Фуқаро Д. ўз фуқаролик паспортини биометрик паспортга алмаштириш



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana23.03.2023
Hajmi0,49 Mb.
#920889
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MA\'MURIY HUQUQ

Birinchi
vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak, Ichki ishlar vazirligining tegishli 
xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan qonun 
hujjatlarida pasportni almashtirish qancha muddatda amalga oshirilishi kerakligini 
ko‘rib chiqsak. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘O‘zbekiston Respublikasida 
pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi’’ 2018-yil 
26-dekabrdagi qarorining 25-bandida bu bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Unga 
ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijga chiqish biometrik pasporti 
ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan 


boshlab o‘n ish kunida, xorijda esa – diplomatik pochtani jo‘natish grafigiga 
muvofiq belgilangan tartibda beriladi. 
Fuqaroga va unga hamrohlik qiluvchi shaxsga (shaxslarga) xorijga chiqish 
biometrik pasportini rasmiylashtirish muddati O‘zbekiston Respublikasidan zudlik 
bilan chiqib ketishni talab qiladigan holatlarda, shoshilinch davolanish zarurligini 
tasdiqlovchi viloyat va respublika miqyosidagi davlat tibbiyot tashkilotlari 
tomonidan berilgan hujjatlar, yaqin qarindoshining og‘ir kasalligi yoki vafot 
etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida, chiqish huquqiga cheklov 
bo‘lmagan taqdirda besh ish kunidan oshmasligi lozim. 
Fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotgan taqdirda yangi 
pasport belgilangan tartibda pasport yo‘qolganligi haqida ariza berilgan kundan 
boshlab bir oy ichida beriladi. 
Arizani ko‘rib chiqish muddati O‘zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
1
Yuqoridagi normadan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, Ichki ishlar 
vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi 
tomonidan fuqaro D ga pasportini olish uchun bir oydan so‘ng kelishini aytishi 
yuqorida keltirilgan normaga zid hisoblanadi. Yuqoridagi normaga binoan 
fuqaroning biometrik pasporti ma’muriy organ fuqaroning hujjatlarini qabul qilib 
olgan kundan boshlab o‘n ish kunida berilishi kerak. Lekin fuqaro D ga bir oydan 
so‘ng kelishini va pasportini olib ketishi mumkinligi ma’muriy organ tomonidan 
aytilgan. Bu ham yetmaganidek ma’muriy organga fuqaro D bir oydan so‘ng 
murojaat qilganida ham pasporti ayrim sabablarga ko‘ra tayyor emasligi aytilgan, 
bunga sabab qilib hech qanday qonun hujjatlari ko‘rsatilmagan. Buning natijasida 
yuqoridagi normadan tashqari O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Ma’muriy tartib-
taomillar to‘g‘risida’’gi qonunning 36-moddasini (Ma’muriy ish yuritish 
muddatlari) ham buzilishiga olib kelmoqda. Ushbu qonunning 36-moddasiga 
ko‘ra, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
ma’muriy organ mumkin qadar qisqa muddatlarda, ammo ariza ma’muriy organda 
ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran, ma’muriy hujjat ma’muriy organ tashabbusi 
bilan qabul qilinadigan taqdirda esa, adresat ma’muriy ish yuritish boshlanganligi 
to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz ish kunidan 
kechiktirmay ma’muriy ishni ko‘rib chiqadi va ma’muriy hujjatni qabul qiladi.
2
Demak, Ichki ishlar vazirligining tegishli xorijga chiqish, kirish va 
fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
‘‘O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi’’ 2018-yil 26-dekabrdagi qarori 
2
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida’’gi qonunni 


tadbirlari to‘g‘risidagi’’ qarorining 25-bandi va O‘zbekiston Respublikasining 
‘‘Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida’’gi qonunning 36-moddasiga ko‘ra, fuqaro 
D ning murojaatini kechiktirilishiga sabab qilib hech qanday qonun hujjatini 
ko‘rsatmaganligi bois fuqaro D ning pasportini berishni kechiktirishga haqli emas. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish