3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasida
xalq farovonligini
belgilovchi asosiy omillar qatorida davlat moliyasi, davlat byudjeti jumladan,
davlat maqsadli jamg’armalari hamda ularning pul aylanmasining barqarorligi
belgilab olindi. Ijtimoiy rivojlanish jarayonida davlat byudjetini tashkil etish va
byudjetning g’azna ijrosini ta’minlash ishlari davlatning o’z
funktsiya va
vazifalarini to’liq ado etish, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish
maqsadida amalga oshirilmoqda.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg’armalarining barcha daromadlarini,
shuningdek, byudjet tashkilotlarining
byudjetdan
tashqari
mablag’lar bo’yicha tushumlarini Yagona g’azna
hisobvarag’iga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobvaraqdan amalga
oshirishni
nazarda
tutadi.
Bu
esa
davlat
byudjeti,
davlat
maqsadli
jamg’armalari,byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan
tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining
tezkor nazoratini
va monitoringini olib borish, davlat mablag’larining samarali
ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to’g’risida tezkor
tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi. Respublikamizda iqtisodiy
rivojlanishning zamonaviy bosqichida vujudga kelgan barcha muammolar byudjet
tizimining butunlay yangi qonunchilik asoslarini yaratish, davlat byudjetini
boshqarishning sifat jihatidan yangilashni talab qiladi.
Bunda bizga byudjetni
prognozlashtirish va davlat byudjeti g’azna ijrosida amalga oshiriladigan islohotlar
o’zgarishlari ko’mak beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek,
«Qachonki, hududlardagi vaziyat ijobiy tomonga o’zgarsa, byudjet ijrosi to’liq
ta’minlansa, jinoyatchilik kamaysa, yangi ish o’rinlari yaratilsa, eng muhimi,
xalqimizning turmush darajasi yaxshilansa, mahalliy Kengashlar faoliyatiga ijobiy
baho bersa bo’ladi»
1
.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy majlis Senati va Qonunchilik
palatasiga Murojaatnomasi. 2017 yil. 22 dekabr.
4
Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan
aytib bo’lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir
sharoitda davlat
qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon
zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin
pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab
muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o’sish sur’atlariga
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
byudjet jarayonida yuzaga kelayotgan o’zgarishlarni amalga oshirish, davlat
byudjetida moliyaviy resurslar
oqimini tartibga solish, moliyaviy mablag’larni
yagona xukumat organiga markazlashtirish va davlat moliyasining holati bo’yicha
tezkor axborot olish, ushbu axborotlardan byudjet ijrosi jarayonida optimal
boshqaruv qarorlari qabul qilishida xorijiy tajribalarni qo’llash masalalari dolzarb
bo’lib bormoqda.O’zbekiston Respublikasi byudjet jarayonidagi hozirgi zamon
dolzarb muammolarni o’rganish maqsadida
bitiruv malakaviy ishimizga
«Fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish»
mavzusi tanlab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: