Trikotaj
Trikotaj (frans, tircoter toʻqimoq) — bir yoki bir necha iplardan halqalar hosil qilib, ularni oʻzaro
biriktirish (oʻrish) natijasida olinadigan mato yoki buyum. T. iplarning tarkibiga, ishlatilishi,
pardozlash usuli va tuzilishiga qarab turlarga boʻlinadi. Tarkibi ga qarab, paxta ipi, jun, ipak va
kimyoviy tola aralashgan iplardan toʻqilgan xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, T. buyumlar yoki
matolarga boʻlinadi. T. buyumlariga kostyum, jemper, kofta, palto, qoʻlqop, koʻylak, ichki kiyim,
paypoq va boshqa matolariga sunʼiy moʻyna, sunʼiy charm kiradi; bular texnik maqsadlarda va
turli xil kiyimlar tayyorlashda ishlatiladi. Pardozlash usuliga qarab, dagʻal, oqartirilgan, tekis va
boʻyalgan xillarga boʻlinadi. T.ning asosiy fizikmexanik xossalari uning tuzilishiga, xalqalarning
shakli va oʻlchamiga, ipning yoʻgʻon va ingichkaligiga, qalinligi va pishikligiga bogʻliq. Tuzilishi
(strukturasi) ga qarab, koʻndalang toʻqilgan, tanda oʻrilishli, bir qavatli va ikki qavatli boʻladi. T.
yumshoqligi, elastikligi, g`ijimlanmasligi, yengilligi, oson yuvilishi bilan boshqa toʻqima
matolardan ustun turadi. T. oʻrilish boshqa oddiy gazlamalar oʻrilishidan farq qiladi. Bir yoki bir
necha uzluksiz ip xalqalarini bir-biriga birlashtirib hosil qilinadi. T. halqalarining qanday hosil
boʻlishiga qarab, koʻndalang toʻqilgan (kulir) va boʻylama (tandadan toʻqilgan) T. farqlanadi.
Koʻndalang toʻqilgan (kulir) T. matodagi hamma halqalar qatori bitta ipning birin-ketin egilib
bukilishidan hosil boʻladi. Boʻylama (tandadan toʻqilgan) T.da esa har bir xalqa alohida ipdan hosil
boʻladi. T. oʻrilish bir qavatli va ikki qavatli boʻlishi mumkin. Bir qavatli T.ning oʻng tomoni bir
tomonda, teskari tomoni boshqa tomonda joylashadi. Ikki qavatli T.da esa ikkala oʻng tomoni
yoki ikkala teskari tomoni bir yoqda joylashgan boʻladi. Ikki kavatli T. qalinroq, pishiqroq va
ogʻirroq. T. oʻrilish asosiy, xosilaviy va gulli oʻrilishga boʻlinadi. Asosiy oʻrilishlar guruhiga bir xil
halqa beradigan oddiy oʻrilishlar kiradi. Bunday oʻrilishlarga kulir toʻqimasi, triko zanjir, atlas misol
boʻla oladi. Hosilaviy oʻrilish asosiy oʻrilishni oʻzgartirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Bunday
oʻrilishlarga hosilaviy kulir toʻqimasi, movut va boshqa misol boʻladi. Gulli oʻrilishlar guruhiga
asosiy oʻrilishlar bazasida gul shakli hosil b>;ladigan oʻrilishlar kiradi; bularni tayyorlash uchun
mashinaga qoʻshimcha mexanizm kiritiladi hamda hosil qilish jarayonini oʻzgartirish yoʻli bilan
mato sirtida gul hosil qilinadi. Bunday oʻrilishlarga pressli, arqoqli, jakkard, futer va boshqa gulli
oʻrilgan T. misol boʻladi.
T. trikotaj mashinasida toʻqiladi. U dumaloq va tekis T. mashinalariga boʻlinadi. T. mashinasining
asosiy detali xalka hosil qilish mexanizmining ignasi hisoblanadi. Ignaning tilli, ilgakli, oʻyikli va
boshqa turlari bor. Ignalar poʻlat sim yoki lentadan 25–100 mm uzunlikda, 0,3—1,0 mm
yoʻgʻonlikda ishlab chiqariladi. Ignaning yoʻgʻoningichkaligi T. halqalarining oʻlchamiga qarab
tanlanadi: halqalar qancha mayda boʻlsa, shunchalik ingichka igna olinadi. T. mashinalari, asosan,
T. sanoati uchun ishlab chikariladi, lekin maishiy qoʻl mashinalari va apparatlari ham bor.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Trikota
j&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Trikotaj&oldid=2295220
" dan
olindi
Soʻnggi tahrir 5 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |