Fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi kurashi



Download 36,5 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi36,5 Kb.
#193976
Bog'liq
Fransiya Tarix

Reja:


  1. Urushning keyingi davri.

  2. Fransiya halqining kurashi

  3. Janna d’Ark- halq qahramoni

  4. Urushning tugashi

  5. 15-asrning 2-yarmida Fransiya

  6. Siyosiy markazlashuvning yakunlanishi.

Fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi kurashi. Janna d’Ark 15 asr oxirida

Fransiya.

Fransiya uchun Angliya bilan 1360-yili tuzilgan tinchlik bitimi nihoyatda og’ir edi. Mamlakatning 1/3 qismi inglizlarga o’tdi. Endilikda ingliz yerlari Luaradan Pirineygacha bo’lgan viloyatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu vaziyatda Fransiya yangi janglarga tayyorlana boshladi. Karl 5 qirolligi davrida mamlakatda harbiy islohatlar o’tkazildi. Endigina paydo bo’lgan artileriya to’plarini ko’paytirishga alohida e’tibor qaratildi. Konnetabl – bosh mavqei kuchaytirilib, unga keng huquqlar berildi. Bu lavozimga tayinlangan kichik ritsr Dyugeklan katta jangga kirmasdan, kichik –kichik janglarda ingilizlarni yengib, ularni asta sekin dengiz qirg’og’iga chekintirdi.

Ammo Fransuzlarning g’alabalari uzoqqa cho’zilmadi. Oradan ko’p vaqt o’tmasdan yana saroy nizolari kuchayib ketdi. Bundan foydalangan ingilizlar yangidan hujumga o’tdilar. Ko’p jihatdan hal qiluvchi jang 1415-yili Azenkur shahri yonida bo’ldi. Fransuz ritsarlarining jangdagi mag’lubiyatidan foydalangan ingilizlar Fransiyaning shimoliy qismini to’liq egallashdi.

Mamlakatda parokandalik boshlandi. Ruhoniylar, ko’plab viloyatlar Angliya qirolini tan olisha oshiqardilar. Eng qudratli feodallardan biri Burgundiya gersogi ham ingilizlar tomoniga o’tdi.Feodalar xoinligi oqibatida ingilizlar Parijga kirdilar. Nihoyat, 1420-yili Karil V1 Fransiya uchun tahqirli Trua shartnomasiga qo’l qo’yishga majbur bo’ldi. Shartnomaga binoan Fransiya va angliya Genrih V hukmdorligidagi yagona qirolikka aylandi. Lekin taqdir taqozosi bilan 1422-yili Genrih V 36 yoshida to’satdan vafot etdi. Angliya va Burgundiya 10 oylik.

Genrih 6 ni qirol deb elon qilishdi. Fransiyaning markaziy va janubiy viloyatlari Karl 7 (1422-1461yillar) qirolligini tan oldilar. Taxt uchun kurash davom etardi. Fransuz qo’shinlarining qolgan qutganlari Laura Fransiya qirg’og’idagi qal’alarga joylashadi. Ularning tayanch maskani Orlean shahri edi. Mabodo shahar taslim bo’lsa, mamlakat janubiga boradigan yo’l ochilardi. Vaziyatni tushungan ingilizlar Orleanni qamal qildilar. Fransiya taqdiri Orlean ostonalarida hal bo’lmoqda edi. Inglizlar mamlakatda ho’jayinlik qila boshlashi, tahqirlash va talashlar aholining qarshiligini kuchaytirdi. Feodallarning ojizligini ko’rgan halq o’z uyini va mamlakatni o’zi himoya qilishi vaqti kelganligini angladi. Fransiya shahar va qishloqlariga talonchilarning hujumlarini qaytarish uchun aholini cherkov qo’ng’iroqlarini chalib to’plashardi.

Bu borada Orlean shahri aholisining 200 kunlik mudofaasini alohida ta’kidlash lozim. Shaharliklar uzoq –uzoq joylardan toshlar keltirib, zambaraklarga o’q tayyorladilar, temirchi ustalar qurol aslahalar yasadilar. Ingilizlar hujumi paytida butun aholi qal’a devorlarida turib ularga qarshi jang qilardilar.

Fransiya tarihidagi nihoyatda og’ir bir pallada urushda Janna d’Ark nomi bilan bo’g’liq keskin burilish bo’ldi. Janna xalq harakativakillar orasida uning timsoli va qahramoniga aylandi.

Janna d’Ark 1412-yil Fransiyaning Lotaringiya bilan chegaradosh kichkikina domremi qishlog’ida dehqon oilasida tug’ilgan . mamlakatning nisbatan tinch bo’lgan bu qismiga urush avj olgan hududlaridan ko’plab qochoqlar kelgandi. Qizcha yoshligidan qochoqlarning urushdagi azob uqubatlari haqidagi hikoyalarni tinglab katta bo’ldi. Uning ta’srirchang hayollarida qo’shimga qo’mondon bo’lib Fransiyadan inglizlarni haydash istagi va ishonchi tug’ildi.O’ychan va tavqador qizaloq avliyolar nidosini eshitganligini va ular Jannani harbiy jasoratga da’vat etib, yordam berishni va’da qilganlarini ta’kidlardi. Orlean qamalini eshitgan Janna Vokuler shahriga kelib, qal’a qo’mondonini o’ziga xaloskorlik vazifasi yuklanganligiga ishontiradi. Ot va qurol-yarog’ olib, erkaklar kiyimini kiygan Janna harbiy otryad hamkorligida shahzodaKarl turgan shinon qal’asiga keladi. Uning haqidagi xabar tez orada butun Fansiyaga yoyilib, xalqda Jananning mo’jizakor kuchiga ishonch tug’ildi.

Karl 7 qobilyatli hukumdor sanalsa-da, beg’am va dangasa bo’lib, bu paytda behuda harakatlardan toliqqan va hatto taxtdan voz kechishga tayyor edi.

Shunday bir vaziyatda holdan toygan saroy ahllari va qo’shinga 16 yoshli Janna d’Ark extirosli chaqiriqlari bilan murojat qilib ularni ruxlantirdi. Qirol sinash uchun Jannani tajribali harbiylar hamrohligida Orleanga yubordi. Xalq uni avliyodek kutib oldi va baland rux bilan jangga kirishdi. Zamondoshlarining hikoyasicha, janglardan birida yaralgan Janna yig’lab yuboradi, lekin tezda o’zini tutib olib, yana olishuvni davom etiradi. Ingilizlar qurgan istehkomlar bir necha kun davomida zabt etilib, Orlean qamaldan halos bo’ldi. Dushmanlar chekinishi Janna shuhratining butun mamlakatga yoyilishiga sabab bo’ldi. Janna d’Ark urushga xalq urushu tusini berdi. Shu paytgacha harakatsiz xalq ommasi endi tug’yonga kelgandi. Xalq harakati boshida oddiy oiladan chiqqan qiz turardi. Janna Fransiyada va fransuzlardan ilk marotaba millat tuyg’usini uyg’otdi.

Janna d’Arkning qat’iy taziyqi bilan Karl 7 ning Reymasga yurush uyishtirib toj kiyishi hukumdorning halq ko’z oldida vaYevropaning boshqa mamlakatlarida yagona qonuniy qirol sifatida tan olinishiga sabab bo’ldi. Shampan grafligi yerlarini ozod qilishda ishtiroki Jannaning obro’sini yanada ko’tardi. Lekin Janna d’Ark lashkarining Parijni olishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Dastlabki g’alabalardan keyin Janna d’Akning halq orasidagi obrosi ko’tarilib ketganligi Qirol va unung a’yonlarida havotirlanish tug’dirdi. Jannaning dehqon qizi halqda o’ziga ishonch va hurmatni orttirdi, feodallarda esa qo’rqinchni vujudga keltirdi. Kampen ostonalarida 1430- yil may oyida bo’lgan jangda Janna asir tushib qoladi. Burgundiya gersogi uni 10000 oltin tanga hisobiga ingilizlarga sotib yuboradi. Yil oxirida inglizlar Janna d’Arkni Ruan shaxriga keltirib xiristiyan cherkovi sudiga topshirishdi. Uni qutqarish uchun Fransiya qiroli hatto harakat qilib ko’rmadi.

Ingilizlar Janna d’Arkning ingilizlar kamsitish maqsadida jodigorlikda ayibladilar. Tribunal Janna d’Arkni jodigarlikda ayiblab 1430-yil mayida ruan shahri markaziy maydonida gulhanda yondirdi.

Hozirgi kunda Janna d’Ark qatil etilgan joy oq but chekilgan marmar tosh bilan belgilangan mamlakatda tartibsizliklar hukm surgan bir paytda Karl7 muhm moliaviy va harbiy islohatlar o’tkazdi. Qirol moliya ishlarida Jak Kiyorga topshirdi. Mashhur savdogarlar honadonidagi kabi hisob kitobni yolga qo’ydi. Har biri 150 qurollangan jangjidan iborat 12 ta jandarmeriya eskadonlari tuzildi. Ingiliz qiroli bilan 1453- yili sulh tuzildi, bitmga binoan Kalya partegina ingilizlar qo’lida qoldi. Hukumatning 1451-yildagi qarori bilan hamma dehqonlar 8 yilga soliqlardan ozot etilib ular o’z yerlariga qaytishlariga da’vat qilindi. Lyudovik 11- davrida (1461-1483yillar) davlatning iqtisodiyotida proteksiyonzim-sanoat va savdoni rivojlantirishni davlat himoyasiga olish siyosati sezilarli natijalar bera boshladi. 15-asr ohirida yarmarkalar gullab- yashnaganligi fransiya ichki bozorining yutuqlaridan darak beradi.

Lyudovik Burgundiyaning g’arbiy qismini Fransiyaga qo’shib oldi. Keyingi qirol Karl 8 ning Britan gersogi qizi Annaga uylanishi 1491-yil va Burgundiya qo’shib olinishi bilan Fransiyaning markazlashuvi to’liq yakunlandi.

Reja:


  1. Urushning keyingi davri.

  2. Fransiya halqining kurashi

  3. Janna d’Ark- halq qahramoni

  4. Urushning tugashi

  5. 15-asrning 2-yarmida Fransiya

  6. Siyosiy markazlashuvning yakunlanishi.

Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish