. Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni 
rasmiylashtirish bo‘limini ma’muriy organ deyishimizga sabab unga fuqarolarni 
pasportini rasmiylashtirish vakolati (mahalliy ijro hokimyatini amalga oshirish 
vakolati) berilganligidir. Demak yuqoridagi kazusning ma’muriy-huquqiy 
subyektlari Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni 
rasmiylashtirish bo‘limi va fuqaro D hisoblanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin: 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish