Fransiyaning moliya tizimi
1. Fransiyaning moliya tizimi va uning aloxida buginlarini siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy mohiyati.
Fransiyada davlat budjeti boshk mamlakatlar singari, balans metodi asosida kuriladi ,ya’ni uning xarajatlari daromadlri bilan teng bulishi lozim Birok ,solik tushumlarining muttasil usib borishiga karamay Fratsiyada davlat budjeti defitsiti kuzatilmokda ,ya’ni davlat xarajatlarining daromadlaridan kup bulishi tabiiy xol bulib kolmokda Budjet defitsitini koplash uchun soliklar kabi davlat daromadlarining doimiy elementlariga aylangan davlat zayomlaridan foydalaniladi Zayomlar chikarilishi tuayli davlat karzi keskin usdi,Fransiyada davlat karzi 3898 mlrd frankdan oshib ketdi
Budjet tizimi - bu mamlakat xududida amal kiladigan barcha budjetlar yigindisidir
Budjet tizimini davlat tizimiga karab belgilanadi Unitar davlatlarda budjet tizimi 2 bugindan iborat :davlat budjeti va kup sonli maxalliy budjetlar fransiyada maxalliy budjetlar uzlarining daromad va xarajatlari bilan davlat budjetiga kirmaydilar
Zamonaviy sharloitlarda davlat xarajatlarining 13 % dan 25% gachasi soliklar va boshka daromadlar yordamida koplanmaydi,ular davlat zayomlari chikarish yuli bilan moliyalashtiriladi Davlat zayomlarini sotishdan olingan mablaglar belgilangan mikdorda xarbiy maksadlarga ,davlat boshkaruvi apparatiga xarajat kilinadi Davlat karzining yukori foiz tulovlariga muvofik usishi karzlarni boshkarish bo‘yicha xarajatlar davlat budjetining eng tez o‘suvchi bo‘limiga aylanishiga sabab bo‘ladi. 2001 yilda Fransiyada davlat budjeti 264 mlrd, frankni tashkil etgan.
Fransiya hukumati budjet defitsitini qisqartirish uchun chora-tadbirlar ishlab chikmoqda. Buning eng qulay vositasi-harbiy xarajatlarni qisqartirishdir.
Har bir davlatning davlat budjeti strukturasi milliy xususiyatlarga ega. Masalan: davlatning joriy xarajat va daromadlarini kapital xarajatlarga xarajatlar aloxidaligi.
Budjet yili - bu tasdiklangan budjetning amal kilish davri. U har doim ham kalendar yiliga mos kelavermaydi. Fransiyadagi budjet yili kalendar yili bilan tug‘ri keladi.
Mablag‘larni markazlashuvi muhim iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega, chunki to‘plangan daromadlar davlat tomonidan ko‘zda tutilgan tadbirlarni hayotga tadbiq etishning muhim qurollaridan biri sifatida xizmat qiladi. Bu esa resurslardan ustalik bilan foydalanish, ularni hal qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot nuqtalariga sarflash, butun mamlakat hududida yagona iqtisodiy va moliyaviy siyosatni amalga oshirish imkonini beradi.
Fransiyada pensiya ta’minotini xarajatlari uchun YAIMning 11.8% sarflanadi.
Maxalliy budjetlar, markaziy hukumat budjeti singari, takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadilar. Mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlari davlatning shunday funksiyalarini bajaradilarki, ularni markazdan turib emas, balki joylarda amalga oshirish samaraliroq.
Mahalliy budjetlar tizimi davlat tizimiga muvofiq belgilanadi (federal yoki unitar davlat) . 1960-70 yillardamarkaziy va mahalliy organlarning moliyavii munosabatlari ancha yaqin bo‘lib, mahalliy moliyaning tartibga solish kuchi va uning takror ishlab chiqarish jarayoniga hamda ijtimoiy munosabatlar sohasiga ta’siri yanada kuchayadi.
Mahalliy budjetlarda moliyaviy nuqtai nazaridan
yetarlicha samarali bo‘lmagan ikkinchi darajali soliqlar berkitilgan. Mahalliy budjetlarga kelib tushadigan asosiy soliqlardan biri bo‘lib, asosan uy egalari to‘laydigan mulk solig‘i hisoblanadi.
Birok mahalliy hokimiyat organlari o‘zining funksiyasini amalga oshirish uchun soliqlar kamlik qiladi. Mahalliy budjetlarda doimiy defitsit va ularni qoplash uchun davlat budjetidan dotatsiya, subvensiya, kredit ko‘rinishida mablag‘ oladilar. Bundan tashkari yirik mahalliy organlar markaziy hukumat tomonidan kafolatlangan mahalliy zayomlarni emissiya qilish huquqiga ega.
Yetakchi chet el davlatlari davlat budjetidan to‘g‘ri va egri soliqlar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagicha harakatlanadi:
A+SH, Byukbritaniya, Yaponiyada to‘g‘ri soliqlar, Fransiya, va Germaniya esa egri soliqlar ustundir.
Fransiyada mahalliy budjet daromadlari, qoida bo‘yicha, mulkdan olinadigan soliqlar hisobiga shakillanadi. Mazkur budjetga shuningdek alohida aksizlar va yig‘imlar ham tushadi. Soliqlardan tashqari mahalliy hokimiyat organlari munitsipal mulkdan uy rentasi ko‘rinishidagi daromadlarga, suv ta’minotidan va boshka maishiy xizmatlardan keladigan daromadlarga, shuningdek turli ma’muriy yig‘imlarga va mahalliy soliq litsenziyalariga ega.
90-yillarning ikkinchi yarmida mahalliy budjet xarajatlarining keskin o‘sishi kuzatilgan. Ayniqsa, shahar budjetlari yuqori sur’atlarda o‘smoqda, munitsipal xarajatlarda ularning ulishi 40%dan 60%gachadir. O‘zlarining daromadlari chegaralanganligi sababli maxalliy budjet xarajatlarining o‘sishi doimiy defitsitni keltirib chiqaradi; eng katta defitsitlar shaxar budjetlaridadir. Shu bilan bog‘liq ravishda maxalliy budjet xarajatlarining 20% dan -50 % gacha davlat budjeti kreditlari va subsidiyalari yordamida qopladi, bu esa maxalliy xokimiyat organlarining markaziy hukumatga to’beligini mustahkamlaydi.
Budjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlar turli mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Fransiyada maxalliy budjetlar davlat budjetidan subsidiya va dotatsiya ko‘rinishida mablag‘ oladilar.
2.Fransiya moliya tizimidagi maxsus fondlar.
Fransiya moliya tizimida maxsus fondlar muhim o‘rin egallaydi. Ularda yirilgan mablag‘lar salmoqlidir. Fransiyada maxsus fondlar razmeri bo‘yicha malakatning davlat budjetiga yaqindir.
Fransiya moliya tizimida maxsus fondlarga turli avtonom va birlashgan budjetlar, budjetdan tashqari fondlar, maxsus smetalar va schetlar kiradi. Ularga avvalo iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalar yuklatilgan. Fond mablaglaridan foydalanib davlat ishlab chiqarish jarayoniga aralashishi, korxonalarga kreditlar va subsidiyalar berish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatimsh mumkin.
Maxsus fondlar qoida bo‘yicha, maqsadli harakatga ega. Ijtimoiy sug‘urta fondi, sug‘urtalanuvchilarga pensiya va posobiya to‘lash, kredit fondi-tadbirkorlarga yoki boshqa davlatlarga ssuda taklif kilish lozim.
Foydalanish maqsadalrga ko‘ra maxsus fondlarga iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot, kredit, ijtimoiy, shaxsiy va mulkiy sug‘urta, harbiy siyosiy, davlatlararo fondlarga bo‘linadi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Iqtisodiy fondlar xo‘jalik hayotini tartibga soladi. Masalan, investitsion, konyukturali.
Ilmiy texnik taraqkiyot ilmiy tadqiqot fondlarini yuzaga keltiradi. Uning mablag‘lari yordamida sanoatda ilmiy izlanishlarni qullab-quvvatlash, fundamental tadqiqotlarni amalga oshiruvchi davlat ilmiy markazlarini saqlash ishlari moliyalashtiriladi.
Kredit fondlari - bu davlat banklari, jamg‘arma kassalari, qaytarish va foiz to‘lash shartalari bilan mablag‘ beriladigan kredit muassasalari ixtiyoridagi resurslar. Bunday fondlardan davlat buyurtmasini bajarayotgan yoki davlat dasturiga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar foydalanish huquqiga ega. Kredit fondlar fransiyada Moliya vazirligi tarkibiga pul harakatini nazorat qilish bo‘limi kiradi.
Fransiya moliyasini boshqarish iqtisodiyot, moliya va
budjet vazirligiga yuklatilgan.
Xususiy milliy va tranmilliy korporatsiyalarda moliya bulimlari. 1990 yillarda Fransiyada aksionerlik jamiyatlari va korxonalar moliyasiga ishbilarmon operatsiyalarni globallashtirish va kompyuter texnikasidan keng foydalanish katta ta’sir kursatadi.
Biznes operatsiyalarini keng mikyosda amalga oshirilishi korporatsiyalarda takror ishlab chikarish sharoitlarini yengillashtiradi va ularning moliyaviy axvolini yaxshilaydi. Bu shuningdek xizmat kursatishga muljallangan kompyuterlarga, jumladan banklarga, reklama agentliklariga, buxgalteriya firmalariga xam tegishlidir.
Albatta, fakat milliy bozorlarga ixtisoslashgan korxonalar amal qiladilar, lekin tadbirkorlarni nazarda tutish kerakki, muvaffoqiyatli faoliyat yuritish uchun biznesni keng miqyosda yo‘lga qo‘yishi kerak.
1990 yillarda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib, moliyaviy qaror qabul qilish jarayonini keskin o‘zgartirib yubordi. Asosiy kompaniyalar lokal setkalar bilan, iste’molchi va yetkazib beruvchilar kompyuterlari bilan bog‘langan personal kompyuter tizimi bilan ta’minlangan, bu moliyaviy menedjerga uni qiziqtiruvchi axborotlarni olish va ratsional qaror chiqarishga imkon beradi.
Moliyaviy menedjmentning korporatsiyaning pul fondlarini safarbar qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha asosiy vazifasi korporatsiyaning real aktiv va passivlarini maksimallashtirishdan iborat.
Moliyaviy menedjmentning quyidagi muhim masalalari katta ahamiyatga ega.
1. Korparatsiya faoliyatining moliyaviy tomonini rejalashtirish va prognozlash;
2. Katta mablaglarni investitsiyalash jarayonida maksadli qarorlarni qabul qilish;
3. Korporatsiyaning moliyaviy faoliyatini uning barcha xizmatlari bilan muvofiqlashtirish;
4. Moliya bozorida qo‘shimcha kapitalni safarbar qilish, xususiy aksiya va obligatsiyalarni realizatsiya qilishga oid yirik operatsiyalarni o‘tkazish.
Milliy va trasmilliy kompaniyalarning moliya bo‘limlari strukturasi aksioner jamiyatlarining tashkiliy xuquqiy formasi kabidir.
Masalan “Dyupon” amerika korporatsiyasining moliya bo‘limi 9 idoradan va 29 sektordan iborat. Moliyaviy masalalar bo‘yicha bosh menedjer korproatsiyaning vitse prezidenti xisoblanadi va u bevosita prezidentga xisobot beradi.
Davlat daromadlari va xarajatlari tizimi.
Zamonaviy chet davlatlarda davlat budjeti kuyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- milliy daromadni kayta taksimlash;
- iktisodiytni davlat tomonidan tartibga solish va ragbatlantirish;
- ijtimoiy siyesatni moliyaviy ta’minlash.
1. Xozirgi kunda milliy daromadning 40% - 60% moliya bo‘g‘inlari orqali, 35% davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi. Siyosiy iqlimning o‘zgarishi, xalkaro munosabatlarning o‘zgarishi, shuningdek 1990 yillarda xarbiy xarajatlarning kamayishiga qaramay fransiyada xarbiy xarajatlar davlat budjetining asosiy xarajati bo‘lib qolmoqda.
2. Fakat davlat ixtiyoridagi milliy daromadlarning ulushi kupaygandan sung iktisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mumkin bulib koladi. Bu esa dastlab 1-Jax;on urushi yillarida amalga oshiriladi. (1914-1918). Urush tugagandan sung tartibga solish tadbirlar tugatiladi va 1929*193 yillarda chukur iktisodiy krizis ruy beradi (Buyuk depressiya).
3. Davlat budjeti ishchi kuchini takror ishlab chikarish uchun yirik mablag‘lar manbai bo‘lib qoladi. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarishdagi moddiy texnik taraqqiyot darajasi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta ta’minot xarajatlariga ko‘p jihatidan bog‘likdir.
Fransiya davlat budjeti xarajatlari 5 guruhga bo‘linadi:
-xarbiy xarajatlar;
-iktisodiy aralashuv; "ijtimoiy maksadalar;
-davlat boshkaruv apparati;
-rivojlanayotgan davlatlarga subsidiya va kreditlar berish;
Davlat budjetida iktisodiyotga aralashuv va ijtimoiy maqsadlar uchun xarajatlar asosiydir.
Fransiyada harbiy xarajatlar davlat budjeti xarajatlarining 10% - 30% tashkil etadi. Ular turri va egri harbiy xarajatlarga bo‘linadi.
To‘g‘ri harbiy xarajatlarga zamonaviy strategik qurol ishlab chiqarish, harbiy xarakterdagi ilmiy izlanishlar, militaristik bloklarni saqlash harajatlari kiradi (NATO).
Bilvosita (egri) xarbiy xarajatlarga davlat qarzi bo‘yicha to‘lanadigan bir kism foizlar, halok bo‘lganlar va urush nogironlariga pensiya va posobiyalar tegishlidir.
Fransiyada davlat sog‘liqni saqlash xizmati mavjud, ya’ni barcha turdagi tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi. Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy xarajatlarning anchagina qismi mahalliy budjetlar tomonidan qilinadi.
Davlat byushkaruvi apparati xarajatlariga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatlar, sud, prokratura organlarini saqlash xarajatlari kiradi.
Davlat budjetiga mablag‘larni safarbar qilishda soliqlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ularning hisobiga davlatning funksiya va vazifalarini bajarish uchun moliyaviy baza yaratiladi.
Soliqlar byubdjet tizimining barcha bo‘g‘inlariga safarbar qilinadigan milliy daromadning bir qismi hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilar ishchilar, fermerlar, xodimlar, mayda
mulkdorlar, tadbirkorlar, korporatsiyalar hisoblanadi.
Soliqlarning mohiyati ularning funksiyalarida namayon bo‘ladi. Soliqlar ikki asosiy funksiyalarni bajaradi: fiskal va tartibga solish.
Soliq siyosati kapital to‘plash, uni markazlashuvini tezlashtirish, aholining to‘lovga qobilliliga ta’sir ko‘rsatadi.
Fransiyada ++C egri soliqlarning 80%ni tashkil etadi. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida barcha chetga olib chiqilayotgan tovarlar ++Sdan ozoddir.
Bojxona bojlari - bu import va eksport tovarlaridan olinadigan soliqlar.
Xalqaro mehnat taksimoti bilan borliq ravishda ikkinchi jahon urishidan so‘ng daromad manbai sifatida bojxona bojlarining o‘rni iqtisodiy rivojlangan g‘arb davlatlarida pasayib ketgan edi.
Xarajatlar va soliqlar orqali budjet iqtisodiyot va investitsiyalarni tartibga soluvchi va rag‘batlantiruvchi, ishlab chiqarish unimdorligini oshiruvchi muxim instrument sifatida xizmat kiladi. Davlat xo‘jalikning yetakchi tarmoqlarini – aviaqurilish, fazoviy dasturlar, atom sanoati, mashinasozlik va boshqalarini qo‘llab quvvatlaydi.
Budjet daromadalari - davlat moliya resurslarining bir qismidir.
Davlat tuzimiga ko‘ra daromadlar: markaziy budjet daromadlari va unitar davlatlarda maxalliy budjet daromadlariga bo‘linadi.
Budjet daromadlari davlat daromadlariga nisbatan tor tushinchadir.
Budjet daromadining asosiy moddiy manbasi - mildliy daromad xisoblanadi. Agar moliyaviy extiyojlar uchun ular etishmasa, davlat milliy boylikni jalb qiladi.
Soliqlar, davlat krediti va pul emisiyasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat turli davlatlarda xar xil.
1.Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy metodi - budjet daromadlarida katta ulushga ega bo‘lgan soliqlar hisoblanadi.
2. Moliyaviy ahamiyatiga ko‘ra navbatdagi budjet daromadi davlat zayomlari hisoblanadi. Davlat zayomlariga ega bo‘lishning ikki turi mavjud:
A) Davlat nomidan kimmatli korozlarni chikarish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shoxslardan olingan davlat zayomlari;
B) Markaziy bankdan va boshka kredit muassasalardan olingan kreditlar.
3. Soliq tushumlarini, davlat zayomlarini olish qiyin bo‘lsa, davlat pul emissiyasini amalga oshiriladi.
Ijtimoiy taminotdan tashkari soliqlar moddiy asosga xam ega ya’ni ular davlat tomonidan safarbar qilinayotgan pul mablaglari real summani aks ettitradi.
Fransiya davlat budjetiga quyidagi yirik daromadlar yo‘naltiriladi:
Aholidan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiya foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, ++S, bojxona bojlari…
Rivojlangan davlatlarning zamonoviy soliq tizimi tug‘ri va egri soliqlarni o‘z ichiga oladi.
Budjet har bir davlatga uning obyektiv ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir.
Har qanday davlatning budjeti o‘z ichiga soliqlar, zayomlar, xarajatlar kabi kategoriyalarni oladi. Mazkur hol esa budjetni iktisodiy kategoriya sifatida aniqlash imkonini beradi.
Budjet - bu moliya tizimining markaziy bo‘g‘ini, shuning uchun u o‘zida moliyaning barcha belgilarinir aks ettiradi.
“Moliya” - bu pul munosabatlari tizimidir. Bu jarayonda markazlashtirilgan pul fondlari shakillantiriladi va ulardan foydalaniladi. “Budjet” - ham pul munosabatlarining tizimini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |