Frazeologik birliklarning shakl va ma’no munosabati



Download 89,5 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi89,5 Kb.
#229884
1   2   3
Bog'liq
Frazeologik birliklar

3. Birikma atamalar. To'g'ri ma'noli turg'un iboralarning yana bir turi birikma atamalardir. Iboralarning bu turini birikma atamalar deb nomlani-shiga sabab ularning ma'lum darajada termin (istiloh)larga yaqinligidir, sababi birikma atamalar ham terminlar kabi birikma holida bir tushuncha ifodalaydi.

Birikma atamalardan kelib chiqadigan umumiy tushuncha uning tarkibidagi komponentlar ma'nosi bilan bog'liq bo'lib, unda kesim bo'lak tushuncha mohiyatini bildiradi va tobe bo'lak uning nimaga xoslanganligini belgilaydi yoki ma'no mo'ljallangan tushuncha hajmigacha torayib boradi. Masalan, agrar masala, ishlab chiqarish boshqarmasi, «O'zbekiston ovozi», «Xalq so'zi» kabi iboralarda birikma atamasining ma'no mohiyati hokim bo'lakda bo'lib, tobe bo'laklar esa uning nimaga taalluqli ekanligini ko'rsatib keladi.

Birikma atamalar ma'nosi qanday xarakterda bo'lishidan qat'i nazar, nom-lovchi – nominativ xususiyatini o'zida saqlaydi, bu uning ma'nosi har ikkala bo'lak ma'nosi sintezidan kelib chiqishini ko'rsatadi.

Birikma atamalar asosan ot turkumida bo'ladi, bu ularning terminlar bilan aloqasini yaqqolroq ko'rsatadi: aylanma harakat, kvadrat tenglama, tepkili terlama, tutuq belgisi kabi. Lekin bu ularning so'z turkumlariga nisbatan chegaralanganligini ko'rsatmaydi. Ular sifat (nafsi buzuq, arzongarov), fe'l (aybga buyurmaslik, aksiga olmoq), ravishlarda (aks holda) ham uchraydi.

Turli tashkilot, korxona, muassasa, matbuot mahsulotlariga berilgan nom-lar ham turg'un uyushmani tashkil qilsa, birikma atamalar sirasiga kiradi.

Ko'chma ma'noli turg'un iboralar. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zlardan tarkib topgan, tarkibidagi bo'laklarning ma'nosi qisman yo butun-ligicha ko'chgan, majoziy ma'noda qo'llanadigan, lekin birikma butunligicha bir nominativ ma'no anglatadigan lug'aviy birliklarga ko'chma ma'noli turg'un iboralar deyiladi.

Ko'rinadiki, to'g'ri ma'noli turg'un iboralar bilan ko'chma ma'noli turg'un iboralarning farqi ularning birikish usulida emas, balki ma'no xususiyatidadir: ularning birida ma'no turg'un, ikkinchisida ko'chgan bo'ladi. Qiyoslang: demokratik hokimiyat va bilim bulog'i. Misollarning birinchisida har ikkila bo'lak o'z ma'nosida, ikkinchisida esa buloq so'zining ma'nosi ko'chgan, majoziy. Demak, birinchi uyushma to'g'ri ma'noli turg'un uyushma, ikkinchisi esa ko'chma ma'noli turg'un uyushma-dir.

Bu uyushmalar uchun tarkibining barqarorligi, nutqda yaxlitligicha qo'llanishi va tilda tayyor holda mavjudligi ularning umumlashtiruvchi belgisi bo'lsa, tarkibidagi qismlarda obrazlilikning mavjud yoki mavjud emasligi, semantik qayta shakllangan yoki shakllanmaganligi ularning farqli belgilaridir. Yuqoridagi misollarning birinchisida dastlabki uch belgi mav-jud, keyingi ikki belgi mavjud emas; ikkinchi misolda dastlabki to'rt belgi bor, oxirgisi yo'q. Og'zi qulog'ida uyushmasida esa barcha belgilar mav-juddir.

Ana shu farqlovchi belgilarga ko'ra ko'chma ma'noli turg'un uyushmalar-ning ikki turini ko'rsatish mumkin: parafrazalar va frazeologizmlar.



Idioma (yun. idioma — xususiyat, oʻziga xoslik) — frazeologizmlar (qarang Frazeologiya) turi; muayyan bir tilga xos boʻlib, boshqa tillarga aynan tarjima qilib boʻlmaydigan nutq birligi yoki ibora: „dumi hurjun“, „semizlikni qoʻy koʻtaradi“, „tili bir quloch“ kabi. I. soʻz birikmalaridan: („ikki qoʻlini burniga tiqib“, „butun mahallani boshiga koʻtarmoq“), etimologik va tarixiy maʼlumot talab etuvchi soʻzlardan („ran desang qop-qop, ish desang Koʻhi Qofdan top“, „Daqqi Yunusdan qolgan“ va h. k.), etimologik isbotlash, asoslash qiyin boʻlgan soʻz va iboralardan („oyogʻini qoʻliga olib“, „biti toʻkildi“) iborat boʻlishi mumkin. I.lar, odatda, koʻchma maʼnoga ega boʻladi va badiiy adabiyotda kinoya, krchi-riq maʼnoli obrazlilikni yaratuvchi vositalardan biri sifatida qoʻllanadi. I. larni boshka tilga oʻgirishda ularning oʻsha tildagi muqobilini to-pish kerak boʻladi. Mac, rus tilidagi „Kak ni kormi volka, on vsyo v les smotrit“ I. si oʻzbek tilidagi „Kazi-san, qartasan, oxir aslingga tortasan“ I.siga mazmunan mos keladi. Tilda bunday muqobil I. topilmasa, uning mazmuni erkin yoki soʻzma-soʻz tarjima qilinadi. Mac, „I na nashey ulitse budet prazdnik“ — „Bizning koʻchada ham bayram boʻlajak“ kabi.
Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish