Fransuzcha: Informatique



Download 125,43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2019
Hajmi125,43 Kb.
#26755
Bog'liq
Informatika - Vikipediya


Informatika

Informatika (nem. Informatik, fransuzcha:

Informatique, inglizcha: computer science

- komputer fani (AQShda), computing

science - hisoblash fani (Buyuk

Britaniyada)), axborotshunoslik — ilmiy

informatsiya (axborot, xabar,

maʼlumot)ning mohiyati, umumiy

xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek,

ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy

informatsiyani tarqatish usullari va

vositalari majmui)ni oʻrganish bilan


shugʻullanadigan ilmiy fan; inson

faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan

bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar

jumlasiga kiradi. Uning markaziy

tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan

sohasi va tarmoqlaridan olinadigan

maʼlumotlar, yaʼni ilmiy informatsiya.

„Informatika“ atamasi 1960-yillarda

Fransiyada yuzaga kelgan boʻlib,

information va automatique degan farang

soʻzlarining birlashmasidan kelib

chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik

ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi

sohani nomlash uchun oʻylab topilgan.

Ilmiy informatsiyani olish va undan

foydalanish sohalari hamda vazifasiga


kura, u turli xillarga boʻlinadi. Mas,

sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy,

iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va

boshqa, vazifasiga koʻra — ommaviy,

maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy

informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va

foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish

Informatika vazifasiga kirmaydi.

Informatika kibernetika,

kutubxonashunoslik, lingvistika,

matematik mantiq va boshqa fanlar bilan

uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish,

ishlab chiqish (oʻrganish), saqlash, izlash

va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz

ichiga oladi. Informatika termini 20-

asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan.

Bu davrda koʻpchilik tadqiqotlar


axborotlarni qidirish muammolari bilan

uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni shu davrda

axborotlarni qidirish tizimi va usullari

yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va

rivojlanishida hisoblash texnikasi va

boshqa texnik vositalarning oʻrni beqiyos,

chunki axborotlar bevosita hisoblash

texnikasi yordamida qayta ishlanadi.

Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish,

qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi

sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan

olim va mutafakkirlar qadimdan

shugʻullanishgan. Mac, Abu Rayhon

Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin

Muhammad Boburnkit "Boburnoma" asari

shunday asarlar jumlasiga kiradi.



Informatika ilmiy fan sifatida rasman

shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda

xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan —

Xalqaro hujjatnomalar fede-ratsiyasi)

tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-

asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika"

termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki

"hujjatnoma va informatsiya" termini

ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM,

informatsiya texnikasi vo-sitalari

(mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish

texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo

boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy

etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa,

kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq

ravishda internet ti-zimining rivojlanishi

umuman Informatika , xususan,


Informatika kommunikatsiya tizimining

yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi.

Izlab topilgan, toʻplangan, qayta

ishlangan "tayyor" informatsiya —

maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-

ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari,

ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob

savdosi, kutubxona-bibliografiya

faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish;

arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informatsion

faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi

muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika

asosiy yoʻnalishlari: hisoblash

texnikasining nazariy asoslari,

informatsiya nazariyasi, hisoblash

eksperimenta, programmalash, sunʼiy

intellekt, informatsiya texnologiyasi va


boshqa Inglizcha gaplashiladigan

davlatlarda Informatika termini oʻrniga

"computer sciense" ("hisoblash fani")

termini ishlatiladi.

Oʻzbekistonda ham Informatika

masalalariga katta eʼtibor berildi. Mac,

1993 yilda informatsiyalashtirish

toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, 1994 yil

Oʻzbekiston xukumati Respublikani

informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini

qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar

va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya

qilishga doir qonun ishlab chiqildi.

Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining "Kompyuterlashtirish va

informatsiyakommunikatsiya



texnologiyalarini joriy qilishni yanada

rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002

yil 30.05) chiqdi va Vazirlar

Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va

informatsiyakommunikatsiya

texnologiyalarini joriy qilishni yanada

rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil

06.06) qabul qilindi.

Informatika masalalari bilan maxsus

tashkilotlar, xususan, yirik

kutubxonalarning informatsiya xizmati

shugʻullanadi. Oʻzbekistonda bu ish bilan

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Aloqa va

informatika un-ti, OʻzR Makroiqtisodiyot

va statistika vazirligi, Davlat statistika

departamenti, hisoblash markazlari, OʻzR



Matbuot va axborot agentligi, radio va

televideniye tizimi, Oʻzdavstandart

shugʻullanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab

chikaruvchilar va tadbirkorlar palatasi

tuzgan (2000) Koʻp funksiyali

informatsiya markazi 14 hududiy hamda

koʻplab shahar va tuman tovar ishlab

chikaruvchilar va tadbirkorlar palatalarini

yagona informatsiya tar-mogʻiga

birlashtiradi. 

[1]


IEEE komputer jamiyati  

(ingl.)


Informatics Europe  

(ingl.)


Havolalar

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Informatika&oldid=1982209



dan olindi 



Manbalar

Last edited 2 years ago by PlanespotterA320

Download 125,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish