Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi



Download 35,7 Kb.
bet1/4
Sana11.01.2022
Hajmi35,7 Kb.
#343903
  1   2   3   4
Bog'liq
Fransiya


Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi (fransuzchaRépublique française)[1] — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 67,5 million kishi (2021). Poytaxti — Parij shahri. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (GvadelupaMartinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5-yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning sharq va janubida togʻ tizmalari, markazining janubiy qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim, sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, Fransiya Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. Fransiyada foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.

Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolida Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻʼtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli-sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfevralda oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubi-gʻarbda 5—7°, mamlakat janubida 8—10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16—18°, shimolida 20—22°, janubi-gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng kupi (1500-2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda „terra rossa“ deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20 % ni tashkil etadi. Shim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan.da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10 % himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisining 90 % dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73 %. Aholining 80 % xristian (katolik), 5 % ga yaqini musulmon, 2 % protestant, 1 % yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.



Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Francia, 1703

Fransiya hududida odam juda kddim zamondan, taxminan 1 mln.-yildan buyen yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi („Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat „Fransiya“ deb atala boshladi. 1302-yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti-yillik urush (1756—1763) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22 sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793-yil 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.

1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2 dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2 dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18 martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—1893-yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi Fransiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya Birinchi jahon urushi (1914—1918)da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936-yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938-yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939-yil 3 sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940-yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda Fransiyaga Italiya urush eʼlon qildi. 14 iyunda esa Olmoniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22 iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942-yil 11-noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940-yil general Sh. de Goll boshchiligida „Ozod Fransiya“ harakati (1942-yildan „Kurashayotgan Fransiya“) tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941-yil 24 sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943-yil 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944-yil 2 iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944-yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.

Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24 dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.

Toʻrtinchi respublika davri (1946—1958) boshlandi. 1949-yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida „milliy najot“ hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu-yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966-yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965-yil 19 dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7-yilga prezident etib saylandi. 1968-yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969-yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969-yil „Respublika uchun demokratlar ittifoqi“ partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974-yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981-yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88-yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-yil 25 sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga oʻzgartirildi. 2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992-yil 3 yanvarda tan olgan va 1992-yil 1 martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962-yil tuzilgan, 1976-yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978-yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965-yil tashkil etilgan, 1995-yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920-yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972-yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiyadagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895-yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; „Fors uvriyer“, kasaba uyushma markazi, 1947-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4 % ni tashkil etadi (2002).

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning janubi-gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. „Reno“ va „Pejo“ kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6 % ni tashkil qiladi, shundan 40 % yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55 %). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.

Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.

Tashqi savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.

Rasmiy nomi — Fransiya Respublikasi. Poytaxti — Parij. Hududi – 549,2 ming km.kv. Aholisi – 62 lmn kishidan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — katolik (90%). Pul birligi — yevro.

  


Download 35,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish