Frants Kafkaning «Jarayon» romanida insonning oʼz-oʼzini qiynash tuygʼusi tadqiqi Аnnotatsiya


Исследование человеческого чувства самоистязания в романе Франца Кафки «Процесс»



Download 26,77 Kb.
bet3/4
Sana29.01.2022
Hajmi26,77 Kb.
#419128
TuriИсследование
1   2   3   4
Bog'liq
1 Ш КУВАНОВА Ф КАФКА lotin

Исследование человеческого чувства самоистязания в романе Франца Кафки «Процесс»
Аннотация
Главный герой романа Кафки «Процесс» становится объектом необоснованного судебного разбирательства. Из языка главного героя процесс выявления черт и судебного разбирательства, можно сказать, имеет вполне ясный социальный облик. В данной статье подробно рассматривается человеческое чувство самоистязания в романе Франца Кафки «Процесс».
Ключевые слова: роман, писатель, текст, чтение, творчество, метод, жизнь, процесс, объект, абсурд.
«Kimdir, aftidan, Yozef K.ga tuhmat qilganga oʼxshaydi, hech qanday jinoyatga qoʼl urgani yoʼq, lekin qamoqqa tushib oʼtiribdi” [1:9]. Kafkaning «Jarayon» romani xuddi shunday boshlanadi, bosh qahramon hech bir asossiz sud ishining obʼektiga aylanadi. Har qanday beayb insonni esankiratib qoʼyuvchi, mazkur mantiqsizu foydasiz vaziyatda vahimaga tushib qoladi, yordam yoki biror-bir joʼyali maslahat va sabab izlaydi. Unga hech kim va hech qachon xizmat pillapoyalaridan omadli amaldorga kutilmaganda gʼarib aybdorga aylanib qolganining sababini tushuntirib bermaydi. Roman nihoyat darajada oddiy boshlanadi, yaʼni uyqusidan uygʼongan bir paytda qamoqqa tushib qoladi. «Oshpaz, kvartira bekasi frau Grubax, har kuni unga sakkizlar atrofida nonushta olib keladigan ayol, bu safar kelmadi...
Qoʼngʼiroq chalinadi, biroq oshpaz emas, balki shubhali ikkita nusxa paydo boʼladi va qamoqqa olishlarini eʼlon qiladi. Biroq nima uchun? Bunga hech kim javob qilmaydi, aksincha, kutishni maslahat berishadi: «Menga tushuntirish berishga vakolat berishmagan, oʼz xonangizga borib, kuting. Ishingizning boshlanishi aytildi, biroq fursati kelganida, hammasini bilib olasiz»[1:11]. Shu tariqa bir qator xoʼrliklarni, izlashlaru tushunmovchiliklar tufayli tushgan noqulay vaziyatlarini boshdan kechirib, Yozef K. oʼziga qarshi ochilgan bu noaniq jarayonning asl sababini, hatto oʼlim hukmi ijro etilishidan burun ham tagiga yetolmaydi. Bunday vaziyatning maʼnosi koʼp edi. Bu, ehtimol, vijdonning sudi boʼlishi ham mumkin, axir qahramon oʼziga oʼzi qarshi-ku. Biroq romanning matni oʼzgacha izoh bergani imkon beradi. Yozef K. nomaʼlum kuchga qarshi chiqishga jurʼat qiladi, qarshilik koʼrsatsa-da, jarayonni choʼzishga urinmaydi. Аdolatsiz hukmni qabul qilmay, mashhur maʼruzasini oʼqiydi: «Shubhasiz, sud jarayoni botinida, yaʼni mening holatimda, qamoqda tutib turishu bugungi tafsilotlaru dalillarni koʼrib chiqishlar ortida ulkan uyushma turibdi. Mazkur uyushmaning tarkibiga nafaqat sotqin nazoratchilar, vaziyatga qarab maqtovga arzirli kamtarlikni koʼrsata oladigan ahmoq inspektoru tergovchilar, balki yuqori mansabga ega sudьyalar va son-sanoqsiz amaldorlar, shtat xizmatkorlari, kotiblar, jandarmlar va, hatto, yordamchilar, ehtimol, jallodlar ham; bu soʼzni tilga olishdan qoʼrqmayman. Bu uyushmaning maqsadi nima? Begunoh odamlarni qamoqqa olib, ular ustidan, xuddi meniki kabi maʼnisizu natijasiz jarayon olib borishu jazolashdan iborat. Butun sistema mantiqsiz boʼlib chiqsa, qanday qilib, amaldorlar orasida eng dahshatli korruptsiyadan qochish mumkin?» [1:38] Yozuvchining qahramonining tilidan xususiyatlari oshkor qilingan jarayon va sud, aytish joizki, tamoman aniq ijtimoiy koʼrinishga egaligi maʼlum boʼladi. Ular adib va uning qahramoni ich-ichlarilaridan qarshilik koʼrsatishga urinayotgan byurokratiyaning ijtimoiy elementlariga aylanadilar. Аbsurdlik shundaki, qahramon (qaysidir maʼnoda, adibning oʼzi) shu tizimning bir qismi sanaladi. Yozef K.ni tamoman himoyasiz holatda qamoqqa olishadi, yaʼni qahramon hali uyqusi tarqalmagan holatda boʼladi, yaʼni mohiyatan chuqur nazar tashlansa, oddiy bir fuqaro, yaʼni shtat kotiblari, mirzo va kurьerlarining formasiz holatida boʼladi. Bu xususda, yozuvchi, adabiyotshunos olim Xurshid Doʼstmuhammad shunday yozadi: «Kimdir hibsga olindimi, demak, hademay sud jarayoni boshlanadi. Sud jarayoni asnosida, odatda qandaydir haqiqatlarga oydinlik kiritiladi. Аsarning nomlanishi oʼquvchini birinchi navbatda shunday xayolga undaydi. U oʼzini sud jarayoni haqidagi tavsilotlarni oʼqishga chogʼlaydi. Biroq....» [2:5]. Bu holat qahramon uchun qarshilik koʼrsatishni qiyinlashtiradi, aybdorlik hissini oshiradi, hatto sud uni tutib turmagan holatda ham u oʼzini qiynayveradi va aynan gunohkorlik tuygʼusiyu vijdon azobi qayta-qayta mana shu gʼalati sud jarayoniga nazar tashlashga majbur qiladi, bu xuddi oʼrgimchak iniga tushib qolgan oʼljaning holatiga oʼxshaydi, Yozef K. qarshilik koʼrsatgani sayin oʼralib qolaveradi, oʼzini oʼzi azobga mahkum qiladi. In tubidagi oʼrgimchak esa qahramonning vijdoni, u borgan sari qoʼrboniga bosimni kuchaytiradi, ruhiy qiynoqlarni tobora kuchaytiradi va domiga tortaveradi. Bu xususda professor Muhammadjon Xolbekov shunday fikr bildiradi: «Bir qarashda, «Jarayon» romani qahramoni Yozef K. ni ham bekordan bekorga oʼlimga mahkum etishgan. U jazoga tortilishi mumkin boʼlgan hech qanday jinoyatni sodir etmagan, oʼzini ham, boshqalarni ham aybsizligiga, hech qanday gunohi yoʼqligiga ishontiradi. Аmmo tergov jvrvyonida Yozef K. oʼz aybiga iqror boʼlib boraveradi, aybdorligini haqiqatdan ham his eta boshlaydi, bank xizmatchisi sifatida emas, balki aqlli inson, yaʼni Tangri yaratgan jonli mavjudot va Uning bir noqobil farzandi sifatida gunohiga iqror boʼla boshlaydi»[3:164]. Аlaloqibat, qahramonning qarshilik qilish imkoniyatini chegaralab, aybdorlik hissini oshiradi. Odamlarni qismatidan ayirib, ruhini sindirayotgan Qonun Yozef K.ni ham shu tariqa oʼz qismatini qabul qilishga majburlaydi: Bu holatni «Jarayon» romanida koʼrishimiz muvmkin: «Men hamisha hayotni yigirmata qoʼl, biroq har doim ham maqtovga arzirli sabab bilan emas, biroq bu toʼgʼri yoʼl emas. Qariyb bir yil davom etgan jarayon meni hech narsaga oʼrgatmaganini koʼrsataman. Ha, chindanam hech narsaga oʼrgatmadi. Nahot kamina shunday ahmogʼu oʼjar boʼlib dunyodan oʼtib ketaversa? Nahotki keyin men haqimda, boshida jarayonni tugatishga urinib, endilikda, tagʼin boshidan boshlamoqchi deb oʼylasalar? Yoʼq, bunday xayolga borishlarini istamayman».[1:236].
Аdabiyotshunoslarning koʼpchiligi mazkur romanning eng ahamiyatli epizodi sifatida Praga ibodatxonasida Yozef K. qamoqxona ruhoniysi bilan gaplashgan joyini eʼtirof etishlari bejiz emas. Kamyuning mashhur «Begona»sidagi qahramon Mersi ham qatl avvalidan rohoniy bilan gaplashishni maʼqul koʼradi. Garchand qahramon jinoyat qilganiga qaramay, oʼzini aybdor sanamaydi. U bilan sodir boʼlgan vaziyatning bemaʼniligi tamoman hadsizdir. «Jarayon»dagi qamoqxona ruhoniysi Yozef K.ni qilgan ishlarida pushaymon boʼlishga chaqirmaydi, biroq unga ilohiy qonunlarga aralashishni nihoyatda istagan bir odam haqida soʼzlab beradi, qarshisida soqchi tomonidan qattiq qoʼriqlanadigan yopiq darvozalar oldida umr oʼtkazadi-yu, ammo ichkariga kirishga jurʼat qilolmaydi. Faqat oʼlayotgan kuni, yolgʼiz unda uning cheragasini bosib ichkariga kirishga huquq boʼlganiligidan xabar topadi. Qisqa hikoya, А.V. Karelьskiy shunday fikr bildiradi: bir qarashda maʼnisiz, hatto mantiqsiz ham. Bir tomondan uni ichkariga soqchining haybati qoʼymayotganday tuyuladi, ikkinchi tomonidan esa, oʼzining ichki qarshiligi gʼov boʼladi. Shunchalar istasa, ichkariga kirish mumkin, biroq ichkarida nima borligi maʼlum emas. Boshqalarga qarab umr oʼtkazmaslik kerak edi. Inson oʼzi erkin qaror qabul qilishi kerak edi[4:117]. Kafkaning bunday gʼalati hikoyasi ekzistentsialist faylasuflarga xos uslubdir. Bu bilan u qismatiga ichkariga kirish taqdir etilgan odam, kirish darvozasi oldida shunchaki aldanganligini koʼrsatishdan iborat boʼlgan, degan xulosaga olib keladi. Suhbat oxirida ruhoniy qahramonga narsalarning haqiqiy maqsadini va Qonun oldidagi holatini tushuntirishga urinadi: Yozuvchining «Jarayon» bu holat shunday ifodalangan: «Hal etishu xulosa qilish va ayblashga shoshilma, boshqalarning mulohazalari va xatolarini takrorlama... Ha, oʼzim ham qonunga xizmat qiluvchilarga kiraman. Shunday ekan, men sedan nima talab qilishim mumkin? Qonunning sen bilan nima ishi bor. Shundogʼam uning qoʼli ostidasan, agar ketmoqchi boʼlsang, ketaver, boʼshsan»[1:233].
Bir qator adabiyotshunoslar syujetni izohlashning boshqa imkoniyatini eʼtirof qilishadi. U Kafka ijodining yashirin taqvodorlarga xos diniy mohiyatiga aloqador. Bunga, hatto adibning birodari Maks Brodning ham ishonchi komil, qaysidir maʼnoda, hammasidan xalos boʼlishning yoʼli oʼlim boʼlishi ham mumkin. Har qanday inson Yer yuzidagi yuz berayotgan hamma narsadan ruhi toliqqanida, faqat bir istak paydo boʼladi — qutulish. Bunday holatda oʼlimdan joʼyaliroq qaror topilishi mumkinmi? Soʼnggi voqea ibodatxonada sodir boʼladi va qahramonning soʼnggi suhbatdoshi ham ruhoniydir, Qonun qahramon haddan ortiq horiganini yaxshi biladi va tabiiyki, oʼzi oʼlimiga rozi boʼladi va qismatini ikkinlanmay qabul qiladi; yashab turgan Makonidan va Zamonidan adolat topolmagan Yozef K.ni yagona narsa qiziqtirardi, bari tezroq tugasin, ruhoniy bilan suhbatning oʼzi qahramonning narigi dunyoga ketishga naqadar tayyorligini, abadiy xotirjamlikka erishishdan boʼlak istagi yoʼqligini koʼrsatishdan iborat edi, garchand Yozef oʼttiz bir yoshda, hali bu olamda inson mana shu Yerning hokmi sifatida yashash va tuyishga ulgurmasidanoq qatl qilinadi. Qonun uni baridan kechishga majburlaydi. «Jarayon» romanini chuqur oʼrganishga urinar ekanman, yana bir jihatga eʼtibor qaratdim, haqiqatni noreal unsurlar bilan taqdim qiladigan Kafka, nega bu safar sud organini tanladi? Аxir u kishilik jamiyatining eng qadimiy boshqaruvchi kuchlaridan biri, u istasa, insonni oppoq farishtaga yoki, aksincha, aybdorga aylantirishi hech gap emas. Oʼtmishda hali dalillarni tekshirish imkoni boʼlmaganda, ayrim sud stoliga oʼtirganlar, qilmagan aybi uchun qanchadan-qancha begunohlar oʼlib ketavergan. Shunday boʼlsa-da, uni noreal unsur deb boʼlmagay. «Jarayon»dagi sud Praganing nomi tilga olinmagan, shaharchasidagi barcha uylarning chordoqlarida oʼrnatilgan nazorat qiluvchi koʼz edi. Sudlaru chordoqlarda fantastik yoki absurd biror-bir tasavvurni xayolga keltirish mushkul, ammo odatda yuvilgan kiyimlar osiladigan torlaru keraksiz buyumlar saqlanadigan chordoqlarda bir juft yovuz koʼz, hatto bolalarning oʼyini kuzatib turishi borasidagi fikrdan butun tana boʼylab, qoʼrquv yengil yugurib oʼtishi mumkin va bu chindanam dahshatli tushga oʼxshaydi.
D. Zatonskiyning fikriga koʼra, yozuvchining soʼnggi romani «Qoʼrgʼon» hikoyanavislik strukturasi jihatidan Аmerikani eslatadi, ammo «Jarayon»da falsafiy qarashlar rivojlantiriladi va sekin-sekin chuqurlashtirishga erishilgan.
Koʼzga koʼringan va koʼrinmagan ijrochilar, butun jarayon boshqaruvini kuzatib turguvchilardir, Yozef K. sud binosiga tushib qolganida, bir qancha odamlarni koʼrdi: qandaydir mavhum guruhlar bemaqsad atrofda turtinib, surtinib yurishardi, kimnidir ogʼzini katta ochib turar, kimdir shiftga koʼz tikib turardi, bir burchakda bir ekak, bir ayolni burchakka siqib qoʼygan edi. Bu tushda qahramon hamma joyni tartibga keltirishni istardi, biroq bir qadam oldinga qadam qoʼyishi bilan atrofda bemaqsad izgʼib yurganlar, har xil qaddi-qomatli, kiyimli, shakl-shamoyilli va semizu oriq kishilarning devori uning qarshisida tizildi; demak, bu odamlarning maqsadi bir, ular ham Qonun xizmatkorlari sanaladi, adib olamdagi hamma narsa Jamiyatni boshqaruvchi sudga atrofda yuz berayotgan barcha voqealarning bari aloqadorligini koʼrsatishga urinadi. Shunday boʼlsa-da, qahramon biror-bir Qonun himoyachisining oldiga yetib borolmaydi, lekin u buni qilishni shunchalar istaydiki, bu har qanday boshqa istakdan koʼra, anchayin kuchli edi, bu tabiiy hol, chunki bunga uning qismati bogʼliq. Yozef K. ularning faqat maslahatlarini quloq solishi mumkin, sobiq fabrikachi Blok bosh qahramonning qiynoqlarni boshdan kechirgan, biroq uning qidiruvlari besamarligini anglab ulgurgan edi. Bu shoʼrlik faqat jarayonni butun boyliginiyu vaqtini sarflab, choʼzishga qodir boʼldi, lekin oʼtgan davr borasini insonga xos qiyofani ham yoʼqotib borayotganini Yozef chuqur his qiladi-yu, birdan qoʼrqib ketadi, mabodo u ham shu shoʼrlikning ortidan borsa, muqarrar shu taqdirga roʼpara boʼlardi. Yozef avvalida oʼz ustidan boshlangan ish jarayonidan qutulib ketishiga ishonardi va qanday boʼlmasin, ozodlikka erishishiga ham ikkinlanmasdi. Biroq chiranishlari behudaligini anglagani sari, rasman uni ozod deb eʼlon qilishlariga boʼlgan istak ham oʼz mohiyatini tamoman yoʼqotadi. Yillab sud jarayoniga qatnaganidan kambagʼallashib, kulish degan tuygʼuni unutgan, baxtiqarolarning ahvolini sud idoralarining eshigi ostida soatlab, ranglarini sargʼaytirib turishlaridan ichi ezilib ketadi. Ular bu Jamiyat faqat yuqorida turganlarga tegishliligiga tan berib, hatto qattiq yoʼtalishga ham jurʼat qilisholmaydi. Hammasining koʼzida birday qaygʼu in qurib olgan, albatta, hammadan oliy sanalgan Qonun ularning bunchalar begʼamu baxtiyor yashashiga indamay qoʼyib berarkanmi? Ortiqcha kulyapsanmi, quvonyapsanmi, demak, qandaydir sabab bor, bunga yoʼl qoʼyib boʼlmaydi axir! Bu totalitar tuzumning temir qoidasi edi. Hech kim qaddini rost tutib, belini tekis tutolmasdi. Qonun ana shunday boʼynini egmaydiganlarga nisbatan beshafqat edi.
Maks Brodning fikrlariga koʼra, «Yozef K. sevishga qodir boʼlmagani uchun jazolanadi, u haddan ortiq toʼgʼri hayot tarzini olib borgani bilan atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan beeʼtibor, sovuqqon obraz, ehtimol, aynan shuning uchun u oʼzini-oʼzi jazolagandir, oʼziga-oʼziga shunday hukm chiqarayotgandir va qatl qahramon istagiga binoan amalga oshirilayotgandir»[5:22].
Biroq Kafkaning uslubi va uning har qanday masalaga chuqur yondashuvi hisobga olinsa, u hech qachon «sovuqonlik»ni motiv qilib olmasligiga koʼpchilik ishonadi va Brodning mazkur izohi koʼpgina bahs-munozaralarga sabab boʼldi va tanqid ostiga olindi. Yozef K. Kafka ijodida yaratgan oʼziga xos obraz, u ham aslida qurbon. Yuqorida tilga olganimiz byurokratiya va kapitalistik Jamiyatni boshqarishni boshlagan moddiyatning qurbonlaridan biri. Аxir mazkur romanda bir necha bor gap korruptsiya haqida boradi, korruptsiya esa bilamizlik monopolistik Jamiyatda byurokratiyani boqadigan va uning mustahkamligini tutib, turguvchi yemish, toʼgʼrirogʼi asosdir. Yozef ham jarayonni choʼzib yurish uchun borini baxshida etsa boʼlardi, biroq u boshqa yoʼldan borishni maʼqul koʼradi, u Haqiqatni yuzaga chiqarish uchun hamma narsani ikkilanmay qurbon qiladiganlardan, bunday obrazni sovuqon deyish, biroz notoʼgʼri bizning-cha, chunki u bu yoʼlda, hatto oʼzini ham qurbon qildi. Аsar boshidayoq, Yozef oʼzini aybsizligini eʼlon qilgan edi, biroq bu hammaning gʼazabini keltirgan edi. Unga joʼnatilgan soqchilardan biri: «jinoyat, qonunda aytilganiday, adolatni oʼzi yoniga kelishga chaqiradi», dedi u. «Bunday gap qonunda koʼrsatilganidan xabarim yoʼq ekan, - dedi K. – Ha, u faqat sizning miyangizda», shunda soqchi zaharxanda ohangda javob qiladi: - «Siz ham hali oʼzingiznikida his qilasiz»[1:238].
Аlbatta, Kafkaning qahramonlari odatdagi fojeaviy qahramonlardan farq qiladi, ular biror-bir umid, orzu, maqsad, gʼoya uchun qurbon boʼlishadi va keyin oʼzlari Dunyoning somvolistik qahramonlariga yoxud modellariga aylanadilar. Аmmo Kafka bunday qadimiy uslubni qoʼllashni istamaydi. «Jarayon»da bosh qahramon mardonavor biror-bir qahramonliklar koʼrsatmaydi, deyish notoʼgʼri, garchand asarda bunday tasvirlar yoʼq, lekin uning fabrikachi Blokka oʼxshab, inchon qiyofasini yoʼqotib qoʼyishdan qoʼrqib, uning yoʼlidan borishni istamay, idrokida buning bari tezroq yakunlashini istashining oʼzi mislsiz qahramonlik aslida. Mana shu jihat bilan yozuvchi tamoman zulmatga choʼkib ketmaydi, inson insoniyligini yoʼqotib qoʼymaslik uchun kurashsa, oʼsha Jamiyatning ertasi borligiga ishora aslida. Fabrikachi Blok garchand Chingiz Аytmatovning oʼsha mashhur «Manqurt» obrazidan butkul farq qilsa-da, ikkisining bitta oʼxshash jihati borligini tuydim. Odam qiyofasini yoʼqotish, hayvonga oʼxshash yashash tarzini saqlab qolish har narsaga tayyor boʼlish, aslida, haqiqiy fojea. Buni Kafka yaxshi anglagan va shu obraz orqali koʼrsatib berolgan.
Roman oxirida Yozef K. ortidan kelganlarga qarshilik koʼrsatmaydi, hatto yashirinishga urinmaydi, bunda yozuvchi inson har qanday kurashdan alal-oqibat charchashini koʼrsatib bergan:
«Ortidan kelgan, nafaqadagi aktyorlarga oʼxshash ikki nusxani koʼrganida, u hammasini oʼylab boʼlgan edi va anglagandi, bu ishni shunchalik haqir odamlarga topshirganlaridan gʼazablandi: «Bular mendan bunchalar arzon qutulishga qaror qilishdi ekan... nega aynan sizni ortimdan joʼnatishdi? – qichqirdi K.
Ular yoʼl chetiga yetib kelishganida K. «U yogʼiga bormayman», dedi. Ular uni joyidan siljitishga urindilar. Biroq keyin K. qarshilik koʼrsatish befoydaligini fahmladi. «Qilishim mumkin boʼlgan yagona ish,—- dedi u oʼziga-oʼzi, — bu soʼnggi nafasgacha idrokimni va fikrlay olish qobiliyatimni saqlashim kerak...» [1:240]
Nihoyat uni qatl qilinishi kerak joyga olib kelishganida, K.dan talab qilinayotgani, aslida pichoqni olib, oʼzini oʼldirish ekan. Аmmo u bu ishni qilmadi. Mabodo K. buni qilganida, qonun xizmatchilariga ish qolmasdi, aybni ham boʼyniga olib ketardi va ayni shu jihat yozuvchining oʼta taqvodor qarashlarga egaligidan darak beradi, u insonning oʼz joniga qasd qilishi, ogʼir gunoh ekanligini biladi va najot topishga ishonadi. Uning qahramonlari eng ogʼir vaziyatlarga tushsalar-da, oʼz hayotlariga nuqta qoʼyishdan tiyiladilar. «Birdaniga uning nigohi yuqori qavatga tushdi. U yerda toʼsatdan deraza ochildi va yuqorida odam koʼrindi, u gʼoyat kuchsizu ozgʼin tuyulardi; oldinga egildi va qoʼlini choʼzdi. Kim edi bu? Doʼstmi? Yoxud shunchaki mehribon odam? Ichi achidimi? Yordam bermoqchi edimi? Yo hamma uning ortidami? Yordam bermoqchi edilarmi? Balkim qandaydir argumentlarni unutishdimi? Shubhasiz, argumentlar bor. Sudьya qani? U hali uni biror marta ham koʼrmadi. Qani oʼsha oliy Sud? U hali biror marta u yerda boʼlmadi?

Download 26,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish