Frazeologizmlarning tarjimasi haqida ma’lumot obloqulov Shamsiddinxon Xabibulloxon o'g'li Sharqshunoslik unversiteti



Download 59,5 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi59,5 Kb.
#753446
Bog'liq
Obloqulov maqola2




FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMASI HAQIDA MA’LUMOT

Obloqulov Shamsiddinxon Xabibulloxon o'g'li
Sharqshunoslik unversiteti,
"Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi
Sinxron tarjima arab tili 1 kurs magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada tarjima samarasini oshirish, ilmiy va adabiy tarjima nazariyasi hamda frazeologik birikmalarni tarjima qilish yo`llarini o`rganish masalalari haqida fikr mulohazalar yuritilgan.
Kalit so’zlar: tarjima, frazeologiya, lug’at boyligi, frazeologik ekvivalentlar, tsviriy tarjima
INFORMATION ABOUT THE TRANSLATION OF PHRASEOLOGISMS
Oblokulov Shamsiddinhon Habibullokhon ogly
University of Oriental Studies,
Department of Translation Studies and International Journalism
Simultaneous translation Arabic 1 year master's

Annotation: this article discusses the issues of increasing the effectiveness of translation, The Theory of scientific and literary translation, and the ways of translating phraseological combinations.
Keywords: translation, phraseology, dictionary wealth, phraseological equivalents, translation of cviri


СВЕДЕНИЯ О ПЕРЕВОДЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ

Облокулов Шамсиддинхон Хабибуллокxон оглы
Университет востоковедения,
Кафедра переводоведения и международной журналистики
Синхронный перевод Арабский 1 курс магистратура

Аннотация: В данной статье рассмотрены вопросы повышения эффективности перевода, теории научного и литературного перевода, а также способы перевода фразеологических сочетаний.
Ключевые слова: перевод, фразеология, лексика, фразеологические эквиваленты, буквальный перевод

Tarjima tushunchasining ma`nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi tilga badiiy adabiyot: she`r, dramatik va nasriy asarlar, fanning turli-tuman sohalariga doir ilmiy va ilmiy-ommbop kitoblar, diplomatiya hujjatlari , rasmiy qog`ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiqlarning nutqlari, gazeta materiallari, boshqa-boshqa tillarda so`zlashuvchi, tilmochning xizmatiga muhtoj bo`lgan kishilarning suhbatlari tarjima qilinadi, kinofilmlar o`giriladi.


Xorijiy tillarni o`rganayotgan kishilar uchun tarjima qila olish qobiliyati muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun talabalarga matnni tarjima qilish jarayonida, ushbu matndagi fikrlarni yozuvchi dunyoqarashidan kelib chiqib tarjima qilishni o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi.Frazeologik birliklarga kelsak, vaqt o`tishi bilan har bir tilning lug`at boyligida ham o`zgarishlar vujudga keladi. Shunday ekan, ingliz tili frazeologiyasida ham bir qancha o`zgarishlar bo`lib o`tgan. Misol uchun, Shekspir davriga xos bo`lgan ba`zi bir frazeologik birliklar bugunga kelib butunlay qo`llanishdan chiqqan, yoki o`z ma`nosini o`zgartirgan bo`lishi mumkin.
Frazeologik birliklarni tarjima qilish deganda, nafaqat ularni so`zma-so`z tarjima qilish, balki o`zbek tilida ingliz tilidagi frazeologik birlikka muqobuil bo`lgan iborani topish tushuniladi.
Frazeologik birliklarni tarjima qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi.
Frazeologik birliklar yordamida tarjima .
Frazeologik ekvivalentlar ikki xil bo`lishi mumkin: monoekvivalentlar va tanlangan frazeologik ekvivalentlar .
Monoekvivalent - yagona mos keladigan frazeologik ekvivalentdir. Ular 2 turga ajraladi: to`liq va qisman frazeologik ekvivalent.
Hozirda yurtimizda bo‘layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z kasbiga oid termin va tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab etmoqda.
Arab tilidagi kelishik shakllari o`zbek tili
bilan qiyoslangan holda uchtadir. Kelishik tushunchasini ifodalovchi termin arab
tilida “i’rob” deb nomlanadi. Quyida nahvshunos olimlarning bu termin haqidagi
qarashlari keltirilgan.

يا اخرهف آخش ٔ الاسى انًعشب قال جاس الله انزيخششي ف ً كرات ّ "انًفصم ف ً صُاعح الإعشاب" :


ّ
تاخرلاف انعٕايم نفظا تحشكح أ ٔ تحشف أ ٔ يحلا فاخرلاف نفظا تحشكح ف ً كم يا كا ٌ حشف إعشات
صحٍحا أ ٔ جاسٌا يجشاِ."(صحٍفح91)
Jarulloh Az-Zamaxshariy “al- Mufassal fi sino’atil- I’rob” nomli kitobida:
”Ismning kelishikda tuslanishi - so’z oxiri sintaktik vazifasiga ko’ra unlilar
o’zgarishi, harflarning o’zgarishi (so’z oxiridagi) hodisasidir”. (19-bet).
قال انشٍخ يصطفى انغلا ٌ ٍ ُ ً ف ً كرات ّ "جايع انذسٔس انعشتٍح" : إرا اَرظًد انكهًاخ ف ً انجًهح؛ يا
ٌرغٍش آخش ِ تاخرلاف يشكز ِ فٍٓا لاخرلاف انعٕايم."( صحٍفح03)
Mustafo G’alayiniy “ Jomi’ud- durusil- arabiyyati” kitobida ismlarda kelishik
haqida :” Gapda so’zlar oxiri o’zaro sintaktik munosabatga kirishganda ma’lum
sabablarga ko’ra o’zgarishi.”(30-bet)
Termin lotincha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, “oxiri”, “chek”, “chegara”, “tugash” degan ma’nolarni bildiradi. V.N.Shevchuk terming quyidagicha ta’rif beradi: “Termin” – bu so‘z bo‘lib, o‘rta asrlarda “aniqlash”, “ifodalash” degan
ma’nolarni ifodalagan:
1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan
ma’noni anglatadi”. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chegaralandi, fan, texnika,
iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir
2. U ekspressivlikdan holi muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi,
o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”.
V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug’at
tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, ta’rifidir”
3. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida
termin o‘zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi.
Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar): bayat “Tangri, Xudo”,
bačaq//bačağ “ro‘za”, burxan (xit.) “budda; payg‘ambar, but”, yalabač
//yalavač //yalafar “payg‘ambar”, savčï “payg‘ambar” va h.k.
Ekologik terminlar: sűzűk suv “tiniq, ko‘m-ko‘k suv”, tärkin suv
“balchiqli suv”, et yer “yumshoq yer; yumshoq tuproq”, tatïrlïğ yer “qattiq
yer”, qarqağ “o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”, sarğan yer “sho‘rxok yer”,
sağïz topraq “sog‘ tuproq”, ačuq kők “ochiq havo” va h.k.
Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu
nuqtayi nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlarning
asosini asl turkiy so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi. Ayni paytda sanskrit,
xitoy, so‘g‘d, arab, fors-tojik tillariga xos o‘zlashmalarning ham o‘rni bilan
qo‘llangani kuzatiladi.
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida
islom dini, arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan
istiqomat qiluvchi xalqlar, millatlar, qabilalar, qavmlar, urug‘lar
intellektual hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Arablar hukmronligidan
keyin eron madaniyati, ayniqsa, Somoniylar hukmronligi yillarida
taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabiati, xarakteriga ma’lum
darajada ta’siri ko‘zga tashlandi. X asr oxiriga kelib Sharqiy
Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda Qoraxoniylar saltanati tashkil
topdi. Shu davrdan e’tiboran turkiy adabiy tillarning shakllanishida
jiddiy ijodiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Qoraxoniylar vaqtida jonli tillar
adabiy tildan farqli o‘laroq chet tillar elementlariga nisbatan oz
ta’sirda bo‘lgan. Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda
eski turkiy til bilan yonma-yon qo‘llangan u bilan raqobatga
kirishgan.
Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi
leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy
xususiyatlarda aksini topadi:
-semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi);
-vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi);
-semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning
har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir);
-tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi
vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni
ishlab chiqishga bo‘ysunadi) (Danilenko 1977; 208).
Xulosa
Frazeologik birliklar yordamida fonematik variantlar deganda, bir o'zak ichida so'zning fonetik tarkibida qisman o'zgarish ro'y berilishi tushuniladi. Bu guruh o'zgarishlar eng ko'p uchraydigan variantlar turidir. Bir o'zak ichida, ya'ni undosh harflar o'zgarmasdan turib, unli harflar (harakatlar) hisobiga turlicha o'qish variantlari ham mavjud. Masalan, kabd-kabid – "jigar", faxz-faxiz – "son", xutva-xatva – "qadam, Katif-kitf – "elka", uzn-uzun – "quloq" va boshqalar.
Ko'pincha uch o'zakli fe'llarning masdarlari turlicha harakatlanadi. Masalan: kizb-kazib – "yolg'on" (masd. Kazab); qabul-qubul – "qabul" (masd. qabila); vaddun-viddun-vuddun – "muhabbat", "sevgi"; maqrabatun-maqribatun-maqrubatun – "yaqinlik". Bunday fonetik jarayon ko'pincha fe'llarga ham tegishlidir. Fe'llarda asosan o'rta undosh harfining unlisi o'zgaradi. Masalan فَزَعَ – فَزِعَ – "qo'rqmoq", "hayiqmoq", فرَغ – فرِغ – "bo'sh bo'lmoq", قذِرَ – قذُرَ – "iflos bo'lmoq; كمُل – كمِلَ – كمَل – "to'liq bo'lmoq" va hokazolar. Bu misollarda fe'llarning o'rta o'zak harakatining o'zgarishi so'zlarning leksik ma'nolarini o'zgartirgani yo'q yoki o'timsiz fe'lni o'timli fe'lga aylantirgani yo'q.
Ma'lumki, hozirgi-kelasi zamon fe'lining o'rta o'zagi o'tgan zamon fe'lining o'rta o'zagiga qarab aniqlanadi. Variantlilik bu erda ham tez-tez uchraydi. Masalan: قدَرَ (i)dan يقْدَرُ; قدر (a)dan يقْدُرُ – "mumkin bo'lmoq". Ba'zida ikki perfektga (ya'ni o'tgan zamon shakliga) bir imperfekt (ya'ni hozirgi-kelasi zamon) to'g'ri kelishi mumkin. Masalan: كَمَلَ va كَمُلَ dan يَكْمُلُ ko'pincha bir fe'lning o'rta o'zagi ikkita ham bo'ladi. Masalan: فتكَ dan يفْتُكُ va يفْتِكُ –"yondirmoq, yo'q qilmoq" yoki فسَدَ dan يَفْسُدُ va يَفْسِدُ – "buzilmoq" (ovqat).
O'zak undoshlarning o'zgarishlari kamroq uchraydi, ular odatda fonetik qoidalar tomonidan "hisoblanib" turiladi. Bu hodisa Arab tilshunosligida "الإبدال اللغوي" (lug'aviy almashtirish, lug'aviy badal) atamasini olgan. Uning ma'nosi "harflarni almashtirish va bir harf o'rniga boshqa harf qo'yish" demakdir. Shu bilan birga qolgan o'zak harflar o'zgarmay qoladi. Bir-biriga aloqador (korrelativ) undoshlar juft so'zlarda talaffuzda barcha o'rinlarda maxrajda bo'lishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. И.В.Арнольд. «Лексикология современного анлийского языка». М.1959,стр.96

  2. А.И.Смирницкий. «Лексикология английского языка.Библиотека филолога.»М,1956,стр.208

  3. Ж. Шарипов “Бадиий таржималар ва моҳир таржимонлар”,T.1985

  4. К.Н.Качалова, Е.Е. Израилевич “Практическая грамматика английского языка” ,Б.2005.

  5. Andre Lefevre “Translation. History. Culture.” Aust.1998.

  6. www.ziyonet.uz

Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish