EO’A ning aniqlik sinfi asbobning absolyut xatosi A uning butun maksimal shkalasinng Amax qancha foizini tashkil qilishini bildiradi:
(5)
bu yerda: Amax - asbobning o’lchov chegarasi, A- absolyut xatolik.
Normal ish sharoitlarida yo’l qo’yadigan asosiy xatoligi bo’yicha bevosita baholaydigan barcha EO’A lari davlat standartiga ko’ra 8 ta aniqlik sinfiga ajratiladi: 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5 va 4. Ular o’lchash asboblarining shkalalarida ko’rsatilgan bo’ladi.Aniqlik sinfini bildiruvchi raqam asosiy eng katta joiz keltirilgan xatolikni bildiradi.
Agar asbob hujjatida ko’rsatilgan qoidaga asosan ishlatilsa, uning aniqligi ko’rsatilgan sinfga mos keladi. O’lchashdagi absalyut xatoligini sinfidan foydalanib aniqlanadi. (5) tenglikga asosan absolyut xatolik topiladi.
(6)
Absolyut xatolik asbobning butun shkalasi bo’yicha bir xil deb hisoblanadi.
EO’A absolyut xatoligi A ning unda o’lchangan miqdor Ao’ qiymatiga nisbati o’lchashdagi nisbiy xatolik deb ataladi, ya’ni:
(7)
Agar (7) formuladagi A o’rniga (6) ifodani quysak, o’lchashdagi nisbiy xatolik qo’yidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(8)
Demak, o’lchanayotgan miqdor asbobning o’lchash chegarasi (Amax) ga yaqin bo’lsa, o’lchashdagi nisbiy xatolik asbobning aniqlik sinfiga - ga teng bo’ladi.
Masalan, aniqlik sinfi 0,5 bo’lgan asbobning shkalasi 150 bo’limga ega bo’lsin, strelka 150 bo’limga burilganda nisbiy xatolik 0,5% va absolyut xatolik 0,5%·150= =0,75 ga teng bo’ldi. Strelka 25 bo’limga burilganda esa nisbiy xatolik 3%, absolyut xatolik esa 0,75 bo’ladi. Demak bundan ko’rinadiki, EO’A ning kichik bo’lumlariga mos keluvchi qiymat o’lchanganda katta nisbiy xatolikka yol qo’yiladi, ammo bunda elektr kattalikni o’lchashdagi absolyut xatolik qiymati ayni bir asbobning butun shkalasi bo’yicha bir xil bo’ladi.
Yuqori aniqlikdagi maxsus asboblarda aniqlik sinfi, shkala bo’lim qiymatiga mos keladi. Ba’zan biz ishlatadigan oddiy asboblarda o’lchashdagi absolyut xatolik sifatida asbob shkalasi eng kichik bo’limining yarmi ya’ni 0.5 C olinishi mumkin. Bu hol quyidagi hollarda bajariladi:
1) agar 0,5C >ΔA bo’lsa, o’lchashdagi nisbiy xatolik
2) agar 0,5C <ΔA bo’lsa , o’lchashdagi nisbiy xatolik
Masalan, o’lchash chegarasi 30 mA, aniqlik sinfi- 2,5 bo’lgan shkalasi teng bo’limlardan iborat milliampermetrnig bo’lim qiymati 1A teng. Unda 10 mA tok o’lchansa, qanday absolyut va nisbiy xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
Agar ΔI >0,5C bo’lsa, (0,5C=0,5mA) o’lchashdagi nisbiy xatolik teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |